Rahmon Qo‘chqor. Chingiz Aytmatov va adabiy tanqid (Maqola)
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
2478 (1)
Rahmon Qo‘chqor. Chingiz Aytmatov va adabiy tanqid (Maqola) Rahmon Qo‘chqor. Chingiz Aytmatov va adabiy tanqid (Maqola) Aslida, Chingiz og‘aning birorta asarini adabiyotshunoslik, ayniqsa, adabiy tanqid yakdillik bilan xush qarshi olgan, adibni doimo qo‘llab- quvvatlagan, deya aslo aytib bo‘lmaydi. Dastlabki hikoyalaridan boshlab “Jamila” qissasigacha, “Kunda”dan tortib “Kassandra tamg‘asi” romanigacha – barchasi haqida ko‘plab xolis, do‘stona mulohazalar qatori allaqancha biryoqlama, noprofessional, g‘arazli, hatto, asarlardan siyosiy ayb topishga qaratilgan tanqidiy chiqishlar doimo bo‘lgan. “Jamila”da sho‘ro ayoli bo‘lib ham, Vatan himoyasi uchun urushga ketgan askarning xotini obrazini, uning axloqiy va ma’naviy dunyosini yoritish masalasida “jiddiy xato” topganlar, “Kunda” tanqidi bahona “musulmon dunyosi vakili Aytmatovga xristianlik tarixiga murojaat qilish, “Injil” mot ivlaridan foydalanishni kim qo‘yibdi?” taxlit iddao qilganlar ozmuncha bo‘lganmi? Biroq… Biroq Chingiz Aytmatov adabiyotshunoslik fani, jumladan, adabiy tanqidga doimo katta e’tibor, jiddiy nazar bilan qaradi, mazkur sohalarning eng ilg‘or namoyandalari asarlarini astoydil o‘rganib, yangi qarashlardan muntazam boxabar bo‘ldi. O‘zi zamonaviy badiiy-estetik tafakkurning yirik vakili, bilimdoni hisoblangan Chingiz Aytmatov o‘tgan asrning 80-yillarida Moskvada chop etiladigan “Teatr” jurnali muxbiri bilan qilgan suhbatida, jumladan, quyidagi muhim mulohazani aytgan edi: “Har bir xalqning o‘z Stasovlari, Baxtinlari, Shklovskiylari bo‘lishi kerak. Shunday mutafakkirlar bo‘lsaki, ularning tadqiqotlari bizning, nainki jahon madaniyatida yuz berayotgan hodisalarni, balki o‘z milliy madaniyatlarimizdagi jarayonlarni ham tushunib olishimizga yaqindan ko‘maklashsa. Agar milliy madaniyatlar ichida yaqin orada shunday fikr uyg‘otuvchi kuchlar paydo bo‘lmasa, ularning rivojlanish sur’ati asta-sekin sustlashib borib, turg‘unlik yuz beradi. …Maksimal darajada sertarmoq – gazetalar, jurnallar, radio, televideniye orqali ish olib boradigan tanqidchilikni yo‘lga qo‘yish kerak. Tanqidchilikni maksimal darajada rang-baranglashtirish lozim. Ilmiy tadqiqot Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling