Ranglar Bizning Hayotimiz


Download 0.66 Mb.
Sana08.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#241076
Bog'liq
Ranglar Bizning Hayotimiz

Ranglar Bizning Hayotimiz


Muallif: Nodir Khalilov    Izoh

Bu mashqda asosan ranglar bilan ishlaymiz va ajoyib rangli qalamlar tayyorlaymiz….





1. Mashqni boshlash uchun 500×300 piksel o’lchamda, oq fonda yangi oyna ochamiz (Ctrl+N).



2. Rectangular Marquee(M) asbobini tanlaymiz va quyidagi rasmda ko’rsatilgan joyni belgilab, rang kodi #7000a4 ga moslab, yangi layer(qavat) ochamiz (Ctrl+Alt+Shift+N) va belgilangan joyni bo’yash uchun menyudan Edit > Fill yoki Alt+Backspace tugmalarini bosamiz. Bu birinchi qalam shakli hisoblanadi.

Shundan so’ng Rectangular Marquee (M) asbobi orqali quyidagi joyni belgilaymiz va Dodbe (O) asbobini tanlaymiz (Brush: 50 px, Mode: Highlights, Exposure: 50%) va belgilangan joyni bo’yab chiqamiz:



Endi qalam o’ng tomonini ham belgilaymiz va Burn (O) asbobi (Brush: 50 px, Mode: Shadows, Exposure: 40%)  yordamida belgilangan joyni bo’yab chiqamiz:





Ctrl+D tugmalarini bosamiz va menyudan Layer > Layer style > Inner Glowni moslaymiz:

Natija:


Keyingi bosqichga o’tamiz…



3. Ushbu qalam shakli chizilgan qavat(layer)ni nusxalaymiz. Nusxalash uchun Layer > Duplicate Layer buyrug’ini tanlaymiz yoki Ctrl+J tugmalarini bosamiz. Yangi hosil bo’lgan layerni Move (V) asbobi yordamida o’ng tomonga o’tkazamiz va Image > Adjustments > Hue/Saturation (Ctrl+U)

Natija:


Anashu holatda har bir shaklni nusxalab chiqamiz va har bir shakl rangini yuqorida ko’rsatilgandayo’zgartirib chiqamiz





4. Qalamlar ichidan xohlaganimizni tanlaymiz va Rectangular Marquee (M) asbobi yordamida o’rtadan yuqori qismini belgilaymiz va Delete tugmasini bosamiz…



Ctrl+D va Polygonal Lasso asbobi yordamida quyidagicha shakl chizamiz:



Elliptical Marquee asbobini tanlaymiz va Alt tugmasini bosgan holatda yuqorida chizgan shakl ostini o’chirib chiqamiz:

Qolgan joylarni ham kesib tashlaymiz va Yangi layer ochib ushbu layerni rang kodi #f0d196 da bo’yab olamiz:



Yana Polygonal Lasso asbobi yordamida quyidagi joyni belgilaymiz va Dodge (O) asbobini tanlab, belgilangan joyni bo’yab chiqamiz:



Endi esa o’ng tomonni belgilaymiz va Burn asbobi yordamida bo’yab chiqamiz:





5. Rectangular Marquee (M) asbobi yordamida qalam uchini belgilaymiz va Image > Adjustments > Hue/Saturation yoki Ctrl+U:

Natija:




Ctrl+D va Layer > Layer style > Drop Shadow:



Endi oxirgi bosqichga o’tamiz…



6. Horizontal Type (T) asbobini tanlaymiz va matn yozamiz:



Edit > Transfrom > Rotate 90 CCW



Layer > Layer Style> Drop Shadow:

Natija:




Manba: PhotoshopStar
Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling