Rangli metallar ishlab chiқarish
Download 101 Kb.
|
KL-11-mavzu
a) Ҳomaki misni termik usulda tozalash:
Ҳomaki mis tarkibida juda oz miқdorda nodir metallar – oltin, kumush bo’lsa, olinadigan metaldagi bekorchi қo’shimchalar miқdoriga u қadar katta talab қo’yilmasa, bu usuldan foydalaniladi. Bu prostess katta siғimli (250T gacha) mazut yoki kukun yokilgi yokiladigan alangali pechlarda olib boriladi. Pechga solingan xomaki mis to’la suyuklangach, 20-30 mm diametrli temir trubalari orkali metalga 1-2 at bosimda ҳavo ҳaydaladi. Ҳavo kislorodi қo’shimchalarni va kisman misni ҳam oksidlaydi. Ҳosil bo’lgan oksidlarning bir қismi (Sb2O3, PbO, ZnO, SO2) pech gazlari bilan atmosferaga chiқib ketsa, boshқalari (Fe2O3, Al2O3, SiO2) shlakka o’tadi. Oltin va kumush esa metallda suyuқlangan bo’ladi. Ҳosil bo’lgan mis oksidlari suyuқ metallda va shlakda eriydi. Shuning uchun ҳam misni қaytarishdan avval metall yuzasidagi shlak so’rib olinib, қayta ishlash uchun konvertorga uzatiladi. Metall oksidlanmasligi uchun uning yuzasiga pista ko’mir kukuni sepiladi. So’ngra misni қaytarish va undagi erigan gazlardan kutilish uchun metall diametri 250-350 mm, uzunligi 7-10 m keladigan ҳo’l tayoқlar bilan aralashtirilib turiladi. Bu operastiya misning to’laroқ kaytarilishiga imkon beradi. Bu prostessni қo’yidagi tenglamalar bilan ifodalash mumkin: Cu2O+C→2Cu+CO Cu2O+CO→2Cu+CO2 Cu2O+H2→2Cu+H2O Misni қaytarish plastik mis olinguncha davom ettiriladi, so’ngra undan қo’ymalar olinadi yoki elektrolez usulida yanada tozalash uchun zarur bo’lgan anod plitalar olinadi. Bu usulda olingan misda қo’shimchalar miқdori 0,3-0,5% dan ortmaydi. b) ҳomaki misni elektrolez yo’li bilan tozalash. Ҳomaki misni elektrolez yo’li bilan tozalash usulidan yukori sifatli mis olishda va undan nodir metallarni (oltin, kumush va boshқalar) ajratib olishda foydalaniladi. Bu prostess maxsus elektrolit қo’yilgan қo’rғoshin list yoki plastmassa bilan futerovkalangan (yogoch yoki beton) vannalarda olib boriladi. Mis kuporosining suvdagi 12-15% li eritmasi (CuSO4·5H2O) ga 10-15% li sulfat kislota (H2 SO4) aralashmasi қo’shib elektrolit tayyorlanadi. Elektrolitli vannaga bir necha anodiy va katodiy plastinkalar ketma-ket tushiriladi. Anod sifatida o’lchamli 1x1 m, қalinligi 40-50 mm li ҳomaki mis plastinkalardan, katod sifatida esa 0,5-0,7 mm қalinlikdagi elektrolitik misdan foydalaniladi. Download 101 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling