Konsol - Console Console – tizim xabarlarini chop qiluvchi va buyruqlarni qabul qiluvchi oyna, foydalanuvchi interfeysi; kompyuterni boshqarish uchun dasturiy ta'minot; matnli foydalanuvchi interfeysini taqdim etuvchi dasturiy ta'minot. Terminal deb ham ataladi. Ustun tomonlari: - Avtomatizatsiya osonligi;
- Grafik interfeys (GUI) bo'lmagan dasturlarni boshqarish;
- Turli fayllar uchun buyruqlarni to'g'ridan to'g'ri ishga tushurish mumkin (GUIda ishga tushurish, yopish zarur)
- Konsolda chiqqan xabarlarni ixtiyoriy payt qaytadan o'qish mumkin;
- Masofadan turib internet yoki local tarmoqqa ulangan kompyuterlarni qo'shimcha trafik sarf qilmasdan boshqarish mumkin;
Konsol - Console Ustun tomonlari: - Qo'shimcha interfeys detallari mavjud emasligi, bir xil ekran o'lchamida ko'proq ma'lumot sig'adi;
- Xatolarni topish tuzatish osonroq. Agar foydalanuvchi biror xatolikka duch kelsa foydalanuvchi va EHM o'rtasidagi yozishmani nusxasini tashlash kifoya, GUIda esa ekran nusxasini (skrinshot), ba'zida bir nechta ekranlarni, nima qiymat kiritdi va h.k.;
- Tezligi yuqori bo'lmagan ma'lumot almashish liniyalarida ishlay olish imkoniyati sababli ko'pgina biriktirilgan tizimlarda, hisoblash quvvati yuqori bo'lmagan qurilmalarda asosiy vazifada (printer, qattiq disklar, routerlar, datchiklar va h.k.);
- Ushbu standart bir necha yillardan beri mavjudligi, rivojlanib takomillashtirilib kelayotganligi sababli aniq ishonish mumkinki, konsolga yana bir qancha yillar mobaynida talab yo'qolmaydi.
Konsol - Console Kamchiliklari: - Buyruqlar satri (cmd) interfeysi kompyuter bilan endi tanishgan, tanishishni GUI bilan boshlagan foydalanuvchilar uchun "do'stona" emas;
- Buyruqlar sintaksisini esda tutish, yodlash zarurati, ularning qo'shimcha atributlari, qisqartmalari mavjudligi va bir so'z turli buyruqlarda turli maqsadlarda ishlatilishi mumkinligi;
- Avto to'ldirishsiz uzun va maxsus belgilarni o'zida saqlagan buyruqlarni, parametrlarni klaviaturadan kiritish qiyinroq bo'lishi mumkin;
- Qo'shimcha kiritish imkoniyati mavjud emasligi. Masalan, ovoz balandligini kiritishda. setvol +10 setvol -10 setvol 80 balance 50:100 setvol mute
Do'stlaringiz bilan baham: |