Rahmatov Otabek 1-varinat


Download 31.5 Kb.
Sana05.11.2020
Hajmi31.5 Kb.
#141315
Bog'liq
industrial Iqtisodiyot


Rahmatov Otabek 1-varinat

1)Sanoat va uning milliy Iqtisodiyot rivojidagi o'rni va róli



Avvalo biz etibor berishimiz kera bolgan narsa sanoat haqida tög'ri tushunchaga ega bo'lishdir. Bilamizki sanoat - moddiy ishlab chiqarishning eng yirik, yetakchi tarmog'i desak bo'ladi. Unda mexnat qurollari (vositalari), mexnat buyumlari va xalk iste’mol tovarlarining ko'pchilik qismi yaratiladi, mashina va mexanizmlarning barcha turlari, bino va inshootlarning konstruktiv elementlari ishlab chiqariladi; yer osti boyliklari qazib olish amalga oshiriladi; mineral, ösimlik va xayvon xom ashyosiga ishlov beriladi, keng iste’mol mollari tayyorlanadi va boshqalar. Shuningdek sanoat xalk xöjaligining barcha tarmoqlarini ishlab chikarish vositalari, mexnat qurollari bilan ta’minlaydi.. Sanoat jamiyatning yetakchi kuchi bölgan ishchilar sinfini özida birlashtiradi. Sanoat rivoji tufayli unda band bulgan xodimlar-ning soni köpayadi, ularning bilimi va ilmi, maxorati ortadi, kadrlar saloxiyati yuqori darajaga kötariladi. Sanoat soxasida mexnatni ijtimoiy tashkil etishning eng oliy turi bölgan konsentratsiyaning yuqori darajasi va shu asosda ijtimoiy ishlab chiqarishni uyushtirishning yaxshi usullari maxalliylashtirish, ixtisoslashtirish va diversifikasiyalash, kooperativlashtirish va kombinatlashtirish soxasida ustunlik kiladi. Ayniqsa, uning eng muxnm soxasi bölgan og'ir sanoat mamlakatda kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning asosi hisoblanadi. U moddiy-texnika vositalarini özi va boshka tarmoqlar uchun takror ishlab chiqarish bilan bir vaqtda jamiyat a’zolari örtasidagi ijtimoiy-ishlab chikarish munosabatlarini takomillashtirib ham boradi. Sanoat qishloq xujaligi ishlab chiqarishini qayta qurishning negizi hisoblanadi. Uni yangi texnika bilan ta’minlash orqali fermer, shirkat, dehqon xöjaliklarini hamda boshqa shakllarda faoliyat körsatayotgan sub’yektlarni iqtisodiy va madaniy jidatdan yuqori darajaga kutarishga, shahar bilan qishloq örtasidagi muhim tafovutlarni yöqotishga, dehqon mehnatini industrial mehnatga aylantirishga yordam beradi. Sanoat mamlakat mudofaa qobiliyatining moddiy manbai, dunyoda tinchlikni saqlashning muhim omilidir. Mamalakatimiz mustaqilligini va birdamligini ta’minlovchi muhim sohadir. Yurtimizning mudofaa qobiliyatini mustahkam-lashda sanoatning örni va ahamiyati juda juda yiqoridir. Sanoat ham taroqmoqlanadiv a biz bu tarmoqlarga ko'plab misollar keltirishimiz mumkin. Masalan, gaz, kömir, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik ya'ni avtomobilsozlik kabi og'ir va to'qimachilik kabi yengil sanoatlarni keltirishimiz mumkin. O‘zbekiston sanoati juda katta tarixiy yólni bosib utgan va istqlol yillarida, XX asrning oxirgi 10 yilida tubdan uzgarib, bozor iqtisodiyoti talablariga mos ravishda rivojlana boshladi. 80-yillarning órtalaridan boshlangan sanoat inqirozi tugatilib, 1995 yildan boshlab uning usishi sur’ati kuchaya boshladi. 2008 yildagi ósish 1995 yildagiga nisbatan taxminan 250 foizni tashkil etdi.Mustaqillik yillarida uning tarmoq strukturasi tubdan uzgardi va natijada yangidan-yangi tarmoqlar yuzaga keldi. Oqibat natijada O‘zbekiston dunyoning Sanoati rivojlangan mamalakatlari safidan joy oldi.Sanoat sohasida ajoyib yutuqlar bilan birga bir qator kamchiliklar va xal etilmagan muammolar xam bor. Hozirgi kunda muammo-larning yechimini topish uchun O‘zbekistonda barcha imkoniyatlar, ya’ni juda katta moddiy, mexnat, moliyaviy va intellektual resurslar mavjud. Ulardan oqilona foydalanish asosida respublika sanoatini qudratli sanoatga aylantirish va samaradorlik jixatidan uni yanada yukori darajaga kutarish mumkin.

2)Prognozlash mohiyati, ahamiyati va mazmunli

Prognozlash ózi oldindan aytish manosiga to'g'ri keladi va biz uni bashoratlash deb ham ataymiz. Milliy iqtisodiyot va uning yetakchi tarmog'i bulgan sanoat ishlab chiqarishining uzoq davrga muljallangan rivojini belgilash uchun boshqaruvning eng muxim funksiyalaridan biri bólgan bashoratlash (prognozlash) alohida e’tibor berishni talab qiladi. Shu munosabat bilan bu kategoriyaning moxiyati va axamiyati, mazmuni va turlari, usullari va vazifalarini yaxshi bilish kerak. Shuniaytishimiz kerakki, ijtimoiy xayot kelajakni oldindan kurmasdan va uning istiqbolini bashorat qilmasdan rivojlanishi mumkin emas. Shu sababli keyingi vaqtda bashorat qilish xalq xujaligi optimal faoliyat kursatishining eng zaruriy shartiga aylanmovda. Istiqbolni boshqaruvning juda murakkab jarayonida bashorat qilish ishlab chiqarishning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yóllarini oldindan bajarish vazifasini bildiradi. Bashorat, ya’ni bashorat deganda real ob’yektning kelajakda bulishi mumkin bulgan axvoli, uni amalga oshirishning muqobil, ya’ni mukobil (mumkin bulgan qarama-qarshi ikki xoldan birini tanlab olish zarurati) yullari va muddati tugrisidagi ilmiy jixatdan asoslangan muloxaza tushuniladi. Qisqacha qilib aytganda, u oldindan qilingan xulosadir. Bashorat qilish deganda, kelajakni kurish, muljal kilish va oldindan aytib berish jarayoni tushuniladi. Fakat mavjud dalillar, ma’lumotlar va anik rakamlar asosida vokea yoki xodisaning kanday bulishi, rivojlanishi va oqibatini oldindan aytib berish, ya’ni bashorat kilish mumkin. Bashorat qilishning bir qancha yullari mavjud bulib, ulardan eng asosiylariga iqtisodiy va ijtimoiy bashorat qilish kiradi. Ularni bir-biridan shartli ajratish mumkin, chunki bashorat kilishning maqsadi va vazifasi bir xodisa yoki voqeaning ham iqtisodiy, xam ijtimoiy jixatlari bilan bog'lik, bir medalning ikki tomonidir. Bashorat qilishning maqsadi real obyektning kelajakda fikran uylangan natijasini ta’minlashdan, xodisa va voqealar fikriy modelining natijasiga erishishdan iborat. Bashorat qilishning vazifasi esa, bu jarayonning oldida turgan maqsadga erishish uchun bir qator ishlarni bajarishdan iborat. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bashorat qilish jamiyat rivoji, shu jumladan, moddiy ishlab chiqarishning eng muxim soxasi bulgan sanoat rivojining kelajakda amalga oshishi mumkin bulgan maqsadlarini va ularga erishishni ta’minlovchi iqtisodiy resurslarni aniqlash uchun muxim deya olamiz.

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, bashoratlash bu jamiyat va Iqtisodiyot taraqqiyoti uchun muxim omil hisoblanar ekan.

3) Rejalashtirishning tamoyillari va usullari

Avvalo reja nima ekaniga tóxtalsak. Reja - bu, davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini, jamoa va shaxs óz ishlarini amalga oshirishining asosiy vositasi hisoblanadi. Shu sababli reja va rejalashtirish masalasiga aloxida e’tibor beriladi va ularning moxiyati, axamiyati, mazmuni sa vazifalarini chukur bilish zarurati yuzaga keladi.Yana reja -bu, biror ish, dastur, tadbir va shu kabilarni amalga oshirishning oldindan belgilangan tartibi, loyixasi. Kópincha uni topshiriq deb xam ataydilar. Rejalashtirish mutlaqo ilmiy asosda tuziladi va u jamiyat taraqqiyotini, jumladan, sanoat taraqqiyotining amaliyotini doimo umumlashtirib borishni, fan va texnikaning barcha yutuqlaridan foydalanishni talab kiladi. Sanoatga rejali raxbarlik qilish jarayonlarni oldindan kurish, demakdir. Voqealarni, xodisalarni, bulajak faoliyatni oldindan kurish jamiyat iqtisodiy konunlarini bilib olishga asoslanadi va jamiyat moddiy va ma’naviy xayoti rivojining yetilgan talablariga suyanadi. Rejalashtirishning asosiy turlariga quyidagilar kiradi:

—munosabatdor kattaliklar va shakllar buyicha rejalashtirish;

—moslashuv (adaptasiya) shakliga kura rejalashtirish.

Rejalashtirish turlarini bir qator alomatlar buyicha tasniflash mumkin. Masalan, rejalashtirishning birinchi eng muxim turi bulgan munosabatdor kattaliklar buyicha rejalashtirish turining alomatlariga kuyidagilar kiradi: zamon (vakt) kulami (kiska muddatli, urtacha muddatli, uzoq muddatli rejalashtirish); -funksional bulim (ishlab chqarishni, sotishni, saqlashni, ta’minotni, moliyani, investisiyani rejalashtirish); -boshqaruv iyerarxiyasi (raxbariyat iyerarxiyasi); -rejalash iyerarxiyasi (strategik, ya’ni oliy; taktik, ya’ni órta; opsrativ, ya’ni past darajadagi rejalashtirish va boshqalar. Sanoat ishlab chikarishini rejalashtirishning asosiy vazifalarini kuyidagicha izoxdash mumkin:

-eng avvalo, maqsadni qóyish; sanoat ishlab chiqarishining xilma-xil faoliyatini, ayniqsa xalq xujaligi va axoli uchun zarur bulgan yuqori sifatli, raqabatbatdosh maxsulotlar tayyorlashning ijtimoy-iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofiqligini asoslab berish;



-zaruriy modsiy-texnik bazani shakllantirish; moliyalash manbalarini aniqlash va ijobiy natijaga erishish. Sanoat rejasini tuzish eng murakkab ishlardan biri xisob- lanadi. Chunki bunda tarakkiyotning barcha tomonlarini oldiidan kurish, ya’ni bashorat qolish uamda bu taraqqiyotni ta’minlovchi iqtisodiy va texnik saloxiyatning samarali variantlarini qidirib topish kerak buladi.

Mustakillik yillarida bashoratlash va rejalashtirishni tako- millashtirish borasida anchagina ishlar amalga oshirildi. Lekin sanoatni rejali, mutanosib rivojlanishining ba’zi bir masala- lari xali uz yechimini tula topgani yuq. Shu sababli bu soxada ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish va demokratik, bozor iqtasodiyoti-ning talablariga tula javob beradigan bashoratlash va rejalashtirish tizimini yaratash zarur deb hisoblayman.
Download 31.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling