Rahmon Qo‘chqor. Chingiz Aytmatov va adabiy tanqid (Maqola)
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
2478 (1)
Rahmon Qo‘chqor.
Chingiz Aytmatov va adabiy tanqid (Maqola) va tahlilning bunday apparatisiz, yana takrorlayman, kelajakda milliy madaniyatlar mavjud bo‘lishi va rivojlanishi aslo mumkin emas”. Insoniyat tarixiy takomili qonuniyatlarini chuqur tushungan, uning kelajak taqdiridan ko‘nglida asosli xavotirlar tuygan bedor adib, tanqidchilikka bu qadar jiddiy e’tibor va umid bilan qaragani, albatta, bejiz emas edi. Zakiy yozuvchi adabiy tanqid faqat estetik hodisa – u yoxud bu asarning ichki badiiy unsurlarinigina o‘rganuvchi va shundan kelib chiqib unga baho beruvchi, adabiyotshunoslikning tor bir sohasi emas, balki muayyan adabiy asar tahlil-u talqini asnosida olam va odam, ularning tarixiy hamda zamonaviy takomil va tanazzul jarayonlari, ular taqdiriga daxl etuvchi omillarning teran tahlili amalga oshuvchi g‘oyat jiddiy falsafiy tafakkur hosilasi ham ekanini ich-ichdan his qilgan. Aristotelning “Poetika” kitobidan boshlab N.A.Dobrolyubovning “Oblomovchilik qanday hodisa?” maqolasigacha, L.N.Tolstoyning “Shekspir va drama to‘g‘risida” nomli traktatidan tortib, Mavlon Vahobovning “Tarix haqiqati ga zid o‘laroq” deb nomlangan chiqishigacha sinchiklab o‘rgangan yozuvchi, adabiy tanqid bilan nainki muayyan xalqlar, balki butun insoniyat tafakkurining takomili o‘rtasida juda jiddiy bog‘liqlik borligini yaxshi bilgan. Zero, nigohi ichkariga – botinga emas, faqat tashqariga va ko‘klarga qadalgan, o‘z bag‘rida kechayotgan jarayonlarni muntazam tanqidiy tahlildan o‘tkazib, zarur xulosalar chiqarib borish, “fikr uyg‘otuvchi kuchlar”ga xayrixohlik ila qarash o‘rniga, ularni quvg‘inga solgan saltanatlarning a yanchli qismati barchaga saboq bo‘larlidir. Buning yaqqol dalili qilib sobiq sho‘ro davlati “tajribasi”ni ko‘rsatish mumkin. Binobarin, bu yerda gap jo‘n, yuzaki, nomigagina g‘imirlab turadigan adabiy tanqidchilik to‘g‘risida ketmayotgani o‘z-o‘zidan ayon. Qolaversa, “milliy madaniyatlarning mavjud bo‘lishi va rivojlanishi”da hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan chinakam tanqidchilik jo‘n, yuzaki va nomigagina g‘imirlab turishi tabiatan aslo mumkin ham emas. Buning aksi o‘laroq, vulgar sotsiologizm, “jangavor kurashchanlik”ni o‘ziga qurol qilib olgan, butun fikri- yodi hukmron saltanat va uning mafkurasi manfaatlarini himoya qilishdan iborat bo‘lgan faol “tanqidbozlik” noyob iste’dod va u orqali butun adabiyot taqdiriga qanchalar salbiy ta’sir ko‘rsatishiga ham yozuvchi bot-bot guvoh bo‘lgan. Bu o‘rinda birgina misolni – qadrdon do‘sti Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” nomli tarixiy romaniga bo‘lgan xurujlarga nisbatan Chingiz Aytmatov egallagan faol va mardona pozitsiyasini eslamoqning o‘zi yetarlidir (bu xurujlar orasida yuqorida sanaganimiz M.Vahobovning O‘zbekiston SSR |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling