Rajabova Sadoqat


Download 0.59 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1582300
Bog'liq
Rajabova Sadoqat11

Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalar Vazirligi Muhammad Al –Xorazmiy Nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalar Universiteti Nukus filialI Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy taʼlim fakulteti Oʻzbek tili va chet tillari kafedRasi Telekommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishi 1 – bosqich talabasi Rajabova Sadoqatning Akademik yozuv fanidan Mustaqil ishi

Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalar Vazirligi Muhammad Al –Xorazmiy Nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalar Universiteti Nukus filialI Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy taʼlim fakulteti Oʻzbek tili va chet tillari kafedRasi Telekommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishi 1 – bosqich talabasi Rajabova Sadoqatning Akademik yozuv fanidan Mustaqil ishi

Gazeta materiallariga taqriz yozishni o'rganish

Reja: 1.Taqriz nima 2. Taqriz vazifasi va axamiyati.

Taqriz nima?

  • 1.Taqriz nima? Taqriz (arab. — ijobiy baho) — adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiyommabop asar taxlili. Taqrizda asarning bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda koʻtarilgan muammolar, asarning gʻoyaviybadiiy xususiyatlari, muallif ijotsida, adabiyotda tutgan oʻrni xaqida maʼlumot boʻladi; asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. Taqriz asosan keng kitobxonlar ommasi uchun moʻljallanadi, ularni yangi asarlardan ogoh qiladi, zarurini tanlab olishga koʻmaklashadi. Ichki taqriz ham boʻladi.

Taqriz xarakteriga koʻra xilmaxil boʻladi. Masalan kengaytirilgan annotatsiya tipidagi taqrizda asar haqida bibliografik maʼlumot beriladi. Tanqidiy yoki publitsistik maketa taqriz larida konkret asar munosabati bilan biron muhim masala haqida fikr yuritiladi

Taqriz muayyan asarning tahlili orqali ijodkorning hayot haqiqatini to‘g‘ri yorita olganligi, kitobxonga badiiy asarning qanday bo‘lishi haqida tasavvur bera oladi. Bugungi adabiy jarayonda ham taqrizchilik ma’lum darajada rivojlanib bormoqda. Ammo u qay darajada taraqqiy etmoqda, bu sohada qanday yutuq va nuqsonlarga yo‘l qo‘yilmoqda degan savollar tug‘ilishi, tabiiy. Shu jihatdan, 2006–2009 yillar oralig‘ida “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida bosilgan ayrim taqrizlarni ko‘zdan kechirdik. Mustaqillikning dastlabki davrlarida taqrizlar ko‘pincha “Kitobingizni o‘qidim”, “Doimiy hamroh”, “Nigoh”, “Va’da” ruknlari, ba’zan esa to‘g‘ridan to‘g‘ri “Taqriz” rukni ostida bosilar edi. Keyingi yillarni kuzatganda, “Nigoh” va “Va’da” ruknlari kam ko‘rinadi.

  • Taqriz muayyan asarning tahlili orqali ijodkorning hayot haqiqatini to‘g‘ri yorita olganligi, kitobxonga badiiy asarning qanday bo‘lishi haqida tasavvur bera oladi. Bugungi adabiy jarayonda ham taqrizchilik ma’lum darajada rivojlanib bormoqda. Ammo u qay darajada taraqqiy etmoqda, bu sohada qanday yutuq va nuqsonlarga yo‘l qo‘yilmoqda degan savollar tug‘ilishi, tabiiy. Shu jihatdan, 2006–2009 yillar oralig‘ida “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida bosilgan ayrim taqrizlarni ko‘zdan kechirdik. Mustaqillikning dastlabki davrlarida taqrizlar ko‘pincha “Kitobingizni o‘qidim”, “Doimiy hamroh”, “Nigoh”, “Va’da” ruknlari, ba’zan esa to‘g‘ridan to‘g‘ri “Taqriz” rukni ostida bosilar edi. Keyingi yillarni kuzatganda, “Nigoh” va “Va’da” ruknlari kam ko‘rinadi.

2.Taqriz vazifasi va axamiyati

  • Taqrizning vazifasi, u yoki bu janrdagi badiiy asarning tahlili orqali uning adabiy jarayon va yozuvchi ijodidagi o‘rnini aniqlash, yutuq va kamchiligini ko‘rsatish, fikrini isbotlash va baholashdan iborat. Yangi asarni birinchi bo‘lib baholaydigan taqrizda ilmiy-estetik tahlil ixcham, siqiq shaklda, ommaga tushunarli tarzda o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun taqriz ayrim tanqidchilar aytayotganidek, faqat “kutib oluvchi janr” emas. Balki u bir asar tahlili orqali adabiy jarayondagi yangi tamoyillarni ko‘rsatadigan, uning yozuvchi ijodida tutgan o‘rnini tezlik bilan baholay oladigan estetik xususiyatga ega

Shu bilan birga, taqriznavislikda bir xillik, ma’lum qoliplarga bo‘ysunish, baho berishdan ko‘ra maqtash, syujet voqealarini bayon etish kabi qusurlar ham uchraydi. Gazetaning (2004) 25-sonida birdaniga uchta taqriz bosilgan. Birinchisi, O.Sharafiddinovning “Ijodni anglash baxti” kitobiga taqriz bo‘lib, u tanqidni tanqid ruhida yozilgan. Ikkinchisi, X. Sultonning “Boburiynoma” asariga bag‘ishlangan “Ma’rifatning badiiy talqini” deb nomlangan taqrizda bu ma’rifiy romanning yutuqlari haqida so‘z yuritilgan. Uchinchi taqriz, shoir Mirpo‘lat Mirzoning “Saylanma”si bosilib chiqishi munosabati bilan yozilgan, adabiyotshunos olim E. Ochilov qalamiga mansub, “Hassos ko‘ngil mavjlari” deb nomlanadi.

Taqriz hajmi katta-kichikligidan qat’i nazar, yangi asar haqida o‘quvchida ma’lum taassurot uyg‘otsin, rost so‘zlasin. Ba’zan shunday bo‘ladiki, taqrizchining va’dalari, maqtovlariga ishonib, qo‘lingizga olgan kitob sizni o‘ziga tortmaydi, yolg‘on aldovlarga uchib qolmasligi uchun adabiyot ham, adabiyotshunos ham kitobxonga rost gapirishi kerak. Keyin taqrizda sanoq ko‘pligi bois tahlilga kam o‘rin berilgan, ammo taqrizchi “Saylanma”ning qusurlarini ham birma-bir ko‘rsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar 1.O`zbek tilining izohli lug`ati. A.Madvaliyev tahriri ostida.4-jild.T. O`zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 2008 y. 2. Ўзбекистон Республикасининг «Давлат тили ҳақида»ги Қонуни қабул қилинганининг ўттиз йиллигини кенг нишонлаш тўғрисида. Ўзбекистон Республикаси Президентининг ПҚ-4479- сонли қарори. 2019 йил 4 октябрь 3. Ўзбек тилининг давлат тили сифатидаги нуфузи ва мавқеини тубдан ошириш чора-тадбирлари тўғрисида. Ўзбекистон Республикаси Президенти ПФ-5850-сонли Фармони. 2019 йил 21 4. Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – Тошкент, 2017. 21 (781)-сон


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling