Ramazon hayiti munosabati bilan barcha xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishi mumkin
5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar dam olish kunlari:
▫️22-aprel —shanba;
▫️23-aprel — yakshanba;
▫️24-aprel — dushanba (koʻchirilgan dam olish).
Yaʼni, 5 kun ishlovchilar uchun dushanba kuni dam, 29-aprel — shanba esa ish kuni boʻladi.
❗️Agar 22-aprel — shanba Oʻzbekiston musulmonlari idorasi ulamolari xulosasi asosida Oʻzbekistonda Ramazon hayitining 1-kuni sifatida belgilansa, 21-aprel — juma kuni kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |