ОLIY VA O`RTA MAХSUS TA'LIM VAZIRLIGI
JISMONIY MADANIYAT YO`NALISHI 1-KURS SIRTQI TALABASI
RAJABBOYEV OTABEKNING
HARAKATLI O’YIN VA METODIKASI FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
MAVZU: O’rta yoshdagi bolalarga beriladigan harakatli o’yinlarni o’rgatish.
Qabul qildi: ____________________
Mavzu: O’rta yoshdagi bolalarga beriladigan harakatli o’yinlarni o’rgatish. Reja: 1. Harakatli o’yinlar tarixi 2. Estafetali harakatli o’yinlar 3. Kichik yoshdgi bollarda sport turlari buyicha o’tkaziladigan xarakatli o’yinlar 4. O’rta yoshdagi xarakatli o’yinlar Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Bolalarni, mehnatsevarlik va jamoat oldida o’z burchini his qilish ruhida tarbiyalash hozirgi kunning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Bolalar maktabga qadam qo’ygan birinchi kunidan boshlaboq, unda mehnatga nisbatan muhabbat uyg’otish, uyushqoqlik, ishchanlik va boshlagan ishini oxiriga etkaza bilish xususiyatini tarbiyalash kerak. Buning uchun tarbiyaning barcha vositalaridan, jumladan, bolalarning sevimli o’yinlaridan foydalanish ayni muddaodir.O’yinlar hayotdagi to’siqlarni engish hamda har xil xislat va qobiliyatlarni ro’yobga chiqarish bilan bog’liq bo’lgan jismoniy mashqlarning turli majmuasini o’z ichiga oladi. Bundan tashqari, odatda, bolalar sevib o’ynaydigan, ularga baxt va quvonch baxsh canaladigan musobaqa elementlari ham harakatli o’yinlargakiradi. O‘quvchilarni jismoniy tarbiya faniga qiziqtirishlarini yanada oshirish maqsadida dars jarayonlarini harakatli o‘yinlari bilan tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |