Rahmonov Rizvan Chaqiriqqa qadar boshlang’ich tayyorgarlik va uni


Mamlakatning mudofaa sanoati kompleksi


Download 226.56 Kb.
bet21/24
Sana18.06.2023
Hajmi226.56 Kb.
#1555603
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Rahmonov R Kкурс ишини бажариш намуна new 1

3. Mamlakatning mudofaa sanoati kompleksi
39. Qurolli Kuchlarning qurol-yarog‘, harbiy va maxsus texnikaning modernizatsiya qilingan hamda istiqbolli namunalariga, shuningdek boshqa harbiy-texnikaviy mol-mulkka bo‘lgan talab-ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun mo‘ljallangan mudofaa sanoati kompleksini bosqichma-bosqich rivojlantirib borish mamlakat mudofaasining iqtisodiy, texnologik va harbiy-texnikaviy bazasining asosini tashkil etadi.
40. Mamlakat mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
mudofaa sanoati korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining samarali ishlashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi o‘rta muddatli dasturlarni amalga oshirish;
harbiy-texnikaviy yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini shakllantirish hamda o‘tkazishning davlat tizimini joriy etish;
chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish va manfaatdor xorijiy sheriklar bilan kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish;
harbiy maqsadga mo‘ljallangan mahsulotni yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va modernizatsiya qilish sohasidagi talab yuqori bo‘lgan texnologiyalarni o‘zlashtirish;
boshqaruv kadrlarini, ilmiy, muhandis-texnik va ishchi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish, iqtisodiyotning harbiy sektoridagi mehnat faoliyatining jozibadorligini oshirish bo‘yicha rag‘batlantiruvchi ijtimoiy chora-tadbirlarni joriy etish.
Harbiy sohada milliy xavfsizlikka bo‘lgan tahdidlar ko‘rinishlarining o‘zgarishlariga, harbiy-siyosiy vaziyat sharoitlariga, zamonaviy harbiy mojarolar xususiyatiga, davlat harbiy tashkilotini rivojlantirish vazifalari va yo‘nalishlariga bog‘liq holda Doktrinaning ayrim qoidalari qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlashtirilishi hamda to‘ldirilishi mumkin.
Harbiy xavfsizlikni ta’minlash sohasida davlat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy bosh qo‘mondoni tomonidan aniqlashtiriladi.
2018 yilning 9 yanvarida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi toʻgʻrisida”gi Qonunni imzoladi.
Maʼlumki, 1995 yil 30 avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq uchinchi sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy doktrinasi qabul qilingandi. 2003 yil 3 fevralda esa mamlakatimiz Mudofaa doktrinasi muhokama qilindi va maʼqullandi. Demak, shu paytgacha mudofaa sohasidagi davlat siyosati asoslari,
Qurolli Kuchlarning qurilishi, tayyorgarligi va qoʻllashga oid asosiy prinsiplar hamda yoʻnalishlarini tartibga soluvchi 2 ta doktrinal hujjat qabul qilingandi.
Jahon va mintaqadagi vaziyat, yuzaga kelayotgan xatar va tahdidlarga mos holda doktrinani qayta ishlab chiqish zarurati paydo boʻldi. Xoʻsh, bu yangidan qabul qilingan Mudofaa doktrinasida qanday aks etdi?
Doktrinaning 6-bandida “Globallashuv davom etayotgan va xalqaro munosabatlarning tizimi oʻzgarib borayotgan sharoitlarda jahondagi harbiy-siyosiy vaziyat xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikka xavf-xatar hamda tahdidlar koʻlami kengayib borayotganligi — geosiyosiy qarama-qarshilikning kuchayishi, mojarolar va tang vaziyatlarni kuch ishlatib hal etishga boʻlgan yondashuvning ustunlik qilishi, kuch ishlatish, shu jumladan, ommaviy qirgʻin qurolini qoʻllash ehtimoli oshganligi, harbiylashtirish, xalqaro terrorizm va ekstremizm faollashganligi, axborot makoni va kibermakonda oʻzaro kurash kuchayganligi bilan tavsiflanadi.
Shuni ham unutmaslik kerakki, mintaqamizdagi vaziyatga xalqaro terrorizm, narkotrafik va transchegaraviy jinoyatlar soya solib turibdi.
Qolaversa, mamlakatimiz mudofaa salohiyatini mustahkamlash, tashqi siyosatimizning moslashuvchanlik va ochiqligi, eng asosiysi, qoʻshni davlatlar bilan doʻstona va amaliy munosabatlarning rivojlanayotgani kabi muhim omillarga, Vatanimiz suvereniteti va hududiy yaxlitligini taʼminlashdek ustuvor vazifalarga tayangan holda, mamlakatimiz Mudofaa doktrinasi sifat jihatidan yangilandi. Shuni alohida taʼkidlash joizki, doktrinamiz birinchi marta toʻliq ochiq eʼlon qilindi. Bu esa mudofaa siyosatimiz ochiqligining tasdigʻidir.

Download 226.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling