Rahmon Qo‘chqor. Chingiz Aytmatov va adabiy tanqid (Maqola)


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana02.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1739042
  1   2   3   4
Bog'liq
2478 (1)



Rahmon Qo‘chqor.
 
Chingiz Aytmatov va adabiy tanqid (Maqola) 
 
Rahmon Qo‘chqor. Chingiz Aytmatov va adabiy tanqid (Maqola) 
 
Aslida, Chingiz og‘aning birorta asarini adabiyotshunoslik, ayniqsa, 
adabiy tanqid yakdillik bilan xush qarshi olgan, adibni doimo qo‘llab-
quvvatlagan, deya aslo aytib bo‘lmaydi. Dastlabki hikoyalaridan boshlab 
“Jamila” qissasigacha, “Kunda”dan tortib “Kassandra tamg‘asi” romanigacha 
– barchasi haqida ko‘plab xolis, do‘stona mulohazalar qatori allaqancha 
biryoqlama, noprofessional, g‘arazli, hatto, asarlardan siyosiy ayb topishga 
qaratilgan tanqidiy chiqishlar doimo bo‘lgan. 
“Jamila”da sho‘ro ayoli bo‘lib ham, Vatan himoyasi uchun urushga 
ketgan askarning xotini obrazini, uning axloqiy va ma’naviy dunyosini yoritish 
masalasida “jiddiy xato” topganlar, “Kunda” tanqidi bahona “musulmon 
dunyosi vakili Aytmatovga xristianlik tarixiga murojaat qilish, “Injil” 
mot
ivlaridan foydalanishni kim qo‘yibdi?” taxlit iddao qilganlar ozmuncha 
bo‘lganmi? Biroq… 
Biroq Chingiz Aytmatov adabiyotshunoslik fani, jumladan, adabiy 
tanqidga doimo katta e’tibor, jiddiy nazar bilan qaradi, mazkur sohalarning 
eng ilg‘or namoyandalari asarlarini astoydil o‘rganib, yangi qarashlardan 
muntazam boxabar bo‘ldi. 
O‘zi zamonaviy badiiy-estetik tafakkurning yirik vakili, bilimdoni 
hisoblangan Chingiz Aytmatov o‘tgan asrning 80-yillarida Moskvada chop 
etiladigan “Teatr” jurnali muxbiri bilan qilgan suhbatida, jumladan, quyidagi 
muhim mulohazani aytgan edi: 
“Har bir xalqning o‘z Stasovlari, Baxtinlari, Shklovskiylari bo‘lishi kerak. 
Shunday mutafakkirlar bo‘lsaki, ularning tadqiqotlari bizning, nainki jahon 
madaniyatida 
yuz 
berayotgan 
hodisalarni, 
balki 
o‘z 
milliy 
madaniyatlarimizdagi jarayonlarni ham tushunib olishimizga yaqindan 
ko‘maklashsa. 
Agar milliy madaniyatlar ichida yaqin orada shunday fikr uyg‘otuvchi 
kuchlar paydo bo‘lmasa, ularning rivojlanish sur’ati asta-sekin sustlashib 
borib, turg‘unlik yuz beradi. 
…Maksimal darajada sertarmoq – gazetalar, jurnallar, radio, 
televideniye orqali ish olib boradigan tanqidchilikni yo‘lga qo‘yish kerak. 
Tanqidchilikni maksimal darajada rang-baranglashtirish lozim. Ilmiy tadqiqot 



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling