Bir qatorli: /// Ko'p qatorli: /** … */ https://learn.microsoft.com/ru-ru/dotnet/csharp/language-reference/xmldoc/ C# tili belgilar registriga sezgir. Ya'ni katta-kichik harflar alohida belgi sifatida qaraladi. Bir xil nomdagi ammo registri turlicha bo'lgan har qanday kod qismi turli talqin qilinadi. static void Main(string[] args) { int a, A; a = 5; A = 4; a = 3; Console.WriteLine(a); Console.WriteLine(A); } O'zgaruvchi va o'zgarmas Dasturdagi berilganlarni saqlash uchun o'zgaruvchi va o'zgarmas ishlatiladi, xotiradan nomlangan qismini taqdim etadi. Ularning nomi, qiymati va turi mavjud. O'zgaruvchi e'lon qilish: ; O'zgaruvchiga qiymat berish: = ; O'zgarmas e'lon qilish va aniqlash: const = ; O'zgaruvchi (o'zgarmas) nomi quyidagi qoida asosida aniqlanishi kerak: - harflar, raqamlar va tag chiziq belgisidan tashkil topishi va raqamdan boshlanmasligi kerak;
- nomida probellar turli belgilar bo'lmasligi kerak;
- nom C# tilidagi kalit so'zlar bo'lmasligi kerak.
Izoh: O'zgaruvchi (o'zgarmas) nomi ixtiyoriy bo'lishi mumkin, lekin ma'no jihatdan qiymatga (ishlatilishiga) mos nomlash tavsiya qilinadi. O'zgaruvchi va o'zgarmas Namunalar: string name; // o'zgaruvchi e'loni name = "Jamshid"; // o'zgaruvchiga qiymat berish string Name; // name o'zgaruvchisi emas int son1, son2, son3; // bir nechta o'zgaruvchi e'loni string familiya = "Alimov"; // o'zgaruvchi e'loni va initsializatsiya Console.WriteLine(familiya); // chop qilish, Alimov familiya = "Qosimov"; // o'zgaruvchi qiymati o'zgartirildi Console.WriteLine(familiya); // chop qilish, Qosimov const string sharif = "Ismoilovich"; // konstanta e'loni
Do'stlaringiz bilan baham: |