Rajabov Abrorning "Mussolini. Italiyaning so’zsiz taslim bo’lishi "


Download 35.5 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi35.5 Kb.
#1570300
Bog'liq
Abror taqriz


Jizzax davlat pedagogika universiteti, Tarix fakulteti, 314-20-guruh talabasi Rajabov Abrorning “Mussolini.Italiyaning so’zsiz taslim bo’lishi ” mavzusida Jahon tarixi fanidan yozgan kurs ishiga ilmiy rahbar tomonidan berilgan
T A Q R I Z
314-20-guruh talabasi Rajabov Abror tomonidan tayyorlangan kurs ishi kirish, ikki bob, 4 paragraf, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ilovalaridan iborat bo’lib, birinchi bobi Urushdan keyingi Italiyaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli deb nomlanib, birinchi paragrafi Urushdan keyingi Italiyaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, ikkinchi paragrafi Jahon iqtisodiy inqirozi davrida Italiya deb nomlanadi. Ikkinchi bobi esa Mussolini davrida Italiya deb nomlanib, Mussolinining hokimyatga kelishi, Ikkinchi jahon urushi yillarida Italiya haqida ma`lumotlari bayon etilgan.
Kurs ishi 30 varaq hajmida yozilgan bo’lib, ma’lumotlar manba va adabiyotlar asosida tahlil qilingan. Kurs ishida 13 nomdagi zamonaviy darsliklarni, o’quv qo’llanmalarni, huquqiy-me’yoriy hujjatlarni, statistik ma’lumotlarni va ko’pchilik tomonidan keng foydalanilayotgan internet saytlarini o’z ichiga oladigan adabiyotlar ro’yxati keltirilgan. Ammo kurs ishida yutuqlar bilan bir qatorda kamchiliklar ham mavjud. Jumladan:
-kurs ishining 10 betida keltirilgan ma’lumotiningmanbasi keltirilmagan;
-foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati tarkibida kurs ishining 20 betidagi “havola” (snoska)da ko’rsatilgan manba keltirilmagan.
Ushbu kamchiliklar kurs ishining sifat ko’rsatkichini pasaytirmaydi va kurs ishini talaba tomonidan himoya qilishga tavsiya etiladi.
Umid qilamizki, kelgusida talaba tomonidan amalga oshiriladigan tadqiqot ishlarida yuqorida keltirilgan kamchiliklarga yo’l qo’yilmaydi.


Ilmiy rahbar L.Burxonov


Download 35.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling