Rajabov Ruslan 221 menejment (tbb). Absolyut renta


Download 22.5 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi22.5 Kb.
#1573920
  1   2
Bog'liq
Absolyut renta


Rajabov Ruslan 221 – menejment (TBB).
Absolyut renta
Agrar munosabatlarning asosini renta munosabatlari tashkil qiladi. Renta munosabatlari nazaryasi hozirgacha to`liq o`rganilmagan va to`liq yoritib berilmagan nazariyalardan biri hisoblanadi. Iqtisodchilar o`rtasida uning mohiyatini tushuntirish bo`yicha turlicha yondashuv va qarashlar mavjud bo`lib, ularning ayrimlari noaniqligicha qolmoqda. Shu sababga ko`ra rentani miqdoriy aniqlash va uning mohiyatini tushuntirish bo`yicha asosiy va ko`pincha bir-biriga qarama-qarshi bo`lgan nazaryalarga duch kelamiz.
Renta nazariyasi dastlab, fiziokratlar maktabining asoschilari F.Kene va A.Tyurgolarning ilmiy asarlarida ko`rib chiqilgan. Ular rentaning vujudga kelish sababini tabiat, yerning qandaydir sirli kuchi, tabiat ehsoni, yerning qo`shimcha mahsulot yarata olish qobiliyati natijasi deb hisoblaganlar. Ular qishloq xo`jalik mahsulotlarini yaratishda, jumlada, sof va qo`shimcha mahsulot yaratishda tabiat rolini ko`rsatishga harakat qilganlar. Keyinchalik renta nazariyasining asoslari klassik iqtisodchilar U.Petti, J.Anderson, A.Smit va D.Rikardolar tadqiqotlarida turli darajada takomillashtirilgan. Jumlada, Anderson differensial renta to`g`risidagi qarashlarni ilgari surgan, biroq rentaning yaratilgan mahsuloti Tovar qiymatining bir qismi ekanligini tushuntirib berolmagan. Rikardo esa fiziokratlardan farqli o`laroq, rentaga mahsulot ijtimoiy va individual qiymatlari o`rtasidagi farq sifatida qarab, renta renta nazariyasini qiymatning mehnat nazaryasi, qiymat qonuni bilan bog`lagan.
Renta nazaryasini rivojlantirishda rus iqtisodchilaridan N.G.Chernishevskiy va N.I.Ziberlar salmoqli hissa qo`shganlar.
Yer rentasining bir qancha tarixiy ko`rinishlari mavjud. Masalan, uch shakldagi: barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va pul solig`I shakllaridagi feudal rentalari shular jumlasidandir. Hozirgi paytda turli mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: absolyut yer rentasi, differensial (tabaqalashgan) renta I va II, monopol renta, qazilma boyliklar, qurilishlar joylshgan yerdan olinadigan renta. Yuqorida aytib o`tilgan qator nazariyalarni hamda yer rentasining tarixiy va zamonaviy shakllarini umumlashtirib aytish mumkinki, yer rentasi – yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realizatsiya qilish)ning shaklidir.

Download 22.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling