TDIU “Korporativ boshqaruv” fakulteti “Menejment” yo‘nalishi 4-kurs MNP-51 guruh talabasi Baxronov Shaxzod Sulton o‘g‘lining “Innovatsion menejment” fanidan “ Korxonalarda innovatsion o‘zgartirishlarga qarshiliklar va ularni bartaraf etish choralari ” mavzusida tayyorlagan kurs ishiga
TAQRIZ
Talaba tomonidan tayyorlangan kurs ishi mavzuga mos ravishda tuzilgan reja asosida yozilgan. Kurs ishi tarkibiy tuzilishi jihatidan to‘g‘ri shakllantirilgan, ya’ni kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Kirish qismida kurs ishi mavzusining dolzarbligi va ahamiyati qisqacha asoslab berilgan.
Asosiy qismda innovatsion o‘zgartirishlarning mohiyati, uning korxonalar faoliyatida tutgan o‘rni va ahamiyati, korxonada innovatsion o‘zgarishlarga bo‘ladigan qarshiliklar, ularni bartaraf etish choralarini izlash va ulardan eng maqbulini tanlash, “Nokia” kompaniyasining innovatsiyalar kiritishdagi yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari yoritib berilgan.
Kurs ishining so‘nggida mavzuni umumlashtiruvchi xulosalar berilgan hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan.
Kurs ishi qo‘yilgan barcha talablarga to‘liq mos keladi va himoyaga tavsiya etiladi.
Ilmiy rahbar Ass. Abdug‘aniyeva S.M.
Do'stlaringiz bilan baham: |