Rahmon Qo‘chqor. Chingiz Aytmatov va adabiy tanqid (Maqola)


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana02.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1739042
1   2   3   4
Bog'liq
2478 (1)

Rahmon Qo‘chqor.
 
Chingiz Aytmatov va adabiy tanqid (Maqola) 
Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasining bosh nashri – “Pravda Vostoka” 
gazetasining 1986 yil 4 dekabr sonida bosilgan “Tarix haqiqatiga zid o‘laroq” 
(“Pravde istorii vopreki”) nomli maqolasi ham bor edi). Chingiz og‘a nafaqat 
o‘z tengdoshlari va do‘stlari, balki o‘zbek adabiyotida paydo bo‘layotgan har 
bir yorqin iste’dod kamolini qo‘llab-quvvatlashga, kerak paytda ularga zarur 
daldani berishga doimo qunt qilar edi. 
Endi so‘zimiz avvalida tilga olganimiz yana bir fakt izohiga to‘xtalamiz. 
Bu yozuvchining “Kunda” (“Qiyomat”) romani yuzasidan bildirilgan (va hali 
hamon bildirilayotgan!) ko‘pdan-ko‘p fikrlar, mulohaza va baholarning bittasi 
bilan bog‘liq tafsilotdir. 
Ayni asar ilk bora “Novыy mir” jurnalida chop etilgach, “Voprosы 
literaturы” jurnalining butun bir soni Ch.Aytmatovning yangi, dunyo 
kitobxonlarining ko‘pchiligini larzaga solib ulgurgan romani muhokamasiga 
bag‘ishlangan edi. Jurnalda asar tahlili va talqiniga oid o‘nlab maqolalar, 
dav
ra suhbatlari, intervyular berilgan bo‘lib, ular orasida rossiyalik bir taniqli 
adabiyotshunosning jiddiy tanqidiy fikri, adib ko‘ngliga og‘ir botishi mumkin 
bo‘lgan e’tirozi ham o‘rin olgandi. Rus tanqidchisi o‘z mulohazalari davomida 
Mixail Bulgakovning 
“Usta va Margarita” hamda Chingiz Aytmatovning 
“Kunda” romanlaridagi “Injil”dan kelayotgan bir epizod – Iso payg‘ambarning 
Rim prokuratori Pontiy Pilat tomonidan sud qilinishi hodisasini o‘zaro 
solishtirar ekan, Aytmatov, xristian dini vakili Bulgakovdan farq qilaroq, bu 
epizoddagi dialoglarni o‘ta zamonaviylashtirib yuborganini ro‘kach qiladi. 
Uning nazarida, milodning dastlabki yillarida kechgan bu muloqot tili, 
munozaraga kirishgan Iso alayhissalom va Pontiy Pilat gap ohangi shu 
darajada zamonaviyki, sal 
bo‘lmasa, bu ikkovlari “yadro urushining oldini 
olish” haqida ham bahs ochib qolishadigandek… 
Tanqidchi bu “jiddiy kamchiliklar”ning asl sababini Chingiz Aytmatov 
yaralishidan Sharq kishisi, islom madaniyati vakili o‘laroq, har qancha 
urinmasin, nasroniyl
ik ruhini to‘la tushunmasligida, bu hodisotlarga baribir 
tishi o‘tmasligida “ko‘radi”. Muallif so‘zining oxirida adibga bundan buyon 
shu singari harakatlardan tiyilgani ma’qul ekanini eslatishni ham unutmaydi. 
“Voprosы literaturы” tahririyati bergan izohdan ma’lum bo‘ladiki, bu va 
boshqa tanqidiy mulohazalar jamlanib yozuvchiga yuborilgan, undan ayni 
fikrlarga munosabati so‘ralgan. Adib o‘zining javob xatida boshqa munozarali 
qarashlarga birma-
bir fikr bildirgani holda, yuqoridagi e’tiroz – iddaoga qarshi 
o‘ziga xos javob yo‘llashni ma’qul topgan. 



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling