Rahmon Qo‘chqor. Chingiz Aytmatov va adabiy tanqid (Maqola)
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
2478 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rahmon Qo‘chqor. Chingiz Aytmatov va adabiy tanqid (Maqola)
- «Jahon adabiyoti» jurnali, 2019 yil 12-son
Rahmon Qo‘chqor.
Chingiz Aytmatov va adabiy tanqid (Maqola) Chingiz og‘a yangi romani to‘g‘risida o‘z nomiga kelgan ko‘pdan-ko‘p xatlar, batafsil ko‘ngil izhorlari orasidan armanistonlik bir notanish adabiyotshunosning xatini ajratib oladi va u rus tanqidchisining boyagi f ikrlariga aynan mos javob bo‘lsa, ajab emas, deya uni jurnal tahririyatiga aslicha havola qiladi. Armanistonlik bu adabiyotshunos “Kunda” romanining juda ko‘p fazilatlarini chuqur tahlil va talqin asnosida ochib berar ekan, Iso Masih va Rim prokuratori o‘rtasidagi savol-javob epizodiga ham bafurja to‘xtaladi, mazkur epizodning M.Bulgakov hamda Ch.Aytmatov tasvirida uchraydigan farqlarini ham g‘oyat topqirlik bilan izohlab beradi. U haqli va asosli ta’kidlaganidek, o‘sha tarixiy munozaraning “Usta va Margari ta”da berilgan tasviri hamda talqini yozuvchi-muallif tomonidan bevosita hikoya qilinayotgani sababli muqaddas manbaga – “Injil”ga juda yaqin keladi. Bu yaqinlik va muvaffaqiyatga erishish uchun esa asar muallifidan tug‘ma iste’dod so‘zsiz talab etilgani holda, uning, albatta, nasroniy dini vakili bo‘lishi mutlaqo talab qilinmaydi… “Kunda”dagi tasvir va talqin haqida esa aslo bunday deb bo‘lmaydi. Asarni o‘qigan kitobxon yaxshi eslaydiki, Ch.Aytmatov romanidan o‘rin olgan o‘sha tarixiy munozara bevosita – asar muallifi bayonida emas, balki Ober- Kandalov boshliq bir to‘da gazandalar tomonidan shafqatsizlarcha o‘lasi qilib kaltaklanib, Chuy dashtining qizigan kuni tig‘ida turgan yuk mashinasi kuzoviga itqitib tashlangan Avdiy Kallistratovning qattiq chayqalgan miyasida – tush yoxud o‘ng ekanini o‘zi ham anglolmaydigan xushida akslanadi. Qolaversa, Avdiy Kallistratovning o‘zi kim? Sho‘ro mamlakatida nomiga ochilgan diniy seminariyaning boshlang‘ich bosqich talabasi, o‘zbekcha qilib aytganda, hozircha chala mullasi!.. Bunga qo‘shimcha, Avdiyni o‘rab olgan muhit, u ko‘rayotgani va o‘qiyotgani XX asrning 70-yillaridagi jamiki ommaviy axborot vositalarining asosiy mavzulari (ular orasida rus tanqidchisi kinoya bilan eslatgan “yadro urushi” muammosi, ayniqsa, keng tarqalgan edi!) yosh, vijdonli, romantik tabiatli bu yigitning lug‘at boyligida, tafakkur tarzida aks topmasligi aslo mumkin emas edi. Chingiz Aytmatov shu tariqa mazkur epizod tasvirida tarixiy haqiqat va hayotiy mantiqqa to‘la mos ish tutganini e’tirof etar ekan, agar aksincha bo‘lganida, ziyrak o‘quvchilarda juda ko‘p e’tiroz paydo bo‘lishi mumkinligini ham armanistonlik adabiyotshunos alohida ta’kidlagan edi… Xulosa qilib aytganda, Chingiz Aytmatov fenomeniga xos ko‘plab noyob hodisalarning tahlilu talqin ida adabiy tanqid ham ayricha o‘rin tutishi, muhim Rahmon Qo‘chqor. Chingiz Aytmatov va adabiy tanqid (Maqola) ahamiyat kasb etishi aniq. Bu haqiqatni, ta’kidlaganimizdek, yozuvchining o‘zi juda yaxshi bilgan, ichdan his qilgan. Adibning maqolamiz boshida eslaganimiz – “Teatr” jurnalidagi suhbatda bildirgan fikrlari ham o‘zining dolzarbligini, tushungan xalqlar uchun esa muhim ahamiyatini hech qachon yo‘qotmasligi-da ko‘rinib turgan haqiqatdir. «Jahon adabiyoti» jurnali, 2019 yil 12-son Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling