Rahmon Qo‘chqor. Chingiz Aytmatov va adabiy tanqid (Maqola)


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana02.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1739042
1   2   3   4
Bog'liq
2478 (1)

Rahmon Qo‘chqor.
 
Chingiz Aytmatov va adabiy tanqid (Maqola) 
va tahlilning bunday apparatisiz, yana takrorlayman, kelajakda milliy 
madaniyatlar mavjud bo‘lishi va rivojlanishi aslo mumkin emas”. 
Insoniyat tarixiy takomili qonuniyatlarini chuqur tushungan, uning 
kelajak taqdiridan ko‘nglida asosli xavotirlar tuygan bedor adib, 
tanqidchilikka 
bu qadar jiddiy e’tibor va umid bilan qaragani, albatta, bejiz 
emas edi. Zakiy yozuvchi adabiy tanqid faqat estetik hodisa 
– u yoxud bu 
asarning ichki badiiy unsurlarinigina o‘rganuvchi va shundan kelib chiqib 
unga baho beruvchi, adabiyotshunoslikning tor bir sohasi emas, balki 
muayyan adabiy asar tahlil-u talqini asnosida olam va odam, ularning tarixiy 
hamda zamonaviy takomil va tanazzul jarayonlari, ular taqdiriga daxl etuvchi 
omillarning teran tahlili amalga oshuvchi g‘oyat jiddiy falsafiy tafakkur 
hosilasi ham ekanini ich-ichdan his qilgan. 
Aristotelning “Poetika” kitobidan boshlab N.A.Dobrolyubovning 
“Oblomovchilik qanday hodisa?” maqolasigacha, L.N.Tolstoyning “Shekspir 
va drama to‘g‘risida” nomli traktatidan tortib, Mavlon Vahobovning “Tarix 
haqiqati
ga zid o‘laroq” deb nomlangan chiqishigacha sinchiklab o‘rgangan 
yozuvchi, adabiy tanqid bilan nainki muayyan xalqlar, balki butun insoniyat 
tafakkurining takomili o‘rtasida juda jiddiy bog‘liqlik borligini yaxshi bilgan. 
Zero, nigohi ichkariga 
– botinga emas, faqat tashqariga va ko‘klarga 
qadalgan, o‘z bag‘rida kechayotgan jarayonlarni muntazam tanqidiy tahlildan 
o‘tkazib, zarur xulosalar chiqarib borish, “fikr uyg‘otuvchi kuchlar”ga 
xayrixohlik ila qarash o‘rniga, ularni quvg‘inga solgan saltanatlarning 
a
yanchli qismati barchaga saboq bo‘larlidir. Buning yaqqol dalili qilib sobiq 
sho‘ro davlati “tajribasi”ni ko‘rsatish mumkin. 
Binobarin, bu yerda gap jo‘n, yuzaki, nomigagina g‘imirlab turadigan 
adabiy tanqidchilik to‘g‘risida ketmayotgani o‘z-o‘zidan ayon. Qolaversa, 
“milliy madaniyatlarning mavjud bo‘lishi va rivojlanishi”da hal qiluvchi 
ahamiyat kasb etadigan chinakam tanqidchilik jo‘n, yuzaki va nomigagina 
g‘imirlab turishi tabiatan aslo mumkin ham emas. Buning aksi o‘laroq, vulgar 
sotsiologizm, “jangavor kurashchanlik”ni o‘ziga qurol qilib olgan, butun fikri-
yodi hukmron saltanat va uning mafkurasi manfaatlarini himoya qilishdan 
iborat bo‘lgan faol “tanqidbozlik” noyob iste’dod va u orqali butun adabiyot 
taqdiriga qanchalar salbiy ta’sir ko‘rsatishiga ham yozuvchi bot-bot guvoh 
bo‘lgan. Bu o‘rinda birgina misolni – qadrdon do‘sti Pirimqul Qodirovning 
“Yulduzli tunlar” nomli tarixiy romaniga bo‘lgan xurujlarga nisbatan Chingiz 
Aytmatov egallagan faol va mardona pozitsiyasini eslamoqning o‘zi yetarlidir 
(bu 
xurujlar orasida yuqorida sanaganimiz M.Vahobovning O‘zbekiston SSR 



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling