Rangtasvir rang san'ati


Download 47.38 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi47.38 Kb.
#1020731
Bog'liq
Kirish


Kirish
RANGTASVIR - RANG SAN'ATI.

1. Rangtasvir tarixidan.


2. Rangtasvir janrlari
3. Naturadagi rangtasvir jarayoni
Xulosa
KIRISH
Rangtasvir - rang san'ati. Rangtasvir - xaqiqiy hayotni aks ettirib, tamoshabinning fikri va hissiyotlariga ta'sir o`tkazuvchi tasviriy san'at turlaridan biridir.
Biror bir satx yuzasiga, bo`yoqlar (moybo`yoq , tempera, akvarel, guash va boshqalar) bilan bajarilgan san'at asariga rangtasvir deyiladi. Rangtasvirdagi obrazlar juda yorqin va tomashabop. Rassomlar asarlarini rangtasvir va plastik vositalar bilan yaratadilar. Ular qalamtasvir va kompozitsiya imkoniyatlaridan foydalanganlari bilan, rangtasvirdagi eng asosiy ta'sirchanlikni beruvchi vositalardan biri bu rang hisoblanadi.
Rangtasvirdagi tasvirlar tasviriy satxda uzluksiz bo`yoq qatlamini hosil qiluvchi bo`yoqlar yordamida yaratiladi. Xattoqi akvarel rangtasvirida 2.qog`ozda bo`yoq tegmagan joylar qolsa ham, tasvirning uzluksizligiga ta'sir qilmaydi, chunki bo`yoqlar bir-biriga singishib va aralashib ketishadi.
Rangning tasviriy va ta'sirchanlik imkoniyatlaridan rangtasvirda rassomga zarur bo`lgan erkinlik va to`liq kuch bilan foydalaniladi. Rang orqali kompozitsiyadagi asosiy fikrni ajratib ko`rsatish, muhim detallarini bo`r ttirish, masofani chuqurligini berish yoki tasvirning yassiligini berish mumkin.
Rangtasvirning eng muhim ajralib turuvchi xususiyatlari shundan iboratki, unda shakl va masofaning tasviri, obrazlar va harakatlar faqat rang orqali ko`riladi.
Rangtasvir inson hissiyotlari va xarakterining murakkab dunyosini aks ettirishi bilan birga tabiatning nozik o`zgarishlari, fantastik obrazlar va falsafiy fikrlarni berish xususiyatiga ega. Bo`larning hammasi rangtasvir janrlari orqali beriladi.
Dunyodagi ob'ektlar, voqea va hodisalarning turli tumanligi va rassomlardagi ularga bo`lgan qiziqishning kuchayib ketishi XVII asrga kelib rangtasvirda turli tuman janrlarning paydo bo`lishiga olib keldi. Bo`lar portret, manzara, natyurmort, animalistik, afsonaviy, tarixiy, batal va maishiy janrlar edi. Rangtasvir asarida janrlar yoki ularning elementlari aralashib kelishi mumkin. Masalan, natyurmort va manzara portretni muvaffaqiyatli to`ldirishi mumkin.
Rangtasvir dastgoxli va monumental rangtasvirga bo`linadi.
Rassom kartinasini podramnikki tortilgan xolstda ishlaydi. Bu xolst dastgoxga urnatilgan bo`ladi. Shu sabali ham bu dastgoxli rangtasvir deb ataladi.
"Monumental" so`zi juda katta degan mazmunni beradi. Monumental rangtasvir esa binolarning ichki yoki tashqarigi devoriga chizilgan katta kartina (freska, panno va boshqalar) hisoblanadi. Monumental rangtasvir asarini uning asosida (devorlar, tayanch, ship va x.zo) ajratish mumkin emas. Monumental kartinalar uchun mavzular katta ahamiyat berib tanlanadi. Buning uchun tarixiy voqealar, qahramonona jasoratlar, halq ertaklari va xoqazolar tanlanadi. Monumental rangtasvir bilan panno, mozaika va vitrajlar ham bevosita bog`lanib keladi. Bu san'at turlari dekorativ rangtasvir va dekorativ san'at hisoblanadi. Bu yerda monumental rangtasvir va arxitekturaning stil va obrazli birligi muhim ahamiyatga ega.
Rangtasvirning miniatyura, ikonaga rasm solish, dekorativ naqsh, teatr - dekoratsiyasi kabi turlari ham mavjud. Rangtasvirning harbir turlari o`zining bajarish texnikasi va badiiy - obrazli vazifalarni hal qilishi spetsifikatsiyasiga qarab ajratiladi.
3.Rangtasvir tarixida ikonaga rasm solish san'ati katta rol uynagan. Bu san'at IV asrda Vizantiyada tugilib, bo`tun pravoslav dunyosiga tarkaladi. Ikonalar dunyoga xizmat qilib, unda faqat mukaddas diniy bitiklardagi obrazlar tasvirlangan.
Maqbaralarda ikonalar me'morchilik, dekorativ - amaliy san'at bilan bir yaxlit kompozitsiyani tashkil etadi. Ikonadagi rasmlar diniy marosimlarda miltillab yonib turuvchi lampa va shamlar, shuningdek diniy aytimlar ta'sirida juda katta emotsional - obrazli ta'sir ko`rsatadi.
Ikonalar iloxiy go`zallikni bera oluvchi rangtasvir asari hisoblanadi. Ikonalarning rangi shartli va dekorativ bo`lib, u real hayotni emas, balki iloxiy fikrni beradi. Shuningdek u halqning estetik ideallarini aks ettiradi. Qadimgi Rus ikonalari dunyo san'atiga juda katta badiiy kiymatga ega bo`lgan san'at asarlari hisoblanadi. F.Grek, A.Rublev, Dionisiy kabi rassomlar ikonaga rasm solish san'atining eng ko`zga ko`ringan namoyondalaridan hisoblangan.
Miniatyura san'ati bu o`zining shartliligi, dekorativligi, shakl, faktura va bezaklarining o`ziga xos usulda berilishi bilan ajralib turuvchi kichik o`lchamdagi tasviriy san'at asari hisoblanadi.
O`rta asrlarda qo`lyozma kitoblarga ishlangan tasvirlar miniatyura san'atining paydo bo`lishiga olib keldi.
O`rta asrlarda kitob miniatyura san'ati Yaqin Sharq, Markaziy va O`rta Osiyo, Eron, Hindiston, Vizantiya, Qadimgi Rus va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida gullab yashnadi. Shu davrlarda yashab ijod etgan Kamoliddin Behzod , Maxmud Muzaxxib, Murod Samarkandiy va boshqa qator musavvirlar Sharq miniatyura san'atining nodir na'munalarini yaratib qoldirdilar. Bo`lar orasida Ayniqsa Kamoliddin Behzod ning faoliyati (taxminan 1466-1535 yillar) diqqatga sazovordir. Kamoliddin Behzod Xirotda tugilgan. Bu yerda Husayn Boyqaro ko`tubxonasida ishlagan. 1507 yil Xuroson Shayboniyxon qo`liga o`tgach, Behzod Buxoraga ko`chib kelgan va shu yerda 1522 yilgacha yashab, ijod qilgan va o`zining mashhur Shayboniyxon portretini yaratgan. Keyinchalik qisqa vaqt Tabrizda (1522-1524) keyin yana Xirotda yashab ijod etgan.
Buyuk Alisher Navoiy g`amho`rligida kamol topgan Behzod Sa'diyning "Bo`ston", "Guliston", Nizomiyning "Hamsa", Hisrav Dehlaviyning "Xamsa", Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asarlariga ko`plab suratlar chizgan.
A. Navoiyning dostonlarini ajoyib suratlar bilan bezagan. Behzod ning ijodiy rejalarini keyinchalik uning shogirdlari Qosim Ali, Maxmud Muzaxxib, Mulla Yusuf va boshqalar davom ettirdilar. O`rta asrlar kitob miniatyurasi hozirgacha bizni o`zining go`zalligi, bo`yoqlarining yorqinligi 4.va tozaligi, bezaklarining murakkabligi, obrazlarining qiziqarliligi bilan lol qoldirib keladi.
Rangtasvirning yana bir turi dekorativ naqqoshlik hisoblanadi.
Kartina va monumental rangtasvirdan farqli bo`lgan mustaqil fikriy - obrazga ega bo`lmagan, dekorativ xarakterga ega bo`lgan syujetli rangtasir kompozitsiyalari dekorativ rangtasvir deyiladi. Dekorativ rangtasvir me'moriy inshoot va dekorativ - amaliy san'at buyumlaridagi bezaklarning turli ko`rinishlarini birlashtiradi.
Me'moriy dekorativ bezak devorga, gumbaz, fasad va binoning boshqa elementlariga yoki xolstga bajarilishi mumkin.
Teatr dekoratsiyasi ham rangtasvirning turlaridan biri hisoblanadi. Uning vazifasi spektaklning obrazini yaratishdan iboratdir. Spektaklni badiiy bezash stsenografiya deb ham yuritiladi.
Teatr uchun turli - tuman dekoratsiyalarni yaratishda rangtasvir juda katta rol uynaydi. U saxnadagi san'at asarini bo`lib o`tayotgan joyi, vaqti, davri, stili va janrini aniq bera oladi. Teatr - dekoratsiyasi rangtasviri faqat asar xarakteriga emas, balki spektaklning rejissurasiga va rassomning individual ijodiy yondoshuviga ham bog`liq bo`ladi. Shuning uchun ham turli teatrlarda kuyilayotgan bitta spektakl turlicha bezatilishi va turlicha ahamiyatga ega bo`ladi.
Hozirgi davrga kelib teatr-dekoratsiyasi san'tida ham turli tuman tendentsiya va oqimlar paydo bo`lgan.
Ba'zi rassomlar dekorativ rangtasvirning realistik an'analarini davom ettirsalar, boshqalari shakl, rang. Yorug`lik va fazoni qo`llagan holda turli-tuman izlanishlar olib boryaptilar.
Ba'zilari turli fakturali noan'anaviy materiallardan (plastik, metall, arkon, suyak va xoqazo) foydalanadilar.
Hozirgi davrda esa lazer effektlari, lyuminestsent bo`yoqlari, videoapparatura, kompyuter grafikasidan ham foydalanayaptilar.
Dekorativ rangtasvirning o`ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, u yorug`lik sharoitida, aniq saxna ko`rinishida qabul qilinadii va u harakatda ham bo`lishi mumkin. Teatrda san'atdagi sintez muhim ahamiyatga ega: dekoratsiyalarning dinamik kurilishi musikaga va saxna harakatining ritmiga mos kelishi kerak. Spektaklning yaxlit obrazi dramaturgiya, musika, yorug`lik, dekoratsiya, kostyum va grim asosida yuzaga keladi.
Qo`llaniladigan texnikasi, uslublari va foydalaniladigan materiallariga qarab rangtasvirni quyidagi turlarga bulish mumkin: moybo`yoq li, temperali, mumli (enkaustika), emalli, yelimli, quruq suvoqka suv bo`yoqlar bilan ishlash (freska) va boshqalar. Ba'zi xollarda esa rangtasvirni grafikadan ajratish qiyin.
5.Rangtasvir bir qatlamli, ya'ni tez tugatiladigan va ko`pqatlamli va nozik nyuanslarni va ranglarning go`zal tuslarini bera oluvchi lessirovka usullariga bo`linadi.
Rangtasvir uchun zarur bo`lgan rangni rassom palitrada aralashtirib topadi, keyin bu bo`yoq kartina tekisligida rangga aylanadi. Bu yerda u rang tartibi - koloritni yaratadi. Ranglar aralashmasiga qarab u issiq va sovuq, quvnoq va g`amgin, tinch va harakatli, yorqin va to`q bo`ladi.
Rangtasvir tarixidan
Rantasvir juda qadimiy san'at. Uning asoslari qoyadagi tasvirlardan boshlanadi. Antik davr rassomlari rangtasvir asarlarida juda katta ta'sirchanlikka erisha olishgan, bu naturaga katta diqqat e'tibor qarashdan, shu bilan birga rangtasvir texnologoyasiga kiritilgan yangiliklar bilan bog`liq bo`lgan. O`rta asrlarda turli janrlardagi kartinalarning yaratilishi rangtasvir tarixini boyitdi. Keyingi yuz yilliklardagi turli oqim va yo`nalishlarda ijod qiluvchi rassomlarning ijodiy izlanishlari juda ko`plagan yangi rangtasvir oqimlarini (realizmdan abstraktsionizmgacha) vujudga keltirdi.
Kuyi paleolit davrida yashagan odamlarning ijodida ularning hayvonlar dunyosi, tabiat haqidagi tasavvurlari o`z aksini topgan. Bu tasvirlarda asosan ov manzaralari aks etgan. Qoyalarda faqat rangtasvir asarlarigina emas, balki grafik va bo`rtma qoya tasvirlari ham saqlanib qolgan. Ibtidoiy davrlardagi qoya rasmlari o`zining mukammalligi, hayvonlar anatomiyasi, harakatining, jun fakturasining aniq berilishi va obrazli ta'sirchanligi bilan bizni hozirgi davrgacha lol qoldirib kelmoqda. Tasvirlar ma'naviy madaniyatimizni avloddan-avlodga yetkazishda asosiy vositalardan biri hisoblanadi. 
Antik davrlarda rassom dunyoni qanday ko`rsa o`shanday tasvirlashga harakat qilgan.
Yorug`-soya printsiplari, perspektiva elementlari, hajmli-fazoviy rangtasvirning paydo bo`lishi shular bilan bog`liq bo`lgan. Yunon rassomlari inson tanasining tuzilishi, proportsiyasi, harakat plastikasini o`rganishgan. Rassomlar freskalardagi yunon vazalarida insonning xaqiqiy realistik tasvirlarini tasvirlashga erishishgan. Rangtasvir asarlarida borliqni tasvirlashning yangi imkoniyatlari paydo bo`ldi. Turar joylar, makbaralar, ibodatxonalar va boshqa inshoatlar rangtasvir asarlari bilan bezatilgan. U arxitektura va xaykaltaroshlik bilan badiiy, kompozitsiyani tashkil etgan.
O`rta asr rangtasviri diniy mazmunga ega bo`lgan roman davri va asosan gotika davrida san'at sobor uchun xizmat qilgan, shuning uchun ham rangtasvir asarlari bilan faqat soborlar bezatilgan. Undagi ranglarning 6.arangdorligi, asosan lokal ranglar ishlatilishi, konturlarining ta'sirchanligi bilan ajralib turadi. Kartina va freskalarning foni shartli, neytral yoki tillarang bo`lgan, Ranglarning simvolikasi katta rol o`ynagan.
Gotika rangtasvirida vitraj san'ati eng katta o`rin egallagan. Intererning sirli ko`lagasida oynalarni to`ldirib turuvchi vitrajlar yorqin ko`k, sariq, qizil ranglar bilan jilvalangan. U o`zgacha bir ruxiy sharoitni bergan. Hozirgi davrda Shartr soborida vitrajlarning eng go`zal namunalari saqlanib qolgan.
Gotika davri - kitob miniatyurasi va boshqa dekorativ - amaliy san'at turlarining gullagan davri bo`ldi.
Quyi gotika davri portretlari o`zining individual xususiyatlari, obrazlarining yuksakligi bilan ajralib turadi.
Gotika san'atida psixologik tushkinlikdagi lirizm va tragizm, yuksak ma'naviyat va sotsial satira, aniq hayotiy tuzatishlar va fantastika organik ravishda bog`lanib kelgan. Jamiyatda rassomlarga bo`lgan munosabat o`zgarib ketdi. Ularning mehnati e'tiborga olina boshlandi.
Uyg`onish (Renessans) - jahon san'ati rivojidagi eng buyuk davrlardan biri hisoblanadi. Uyg`onish davri Garbiy va Markaziy Yevropa mamlakatlari madaniyati tarixida o`rta asr madaniyatidan yangi davr madaniyatiga (Italiyada - XIV-XVI asrlar, boshqa mamlakatlarda - XV-XVI asrlar) o`tish davri bo`ldi. Uyg`onish davri ideallari insonparvarlik dunyoqarashi asosida ko`rildi.
Yangi tarixiy davrda antik davr merosiga qiziqish kuchayib ketdi. Rassomlar u davr asarlaridan faqat nusxa ko`chirib qolmasdan. Balki yangi pozitsiyada turib ko`zdan kechirdilar. Inson va uni o`rab turgan dunyoni o`rganishga yo`naltirilgan insonparvarlik san'at printsiplari rivojlandi. Real dunyo va inson eng katta boylik sifatida ko`klarga ko`tarildi.
Bu yangi sistema ko`pchilikda qiziqish uyg`otgan plastik san'atda munosib o`rin egalladi. Tasviriy san'at turlari rorasida rangtasvir eng asosiy egalladi. Ayniqsa monumental (freska) rangtasviriga qiziqish orta bordi. Diniy va mifologik mavzulardagi rangtasvir kompozitsiyalarida portret, maishiy va tarixiy ko`rinishlarda dunyoviy uyg`unlik, antropotsentrizm (inson koinot markazida) o`z aksini topdi. Bu fikrlar Leonardo da Vinchi ijodida to`liq o`z aksini topdi. Masalan, "Joqonda" (Mona Liza) asarini o`sha davr simvoli sifatida ko`rish mumkin. Rangtasvirchilar yuksak maxorat bilan madonnalarni tasvirladilar. Ular bu yorqin, esda qoluvchi obrazlari orqali dunyoviy go`zallikni tarannum etishgan. Uyg`onish davri rassomlari ijodining markazida mustaqil, hartomonlama rivojlangan shaxs turgan. Yangi tasviriy sistema naturani urganish asosida ko`rildi. Hajmni tushunish va uni yorug`-soya yordamida masalasini Mazachcho birinchi 7.bo`lib ilgari surdi. Ilmiy asoslangan chiziqli va havo perspektivasi, yorug`-soya qonuniyatlari yaratildi. Bu Yevropa san'ati (Frantsiya, Ispaniya, Germaniya, Angliya, Rossiya) ning keyingi rivojlanishiga katta ta'sir ko`rsatdi.
Uyg`onish davri buyuk insonlari: Leonardo da Vinchi, Rafael, Mikelandjelo, Jorjone va Titsian, Tintorettolar o`z ijodlarida davrning yangi dunyo qarashini aks ettirdilar.
Niderlandiya, Frantsiya va Germaniya (XV-XVI asrlar) san'atining rivojlanishini Shimoliy Uyg`onish deb yuritiladi. Rangtasvirchilardan Yan Van Eyk, katta P.Breygellarning ijodi o`sha davr san'atining cho`qqisi hisoblangan. Germaniyada nemis Uyg`onishining buyuk rassomlaridan biri A.Dyurer hisoblangan.
Ma'naviy madaniyat va san'atdagi Uyg`onish davri Yevropa san'atining keyingi rivojlanishiga o`z ta'sirini ko`rsatdi. Unga qiziqish hozirgi davrda ham saqlanib qolgan.
XVII-XVIII asrlarda Yevropa rangtasvirining rivojlanish jarayoni murakkablashib ketadi, o`z an'analari va xususiyatlariga ega bo`lgan milliy maktablar vujudga keladi. Rangtasvirda psixologik muammolar chuqurlashib ketadi. Insonni o`rab turgan atrov-muhit, kundalik hayotga va real voqea - xodisalarga murojat qilish rangtasvirda ham janrlarning paydo bo`lishiga olib keldi. Bu janrlar manzara, natyurmort, portret, maishiy janr va xakozolar edi. San'atda turli stildagi yo`nalishlar yaratildi.
Barokko stili Yevropa san'atida XVI asr oxiridan XVIII asr o`rtalarigacha bo`lgan davrda shakllandi. U Italiyada tugilib, Renessans davridan keyin boshqa mamlakatlarga yoyilib ketdi.
Barokko stilining asosiy belgilari - tantanavorlik, ulug`vorlik, dinamika hisoblanadi. Barokko stilida chizilgan san'at asarlarida hayotmohiyati - ko`rash harakatda aks ettiriladi.
Barokko san'ati bevosita inson psixologiyasiga, uning his-tuygulariga qaratilgan san'atdir. Unda ekspressiv chiziqlar va yorug`-soyalar o`ta keskin shaklda olingan bo`lib, asar kompozitsiyasining ta'sir kuchini yanada oshiradi.
Barokko stilida turli san'atning yagona ansamblga birikib ketishini ta'kidlab o`tish lozim. Ayniqsa me'morchilik, xaykaltaroshlik, rangtasvir va dekorativ san'at birga shakllanadi. San'atdagi sintezga intilish Barokkoning asosiy belgilaridan biridir.
Barokko stili xokimiyat va cherkovning buyukligini kuyladi. Shu bilan birga rangtasvirda dunyoqarashning murakkabligi, dunyoning cheksizligi va turli-tumanligi, uning o`zgaruvchanligi ham o`z aksini topdi. Barokko san'atida inson - dunyoning bir qismi, murakkab shaxs sifatida tasvirlanadi.
8.Barokkoning xususiyati - u tamoshabin bilan emotsional kontaktga kirishish uchun renessans uyg`unligidan voz kechadi.
Tasviriy sa'atda diniy va mifologik mavzuli monumental - dekorativ kompozitsiyalar, intererlarni bezash uchun portretlar yetakchi o`rin egalladi.
Rokoko - XVIII asr Yevropa san'atidagi stillardan biri (XVIII asrning ikkinchi choragi va o`rtasi) Frantsiyada paydo bo`lib, o`z nomini naqshlardan asosiy elementlardan biri "roqayla" nomidan olgan. Roqayl shakliga ko`ra chig`anoqning buralib ketgan qismiga o`xshaydi.
Park pavilonlari tabiat elementlariga o`xshab ketuvchi (dengiz chiganoqlari, g`aroyib o`simliklar, toshlar, qoyalar) detallar bilan bezatilgan. Shu sababli ham "rokayl" nomi kelib chiqqan. Oxir oqibatda "rokayl" termini barcha buralib, chatishib ketuvchi, xuddi chiganoqka, toshga yoki marvaridga o`xshab ketuvchi g`aroyib shakllarga nisbatan aytila boshlandi. Ba'zida "rokayl" termini Rokoko stilini belgilaydi.
Interer, mebellar va dekorativ buyumlar, uyma va kuyma roqayl jingalaklaridan iborat bo`lgan garoyib, nafis bezaklar bilan bezatilgan. Barokko stilidan farqli ravishda Rokoko stili kundalik hayotning qulay bo`lishi uchun xizmat qilgan. Inshootlarning shiplari va devorlari bezaklar, releflar, amurlar maskasi, rangtasvir pannosi va ko`zgular bilan qoplangan. Dekorativ amaliy san'at buyumlari o`zining nafisligi bilan ajralib turgan.
Ustalar chinni, zargarlik buyumlari, yog`ochga naqsh o`yib bezashda barcha tasviriy imkoniyatlardan foydalanganlar.
Rokoko stili to`g`ri chiziqlar, order sistemasidan voz kechadi. unga yorqin tonlar, yengillik, assimmetriya, shaklning go`zalligi va g`aroyibligi xosdir.
1760 yilga kelib Rokoko stilini o`rnini klassitsizm egallaydi.
Klassitsizm - XVII-XIX asrlar Yevropa san'atidagi badiiy stillardan biri bo`lib, uning muhim xususiyatlaridan biri bu yuqori Uyg`onish davri an'analariga tayanch va namuna bo`lgan antik san'atga yunaltirilganligidir.
Klassitsizm stilida esa hamma narsa xotirjam va ulugvor. Uning namoyondalari Uyg`onish davri ijodkorlari singari antik va yuqori Uyg`onish davri an'nalarini qabul etib, uni rivojlantirishga harakat qiladilar. Lekin shu bilan birga klassitsizm vakillari o`tmish san'ati badiiy shakl va obrazlarini o`zlari yashab turgan davr mazmuni bilan to`ldirishga, boyitishga harakat qildilar. Davlat va shaxs, ideal va reallik, hissiyot va aql o`rtasidagi qarama-qarshiliklar yangi stilning murakkabligidan dalolat beradi. Klassitsizmning badiiy shakllariga obrazlarining aniqligi va garmonikligi, ulug`vor va xotirjamligi xosdir.
9.Klassitsizm va Barokko stilini yaxlit tantanavor stil sifatida birlashtirilgan me'moriy yodgorliklardan biri bu - Versaldagi frantsuz qirollari (XVII asr ikkinchi yarmi) qarorgohidir.
XIX asr rangtasviri jamiyat hayotida muhim rol o`ynashda davom etdi. Romantizm rangtasviri tarixiy va zamonaviy hayotning dramatik voqealariga qiziqish bilan qaradi. Kartinalar yorug`lik va soyaning kontrastliligi, koloritning to`yinganligi bilan ajralib turgan.
Romantizm - XVIII asr oxiri va XIX asrning birinchi yarmida Yevropa va Amerika madaniyatida shakllangan yo`nalishlardan biri. U san'atning barcha turlari, falsafa va gumanitar fanlarda o`zini namoyon etdi. Romantizm falsafa va klassitsizm estetikasiga, ratsionalizm va jamiyatning ma'naviyatsizligiga qarshi kelib chiqdi. Romantik ideal asosida boshqa xalqlar tarixi, san'atiga, milliy madaniyat va folklorga qiziqish shu bilan birga ijodkor shaxsning mustaqilligi yotadi. Romantizmning xarakterli belgilaridan biri - bu ideal bilan reallik orasidagi o`tkir qarama-qarshilikdir. Romantiklar san'atning sintezi va o`zaro aralashib ketishini, san'atdagi turlar va janrlarning bog`lanib ketishini izlashgan.
Romantizm vakillari san'atni his-tuyg`uga voqelikni dinamik harakat vaqtida tasvirlashga, yorqin ranglar gammasiga alohida e'tibor berdilar. Ular klassitsizm vakillariga nisbatan real voqelikka ko`proq e'tibor bera boshladilar. Romantizm oqimining o`ziga xos tomonlari shu oqimning yirik vakili va asoschilaridan biri T. Jeriko ijodida o`z ifodasini topdi.
Rangtasvirchilar T. Jeriko va E. Delakrualar yorqin to`q koloritga va mustaqil dinamik kompozitsiyaga ega bo`lgan asarlar yaratdilar.
Ular tabiiy va sotsial falokatlarga qarshi tura oluvchi ma'naviy va jismoniy jihatdan juda kuchli bo`lgan insonlar obrazlarini yaratdilar.
Tasviriy san'atdagi romantizm akademik qonunlardan yuz o`giradi. u lirika, qahramonlik, hissiyotli, kulminatsion va dramatik voqealarni aks ettira boshladi.
XVIII asrning oxirlaridan boshlab Yevropa san'atida realistik oqim asosiy oqimlardan biriga aylanib bordi.
Realizm - bu voqea va xodisalarni badiiy ijodga xos bo`lgan spetsifik vositalar bilan har tomonlama, haqqoniy, ob'ektiv aks ettirishdir.
San'atshunoslikda "realizm" tushunchasiga turlicha qarashlar mavjud.
Umuman olganda realizm borliqni bilishning ma'naviy - amaliy vositasi sifatidagi, dunyo san'atining eng yaxshi an'analarini davom ettiruvchi, insoniyatning badiiy madaniyatini rivojlanishi tendentsiyasi sifatida ko`riladi.
Asarning realligi o`lchovi esa hayotning eng muhim tomonlarini badiiy shaklda aks ettirish, inson hayotiga suqilib kirishi hisoblanadi. San'atning 10.rivojlanishi davomida realizm konkret - tarixiy shakllarga va ijodiy metodlarga ega bo`lgan. Bo`lar tankidiy, sotsialistik va ma'rifiy realizmdir. Qisqacha aytganda realizm xuddi badiiy stil sifatida ko`riladi. U XVIII asrda paydo bo`lgan. Realizm inson shaxsini u yashab turgan jamiyat va undagi sotsial ahvoli bilan aloqadorlikda o`rganadi.
"Realizm" termini tasviriy san'atda XIX asr o`rtalarida paydo bo`lgan. Uning ajralib turuvchi xususiyatlaridan biri insonlarning kundalik hayotiga diqqatni kuchaytirishdir.
Amerika va Yevropa mamlakatlaridagi tanqidiy realizm kambag`al halq hayotini tasvirlaydi va jamiyatning boy qatlamiga qarshi qo`yadi. G. Kurbe, F. Mille va boshqa frantsuz rassomlarining ijodi jamiyat hayotidagi qarama-qarshiliklarni tasvirlashga qaratilgan.
Realistik fikrlash tendentsiyasi san'atning turli ko`rinishlari va janrlarida turlicha namoyoni bo`ladi. Shuni ta'kidlab o`tish lozimki badiiy obrazning ta'sir kuchi uning real ob'ektga o`xshashligida emas, balki uning natural tasvirligidadir. Bunday holda primitiv san'at akademik rangtasvirga nisbatan ham real ko`rinishga ega bo`lishi mumkin. Kichik gollandlar naturalizmi yoki impressionistlar ijodini ham real tasvir deyish mumkin. Ko`pincha naturalizm voqea-xodisalarni ichki jarayonlariga chuqur kirmasdan turib, faqat tashqi o`xshashlik bilan qanoatlanib, o`zining hayotiyligi va realligini yo`qotadi, aksincha abstrakt fikrlash esa reallikni aniq tasvirlashi mumkin. Chunki abstrakt tasvir tasvirlanayotgan predmet yoki xodisaning eng chuqur haqiqatini anglab olishi mumkin. Realistik san'atning badiiy-obrazli mazmuni rassom tomonidan konkret fikrni aks ettirish uchun tanlangan shakli bilan mos kelishi deb hisoblash mumkin.
Realizm metodining belgilaridan biri borliqni aks ettirishdagi ishonarlilikdir. Shu bilan birga realistik san'at borliqni badiiy aks ettirish, umumlashtirish va tushunishning turli-tuman vositalariga ega.
Masalan, Mazachcho va P. Della Francheska, A.Dyurer va Rembrandt, J.L. David va O. Dome, I.Repin, V.Surikov, V.Serovlarning realizmi bir-biridan juda katta farq qiladi. Bu realizmning ijodiy imkoniyatlarini juda kengligidan dalolat beradi.
Impresionizmning vujudga kelishi rangtasvirda to`ntarish yasab, uzoq yillar davomida uning rivojlanishiga katta ta'sir ko`rsatdi. Imperessionizm tiniq ranglarni optik aralashtirish va faktura berish imkoniyatlarini, dunyoning o`zgaruvchan go`zalligini berish usullarini aniqlab berdi.
Rangtasvir janrlari
Rangtasvir texnikasi asrlar davomida muntazam ravishda mukammallasha borgan. Rantasvirchilarni turli-tuman syujetlar borgan sari e'tiborini tortgan. Bu o`zgarishlarning barchasi XVII asrga kelib faqat rangtasvirdagina emas, balki grafika va haykaltaroshlikda ham turli janrlarni paydo bo`lishiga olib keldi. Rangtasvir janrlarining quyidagi turlari mavjud: portret, natyurmort, manzara, animal, tarixiy, maishiy, afsonaviy va batal janri va boshqalar. Quyida biz bu janrlarning paydo bo`lishi va rivojlanish tarixiga to`xtalib o`tamiz.
Portret
Portret - bitta odam yoki odamlar guruhining tasvirlari bilan farq qiluvchi tasviriy san'at janrlaridan biridir. Portretda rassom insonning 16.tashqi, individual o`xshashligini ko`rsatibgina qolmasdan, inson xarakteri, uning ma'naviy dunyosini ham ochib bera oladi.
Portretning turli ko`rinishlari mavjud. Ularga belgacha bo`lgan portret, byust (xaykaltaroshlikda), bor buyi bilan chizilgan portret, odamlar guruhi portreti, interer yoki manzara fonidagi portretlar kiradi. Tasvirlash xarakteriga ko`ra portret ikkita asosiy guruhga ajratiladi: ya'ni odamning bor bo`yi bilan chizilgan (otda, o`tirgan yoki turgan holatda) portreti (parad portreti) va beligacha, yelkagacha chizilgan portreti.
Bitta xolstda chizilgan tasvirlarning soniga qarab portretlar ikki kishilik va guruhiy portretlarga ham ajratiladi. Turli xolstga chizilgan, lekin kompozitsiyasi, formati va koloritga ko`ra bir-biriga mos bo`lgan portretlar juft portretlar deyiladi. Ko`pincha bunday portretlarda er-xotinlar tasvirlanadi. Ko`pincha portretlar yaxlit ansamblni - portretlar galereyasini tashkil qiladi.
Portretda odam qandaydir, allegorik, mifologik, tarixiy, teatrlashtirilgan yoki adabiy personaj holatida tasvirlangan bo`lsa bunday portretlarga kostyumlashtirilgan portretlar deyiladi. Bu portretlarni nomlashda ko`pincha "ko`rinishda" yoki "obrazda" so`zlari qo`shiladi (masalan, Yekaterina II Minerva ko`rinishida, A.Abdullayevning "Abror Hidoyatov Otello rolida"). Portretlar o`lchamiga ko`ra ham ajratiladi, masalan miniatyura portretlari. Bundan tashqari rassomlar o`zlarining portretlari - avtoportretlarni ham ishlashadi. Portretlar faqatgina modelning individual belgilarinigina emas, balki shu odam yashagan davr ruhini ham o`zida aks ettiradi.
Portret san'ati bir necha ming yillik tarixga ega. Qadimgi Misrda ham haykaltaroshlar odamning tashqi ko`rinishiga juda o`xshagan tasvirlar yaratishgan. Chunki ularning fikricha odam dunyodan o`tganidan so`ng uning ruhi shu yaratilgan o`xshash tasvirlarga ko`chishar ekan. I-III asrlarda enkaustika texnikasida (mum rangtasviri) yaratilgan fayyum portretlari ham shu maqsadga xizmat qilgan.
Ular o`zlarining yorqin hayotiy obrazliligi, shaklining hajmliligi bilan ajralib turadi.
Qadimgi Gretsiyada shoirlar, faylasuflar va boshqa mashhur kishilar portretlarini ishlash urf bo`lgan. Qadimgi Rim portret xaykaltaroshligiga xos bo`lgan asarlar o`zlarining haqqoniyligi va aniq psixologik xarakterini ochib berishi bilan mashhur bo`lgan. Ular insonning individual belgilarini aks ettirgan.
Insonning yuzini haykaltaroshlikda yoki rangtasvirda tasvirlash barcha davrlarda ham rassomlarni o`ziga jalb etgan. Portret janri ayniqsa Uyg`onish davrida gullab yashnadi.
17.Uyg`onish davri rassomlari portret obrazlarining mazmunini chuqurlashtiradi, ularni intellekt, qalb uyg`unligi va ko`pincha ichki dramatizm bilan tasvirlaydi.
XVII asrga kelib intim portretlari birinchi planga chiqadi.
O`sha davrning buyuk rassomlari- Rembrand, Van Reyn, F. Gals, Van Deyk, D.Velaskes oddiy insonlarni tasvirlab, ulardagi insonparvarlik va ko`ngil boyligini ko`rsata olishgan.
Rossiyada portret janri XVIII asr boshlaridan rivojlana boshladi. O`sha davr rassomlari F.Rokotov, D.Levitskiy, V.Borovikovskiylar buyuk insonlarning portretlarini yaratganlar. Ayniqsa ayol obrazlari juda maftunkor va go`zal, lirika bilan sug`orilgan.
Sayyor rassomlardan V.Perov, M.Kramskoy, I.Repin buyuk zamondoshlarining portretlarnini yaratishgan. Portretda tasvirlanayotgan odamlarning individual va tipik belgilari, ma'naviy-ruhiy olami ularning yuzi, holati va hatti-harakatlari orqali ochib berilgan.
XX asrda portret o`zida turli-tuman, qarama-qarshi tendentsiyalarni yorqin realistik, individual xarakteristika va modelning abstrakt, ekspressiv deformatsiyasini (P.Pikasso, A.Modilyani, E.A. Burdel, S.Konenkov, M.Nesterov, P.Korin Rossiyada) yaratadi.
Portretlar bizga faqat turli davrlarda yashab o`tgan insonlarni aks ettirib beribgina qolmay, balki rassomning tasvirlanayotgan insonga bo`lgan munosabatini va dunyoni qanday qabul qilganini ham aks ettiradi.
Portret janri O`zbekiston rangtasvirchilarining kuchli jixatlaridan biri hisoblanadi. O`zbekistonda kuchli realistik maktab tarkib topishi ajoyib portretnavis-rassomlar sulolasini vujudga keltirdi. Ular orasida A.Abdullayev, R.Ahmedov, R.Choriyev, T.Oganesov, V.Burmakin kabi portret ustalari jahonda keng tan olinganligi e'tirof etiladi. Mustaqillikning ijobiy ta'siri ularoq, san'atning turli yo`nalish va uslublarida erkin ijodga yo`l ochildi. Jumladan portret janrida ham. Buning natijasida portret zamonaviy badiiy jarayonida yetakchi bo`lib qoldi. Respublikamizning yetakchi badiiy oliygohi K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instito`tida aynan, realistik maktab asosida o`quv mashg`ulotlari olib boriladi. Bu esa rangtasvirning realistik janrida ijod etgan o`tmish ijodkorlarimizning boy merosini tan olinganligi, shuningdek, jahon san'ati ilg`or tajribasini chuqur o`rganishdan dalolat berib, bo`tun dunyoda avangard yo`nalish bilan bir qatorda, aynan, realistik yo`nalish rivojiga e'tibor bilan qaralganligini ko`p jihatdan namoyon etadi.
1990 yillarda o`zbek rangtasvirida portret janrining asoschisi, yetakchi portretnavis, akademik A.Abdullayev ham ijodiy faoliyatini davom ettirdi. Bo`tun umri davomida u iste'dodli va ma'naviy go`zal insonlarga hurmatini 18.saqlab qoldi. Musavvir mo`yqalamiga mansub har bir portret kishilarning chuqur ma'naviy dunyosini akslantiruvchi, rassom bilan portret kahramoni va portret bilan tamoshabin o`rtasidagi haqiqiy va ochiq munosabatni taqozo etuvchi manbadir. 1999 yilda A.Abdullayevning 1984 yilda yaratilgan mashhur avtoportretini turli davr va halqlarga mansub buyuk rassomlar avtoportretlari saqlanayotgan dunyoning yirik to`plami, Uffitsidagi (Italiya) kartina galeriyasiga berilishi O`zbekiston san'ati uchun olamshumul voqea bo`ldi. Yaqin davr (2001) da esa musavvir "Ofarin" respublika sovrinining "San'atga baxshida umr" nominatsiyasi bilan taqdirlandi.
Akademik R. Ahmedov o`z portretlarida epik kenglik va teranlikka erishadi. Uning qahramonlari oddiy insonlar, qishloq kishilari bo`lib, aynan, ularda musavvir donishmanlikni, ma'naviy poqlikni, yuksak ahloqiy qoidalarni gavdalantiradi. ("Jizzaxlik ayol", 1992; "Nigina" 1993).
Zamondoshlar obrazlari akademik R.Choriyevni ham qiziqtirgan va o`ziga jalb etgan. Ko`p sonli ijodiy safarlar natijasida, musavvirning butun boshli portretlar galereyasi vujudga keladi. Ular orasida "Boysunlik qariya", (1996), "Sayroblik go`zal" (1997) singari o`z halqining eng yaxshi ma'naviy-axloqiy fazilatlarini tarannum etuvchi murakkab kompozitsion yechimdagi portretlari sanab o`tiladi. Rangtasvirchi R. Choriyevning kuchli jihati shundaki, u doimo naturadan ishlaydi.
Ajoyib rangtasvirchi A.Ikromjonovning ilk ishlarida realistik asos kuchli ta'sir ko`rsatadi. Uning portretlari yuksak maxorat va diqqat bilan ishlanganligi, bo`yoqlarning fakturali qo`yilishi, naturani. Hatto fotosuratgacha tahlil etib chizilganligi, shuningdek, obrazning ruhiy to`laqonligi ("Malika portreti" (1993)) bilan ajralib turadi.
O`z ohanglari va mo`yqalamiga ishonch bilan yondasha olgan R.Xudayberganovning portretlari ham kishini befarq qoldirmaydi ("Xojar xola", 1999). Avvalgi ustalar uslubini qo`llagan holda musavvir hech qanday yordamchi vositalarsiz, to`q fonda portretlar yaratadi-ki, ular qahramon kiyofasini yanada mukammalroq chiqishida yetakchilik qiladi. Uning ajoyib badiiy asarlaridan biri "Navro`z 2001" ko`rgazmasida namoyish etilgan "Bastakor R.Abdullayev portreti"dir.
1990 yillarda portret janrida B.Jalolov faol ijod qildi. Shuni ta'kidlash joizki, realistik chizmalar yaratishda u mislsiz darajaga erishadiki, bu borada unga hech kim tenglasholmaydi. Oxirgi o`n yillikda yaratilgan "Saudiya Arabiston qiroli Araviy Fahd ibn Abdul Aziz" (1992), "Akademik S.Azimov portreti" (1998) va boshqa polotnolarni musavvirning o`zbek rangtasvirchilar orasida dunyo talablari darajasida yaratgan asarlari sirasiga qo`shish mumkin.
S.Rahmatov shunday rassomlar sirasiga kiradiki, uning ijodida portret asosiy o`rin egallaydi. Oxirgi o`n yilliklarda yaratgan eng yaxshi portretlari qatorida "Yunus Rajabiy portreti" (1993), "GFRning O`zbekistondagi elchisi G.Kun portreti" (1999) alohida ahamiyat kasb etadi.
Keyingi yillar ko`rgazmalarda O`zbekistonning mashhur rangtasvirchi rassomi V.Burmakin portretlari munosib joy oldi. Lekin, musavvirning avvalgi ishlariga qiyoslangan tarzda, 90-yillarda yaratgan portretlarini bir muncha sust ekanligi tanqidchilar tomonidan ta'kidlanadi.
Onalar va bolalar yili munosabati bilan tashkil etilgan "Qo`li guldir o`zbek ayolin" ko`rgazmasiga bir qator ayol portretchi rassomlar: A.Mamatova "Yulduz Usmonova portreti", Sh.Abdullayevaning "O`zbek madonnasi", M.Shuvayevaning "Lola" portreti, Z.Sharipovaning "Avtoportret"lari namoyish etildi.
V.Shevchenko O`zbekistonning chegara himoyachilari turkum - I.Ibrohimov, Sh.Rasulov, R.Shonazarovlar portretlarini yaratadi.
Portretchi rassomlar sonini ta'kidlab o`tganlar bilan chegaralab bo`lmaydi. Ular qatorida o`z matolarida zamondoshlarimiz obrazlarini muxrlangan Y.Tursunnazarov, B.Salomov, I.Baxromov, Ch.Bekmirov, M.Nuriddinov, O.Bakirov, B.Nazarov va boshqalarni sanab o`tish lozim.
Naturadagi rangtasvir jarayoni
Naturadagi rangda tasvirlash jarayoni o’z qonun qoidalariga ega. Ishning boshlanish qismida nimalar qilish ,o’rtasida qaysi masalalarni xal etish va oxirlab qolganda uni qanday yakunlash kerakligini bilish zarurdir.Rangtasvirda quydagi asosiy maslalarni xal etish zarur:
· Umumiy tus va rang xolatlari va natura bo’yoqlarning bir-birga yaqinligidagi tus va rang munosabatlarini topa bilish;
· Katta rang-tusli munosabatlar chegarasidagi ranh-tuslarning «cho’zilishi»,aloxida byumlarning xajmi shakilarining batafsil rangli qayta ishlanishi;
· Butun tasvirning umumiyligi, yaxlitligi xamda kompozitsiya markazini ko’rsata bilish. Bu masalalarning xar biri nima bilan yakunlanishi ketma-ketlikda ko’rib chiqamiz.
Tasvirlashning to’liq rangtasviri qurilishi, naturaning asosiy qisimlari oralig’idagi tus va ranglar munosabatining aniq va to’g’ri ko’rsatilishi bilan aniqlanadi.Natyumortda ular-fon,natura qo’yilmasida stol yuzasi va buyumlar xisoblanadi.Manzarada esa –osmon oralig’dagi yer yuzasi va daryodagi suv, oldingi,o’rta va orqa oraliqdagi ko’rinishlardir.Agarda bu asosiy rang-tuslar munosabati (farqlari) «etyud»da noto’g’ri tasvirlansa, manzaradagi obektlar yoki buyumlar shaklidagi rang tuslari, reflekslar va jism bo’laklari ustida xar qancha berilib ishlanmasin ,yuqori saviyali mukammal rangtasvirga erishib bo’lmaydi.Qalamtasvirni ishlashda xam taxliliy masla bajariladi: dastlab buyumning «konstruktiv»-ichki qurilishi, nisbatlari ,yaxlit umumiy shakl topiladi.Rassom shunday sharoitda also bu masaladan chekinmaydi, naturani umumiy va yaxlit ko’radi.H.H.Ge bejik rassomlarni ogoxlantirmaydi: «Natura»dagi bosh qismlarni belgilab,nisbatlarni tekshirish uchun darxol asosiy soya va yorug’likni umumiy sinchiklab o’rganib chiqing va har doim,har vaqt tasvirni boshidan oxirigacha umumlashtirgan holda chizing xamda mayda bo’laklarga oxista kirishing.Mana sizlarga chizishning siri».
Rangtasvirda xam,ish boshlashdan avval naturadagi umumiy rang munosabatlarini diqqat bilan o’rganib chiqish lozim. Shuning uchun bu masalaga 5-10 minut vaqt sarflab, naturaning umumiy rang munosabatlarini tushunish kerak: eng och va eng to’q (zich) dog’ qaerda, tusi va rang kuchi bo’yicha asosiy farqlar (to’yinganligi) qanday ekanligini topish kerak. Masalan, naturadagi sariq olmalar fondagi sariq mato bilan solishtirilsa, olmalar matodan ochroq ularning sariq tusi sariq matoga nisbatan yorqinroq (to’yingan)ko’rinadi. Rangning uch xil o’ziga xosligi bo’yicha natura qo’yilmasidagi buyumlarning asosiy rang xususiyatliligi mavjud.
Ob’yektdagi umumiyligni topilishi rasomni naturadagi ikkinchi darajali belgilar uning mayday bo’laklarga,kaloritli masalaga mustasno xolda e’tibor berishdan, umumiy tus va rang xolatini,asosiy tus va rang munosabatlarini patdo qilishdan chalg’itishga xarakat qiladi.Shunday qilib naturaning ranglar qonuniyatlarida xam, asosiga ershiladi, etyudning keyingi mayda detalli ishlariga poydevor yaratiladi.
Rang munosabatlarini eng avvalo och va intensiv ranglarni qidirishdan boshlash kerak,so’ng eng to’qini topib,qolganlarini esa shularga nisbatan aniqlash ma’qul. Keyingi tuslarga biroz to’qroq va biroz intensiv bo’lganlar va boshqalar kirasdi.Murakkab kulrang tuslar oxirida beriladi.
Dastlabki va yakunlovchi tuslarni har doim ham eng och va eng to‘q hamda to‘yingan qilib olinmaydi. Qo‘yilmadagi eng och joy har doim ham oq bo‘lavermaydi, eng to‘q joy esa qora bo‘lmaydi. Kuchli to‘yingan yorqin ranglar ham kamdan-kam uchraydi. Natyurmortdagi qizil pomidorni odatda yorqinligi bo‘yicha toza qirmizi rangda emas, balki uni 50% ga sustroq tusda berish ma’qul. Hattoki bahorgi o‘t - o‘lanlarni tasvirlashda juda ehtiyotkor bo‘lish lozim. Uning yorqinligini shunday kuchaytirib tasvirlash mumkinki, natijada u o‘zining tabiiy ko‘rinishidan boshqacha bo‘lib chiqib qoladi. Shuning uchun ishga kirishishdan avval umumiy tus va ranglar kuchini aniqlab olish kerak: munosabatlarni qanday bo‘yoqlar yig‘indisida bajarish – och yoki to‘q, yorqinlikning (to‘yinganlik) qanday chegarasida bo‘lishini ham aniqlash muhim. Qisqa qilib aytganda, naturaning umumiy tus va rang holatini bilish kerak.  Bunday holatni saqlab qolish uchun balki ranglar munosabatini chegaralangan bo‘yoqlarda tasvirlashga to‘g‘ri keladi. Ishni eng och, to‘q va yorqin tuslardan boshlaganda politradagi barcha ranglardan, shu bilan birga eng yorqin va keskin bo‘yoqlardan foydalanish shart emas.
Yorug‘-soya va rang munosabatlarini aniqlashda umumiydan hususiyga qarab borish lozim. Avvalo asosiy ob’ekt oralig’idagi tus farqlarini topish muhim : natyurmortda, masalan, stol yuzasi va fon oralig‘idagi ko‘za, choynak va ko‘zaga tushayotgan yorug‘lik va boshqalar. Manzarani tasvirlashda avvalo osmon va yerning alohida jismlarini bir-biriga va ularning yaxlitligida bo‘lgan rang munosabatlarida aniqlash kerak. Inson qomati tasviri yoki portret ham xuddi shu tariqa bajariladi.
Rassomlarning amaliy tajribasida shunday jumlalar mavjud : “katta yorug‘lik” , “katta soya” , “katta shakl” , “katta ranglar munosabati” . Bulardan maqsad natura ob’ektini yaxlit ko‘rish va ularni barqaror qilib tasvirlashdir.
Naturani yaxlit idrok etganda, yorug‘lik tikka ta’sir etayotgan joydagi narsalar yagona bir qismni tashkil etadi va undagi dog‘lar kuchliligi bo‘yicha soya qismdagiga teng kela olmaydi. Xuddi shularni shaxsiy va tushayotgan soyalarga moslash mumkin: ular tus bo‘yicha yarimsoya bilan yaxshi chiqishadi, yarimsoya esa tasvirning yorug‘lik qismlaridagi kuchga teng kela olmaydi. Soyadagi refleks yarimsoyadan och bo‘la olmaydi, ammo shaxsiy soyaning umumiy tusiga bo‘ysunadi. Ob’ektdagi ushbu katta shakllar yoki buyumlar guruhi tusi va rangining to‘g‘ri saqlanishi tasvirga yaxlitlik va yoritilishining to‘g‘ri bo‘lishiga turtki bo‘ladi.
Umumiy ranglar munosabati va navbatdagi ishning davomi naturaga hos koloritni hisobga olgan holda borishi kerak. Naturadan kam ishlagan, tajribasiz rassomlar u yoki bu natyurmort ranglavha etyudini , manzarani yoki portretni tasvirlayotganda har doim ham undagi yaxlitlik va bo‘yoqlar birligini muvaffaqiyatli bajara olishmaydi. Naturadan ishlash jarayonida har bir aniq holatda koloritni tushunib yetish, tusli va rangli holat xususiyatini ko‘rsata bilishlari zarur. Hamma gap natura bo‘yoqlaridagi umumiy tus, rang holati va kolorit birligini ko‘rish va tushunib yetishdadir.
Yirik plandagi tus munosabatlarini aniqlab olgandan so‘ng , yorug‘-soya qismlarini modellashtirishga ya’ni ,har bir buyumning yorug‘-soyasi, yarim soya , shaxsiy hamda tushayotgan soyalarini topgan holda xajmli shaklini rang-barang qilib tasvirlashga o‘tish mumkin. Shuni yodda tutish kerakki , buyumlarning ustki qismi ham rang-tusi bo‘yicha, ham yorug‘ligi bo‘yicha, ham to‘yinganligi bo‘yicha ham tushayotgan yorug‘lik nurining oraliq masofasiga, sinadi, burchagiga hamda atrofida o‘rab turgan buyumlarning reflekslariga va kontrast munosabatlariga bog‘liq holda o‘zgaradi. Yorug‘likka, yarim soyaga yoki soyaga yonma-yon turgan qandaydir ikkita yuza jismlaridagi narsalarda bir xil yoritilish sharoiti mavjud emas. Buyumni barcha qismini palitrada topilgan rang bilan unga och yoki to‘q rangni qo‘shib ishlash mumkin emas. Buyumning har bir bo‘lagi uchun yangi va yana yangi bo‘yoq qorishmalarini topish kerak. Odatda lokal (buyum) rangi yarim soyada sezilarliroq, chunki yarim soya yorug‘lik manbaining asosiy va aks etayotgan tomonlaridan ancha sust ta’sir etadi. Buyumning xajmli shaklini jozibadorligi va natura qo‘yilmasining yaxlitligini to‘g‘ri anglash uchun , issiq tuslar bilan yonma-yon aralash kontrast kuchida inson ko‘zi sovuq rangni ko‘radi. Bir rang boshqasiga qo‘shimcha bo‘lgan rangni his qiladi. Buning natijasida naturadagi sovuq ranglarga issiq ranglar hamisha yo‘ldoshdir. Agar biz buyumning sirtida zarg‘aldoq rangni ko‘rsak, yonida esa albatta havo rangni sezamiz.
Issiq va sovuq tuslar tasvir oghangdorligini oshiradi, naturadagi tabiiy ko‘rinishni naomyon etadi.
Buyumning katta shaklini modellashtirayotib, mayda bo‘laklarni chiza turib, shuni yodda tutish kerakki, katta shaklning ham yoritilgan, ham soyadagi yuzasida joylashgan ko‘plab kichik shakllarda aniqlanadigan tusni oshirib yubormaslik kerak. Yorug‘likda yoki soyada joylashgan mayda shakl tuslarining yaqinligini ilg‘ab olish uchun, ish jarayonida atrof - muhitga bog‘liq bo‘lmagan buyumlarga e’tibor berish shart emas. Aytib o‘tganimizdek, buyumlarni yaxlit ko‘rib, doimo ularni o‘zaro solishtirib turish zarur. Buyumning och qismini tasvirlay turib, qaysi nuqtada u yorug‘ligi va rangining eng quyuqligi va qaerda kuchliroq namoyon bo‘lishini, so‘ngra esa xajmli shaklning qolgan qismida topilgan tus bilan taqqoslab aniqlash kerak. Eslatib o‘tamiz, ranglarni uch xususiyat bo‘yicha taqqoslaymiz: yorug‘ligi, rang tusi va to‘yinganligi. Agar biror bir rang yorug‘ligi bo‘yicha to‘g‘ri topilib, boshqa xususiyatlari aniq bo‘lmasa,bu rangni to‘g‘ri deb bo‘lmaydi – munosabatlar rang tusi va to‘yinganligi bo‘yicha ham aniqlangan bo‘lishi kerak. Buyumlarni solishtirib , o‘xshashligini yoki ularning orasidagi farqlarini aniqlash shunday holatda yenggillashadiki, agar havo rang buyumni boshqa bir tusi o‘zgacharoq buyum bilan solishtirsak. Bunday taqqoslash bizni sinchiklab qarashimizni charxlaydi hamda ulardagi rang tusini aniq ko‘rishga ko‘mak beradi.
Buyumlarni ranggi bo‘yicha taqqoslashda yana bir holatni hisobga olish zarur. Ketma-ketlikdagni rang kontrasti tufayli , kulrangning nozik tusi uni nima bilan qiyoslashimizga bog‘liq bo‘lib, goh issiq, goh sovuq bo‘lgan holda tuyuladi. Agar kulrangni qizil rang bilan solishtirsak, u sovuq tusda, havo rang bilan taqqoslasak, issiq tusda ko‘rinadi. Shu sababli buyumning nozik tusini aniqlashda xolis rangni xolis bilan, issiqni issiq bilan, sovuqni sovuq bilan, och rangni och bilan, to‘q rangni to‘q bilan o‘zaro solishtirish kerak.
Tasvirlanayotgan buyumlarni nafaqat asosiy yuqorida qayd etilgan rangning uchta xususiyati bo‘yicha , balki tashqi ko‘rinishining aniqligi bo‘yicha ham taqqoslash zarur. Tasvirlanayotgan buyumlarning chegarasi hamma joyda ham bir xil aniq ko‘rinmaydi. Bir xil joyda buyumning silueti yaxshi ko‘rinadi, boshqa joyda esa fon bilan birikib ketadi. Buyumdan tushayotgan soyalar chegarasi ham barcha yerda bir xil ko‘rinmaydi. Ish jarayonida doimo munosabatlar bilan fikrlash kerak: matoda tasvirlanayotgan bir necha buyumlarni naturadagi xuddi shu guruh buyumlari bilan qiyoslab borish maqsadga muvofiq. Faraz qilamiz, birinchi ko‘rinishdagi buyumlar guruhining ranglari ikkinchi ko‘rinishdagi buyumlar ranggiga nisbatan juda ham yorqin va to‘q tusdadir. Ularning naturadagi bu farqlarini sezgach, palitrada ranglarni alohida bitta , bitta emas, balki birdaniga bir necha rangni munosabatlarda tanlash zarurdir.
Havaskor rassom manzara lavhani tasvirlayotganda old ko‘rinishidan boshlashi ma’qul.  Agar rang qatlamlarini orqa ko‘rinishdan qo‘ya boshlasa, uning rang va tus kuchlarini oshirib yuborib, birinchi ko‘rinishni bo‘rttirib ko‘rsatishga bo‘yoqlarning kuchi yetmaydi.
Matoning to‘liq yuzasi bo‘yoqlar bilan butkul qoplanib, munosabatlar to‘g‘ri olinmaguncha haqiqiy jarangdor bo‘yoqlarni, yorug‘lik kuchini va tasvirlanayotgan buyumlar moddiyligini his qilib bo‘lmaydi. Palitradagi yorqin bo‘yoq - hali matodagi yorqin tus emas. Buyumlarning yoritilishi va materialligi munosabtalarning to‘g‘ri olinishiga bog‘liq , aks holda yon tarafdagi tuslar to‘g‘ri topilmasa, qaysidir bir rangning jarangdorligiga erishib bo‘lmaydi.
Rangtasvir ishlash jarayonida ranglar munosabatini to‘g‘ri aniqlash bilan birga, shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, biz faqat oddiy rang dog‘lari bilan emas, balki aniq bir shakl ustida ham ish olib borayapmiz. Ranglar munosabatini izlashdan maqsad, to‘g‘ri topilgan rang tuslari bilan naturani , uning xajmli shaklini to‘g‘ri topish demakdir. Agar rang buyumning fazoviy joylashuvi, materialligi va aniq shaklini ifoda etmas ekan, u tasvirda o‘z ma’nosini yo‘qotadi. Och va to‘q, rangli va rangsiz bo‘yoq surtmalari ma’lum bir buyum shakliga va ob’ektga tegishli bo‘lsagina, materiallik, ranglar uyg‘unligi va koloritni yaratadi.
Manzaraning fazoviy kengligini masalan, faqat havo perespektivasi tufayli ranglar o‘zgarishini ko‘rsatib beruvchi rangli dog‘lar emas, balki yer yuzasida joylashgan narsalar va ob’ektlar : daraxtlar, qurilishlar, to‘g‘ri to‘rtburchakli va notekis maydonlarni o‘lchamlari va chiziqlar aniqligi ranglarda o‘zgarib, manzaraning fazoviy uzoqlashishini yaratadi. Tog‘larni, masalan, ikkinchi va olis ko‘rinishda umumiy rang dog‘larida ifoda etish mumkin emas. Rang bilan ularning rel’efini va o‘simliklar tuzilishini tasvirlash kerak.
Ishning yakunida natyurmort, manzara yoki portretning u yoki bu joylari kerakli yorqinlikni olmay qolgan bo‘lishi mumkin yoki aksincha, haddan tashqari tusi va ranggi bo‘yicha kuchli, umumiy rang tusidan “ajralib” ko‘rinishi mumkin. Yoritilgan joylar tusi bo‘yicha o‘ta keskin bo‘lib, qog‘oz yoki mato yuzasidan “chiqib” ketishi mumkin. Ba’zan soyali joylar sezilarli mayda detallarga ega bo‘lib, maydalashib ko‘rinadi. Bu holatlarning hammasidan ham umumlashtirish masalasi hal etiladi: mayda bo‘laklarning keskin chegaralari mayinlashtiriladi, buyumlarning rangdorligi kuchaytiriladi yoki xiralashtiriladi, keskin tuslar ochlashtiriladi yoki to‘qlashtiriladi.
Umumlashtirish bosqichida naturaga yaxlitligicha qarash, hamma narsani birdaniga ko‘rish ya’ni “tikilib qarash” kerak. Buyumlar guruhining barchasi tarqoq bo‘lib tuyuladi, ammo shu paytda tus munosabatlarini , natura yaxlitligini tezroq tushunish mumkin. Navbatma-navbat naturaga ham , etyudga ham yaxlit qarash kerak, shunda qayerda qanday xatoga yo‘l qo‘yilganligini ilg‘ab olish mumkin. Butunligicha, yaxlitligicha ko‘ra olish qobiliyati, ishni umumiydan xususiyga qarab va undan yana umumlashtirishga tomon boriladi. Ish jarayonida yaxlit ko‘rish – rangtasvirda ishlash mahoratining asosidir. Faqatgina shu malakaga ega bo‘lgan rassom , naturani obrazli ko‘ripnishini to‘g‘ri ifoda etishi, undagi asosiy va har bir bo‘lakning o‘z o‘rnini topishini, ishning yakuniy darajasini hamda kompozitsiyaviy markazga bo‘ysundirishni samarali bajara oladi.
Tasvirdagi qismlar yig‘indisi yaxlitga teng emas, chunki yaxlitlik – bu qismlar yig‘indisiga birlik, shu qismlarning bir-biriga bo‘ysunganligi va jamlanganligi hisoblanadi. Akademik Ye.A.Kibrik tasvirlashning yaxlitligi haqida shunday yozgan : “Yaxlitlik qonuniga bo‘ysunmasdan turib, naturadan na qalamda, na rangda tasvirlash mumkin emas. Shakl ham, rang ham o‘z-o‘zidan mavjud bo‘lmaydi, faqat yaxlitlik qismi kabi yaxlitlikka nisbatan bo‘ladi”.
Shu o’rinda har bir bo’lajak rassom yoki tasviriy san’atni o‘rganuvchi tasvirlash jarayonini narsani o‘ziga qarab chizishdan boshlashi, bundan ko‘proq foydalanishi lozimligi hamda ushbu usul tasavvur qilish qobiliyatini o‘stirishda samarali natijalarga olib kelishi haqida alohida to‘xtalib o‘tmoqchimiz.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, rangtasvir va rangn texnologiyalarini o‘zlashtirishda biz avvalo kuzatuvchan va rangni xis qila oladigan darajaga erishish uchun xarakat qilishimiz zarur bo‘ladi.
Ma’lumki tasviriy San’atning barcha turlarida rang muhim rol uynaydi. Rang gammasi deganda tasvirlarni ishlash jarayonida qo‘llanadigan tus va ranglarning o‘zaro muvofiq kelishini tushinamiz. Bu xolatni quyidagi jonli misol bilan izoxlasak o‘rinlidir, masalan, musiqa san’atidagi ovozlar malum notalar yordamida belgilanadi va foydalaniladi. Ular o‘z xolicha aloxida-aloxida bir-biri bilan uyg‘unlashtirilmay chalinsa manosiz uzuq-yuluq ovozlardan iborat bo‘lib qoladi. Agar ma’lum bandlikda va tartibda uyg‘unlashtirib chalinsa, yoqimli bo‘lib eshitiladi .
Ma’noli tasavvurlar zavq berish qudratiga ega bo‘ladi. Ularning sifati ovozlari o‘rtasidagi vaqt masofasi , ovozlar yo‘g‘on-ingichkaligiga ham bog‘liq. Rangtasvirda ishlash jarayonida xam xuddi keltirgan misolimiz kabidir, ya’ni har bir rang va tusning o‘z yorqinligi va to‘q - ochligi mavjud . Ularni nechog‘lik bir-biriga mosini topib, o‘zaro muvofiq tarzda qo‘llasak shunchalik tasvir sifatida aksini beradi, ma’no tashish quvvatiga ega bo‘ladi. Agar bo‘yoqlarni tasvir ob’ektiga zid holda birini juda yorqin, boshqasini nursiz qilib o‘zaro bog‘liqligiga moslamay ishlatsak, rangtasvir ma’nosiz va ta’sirsiz chiqib qoladi. Ranglarning yorqinlik kuchi va to‘q-ochligi xuddi tabiatdagidek qilib olish va tasvirlashda qo‘llash juda qiyin. Shu sababdan ham ular ochroq yoki to‘qroq gammalarda tasvir obektlariga mos tarzda, ma’lum nisbatlarda qilib olinadi . Mo‘ljaldagi olingan gammaga moslab tasvirning eng to‘q va eng och qismlari darajasi belgilab olinadi . Shunda ishlangan tasvirlar yaxlitlik , qiziqarlilik kasb etadi, ta’sirchan chiqadi.
Har bir narsa va xodisa tasvir etilar ekan , uni xuddi aslidagidek qilib aks ettirish mumkin emas. Buni ko‘pchilik san’at nazariyotchilari va rassomlar , amaliyotchilar doimo ta’kidlab keladilar. Zero, tabiatni tasvirlash undan olingan tasavvurning qay darajadaligiga bog‘liq, muhimi tabiat ko‘rinishi realligi tasavvurini obrazli tarzda ifoda etsa ishonarli bo‘lsa shuning o‘zi kifoya, o‘zbek rassomlari ichida ham rangga juda etiborli munosabatda bo‘ladigan, uning go‘zal uyg‘unligini ifodalab bera oladiganlari ko‘p. Bunday usta, maxorat egalari mo‘yqalam soxiblaridan M.Nabiev, R Axmedov, R.Choriev, B.Burmakin, B.Boboev, J.Umarbekov, A.Mirzaev, A.Ikromjonov, M.Toshmurodov, A.Nuriddinov, A,Qozoqov. va boshqalarning nomlarini misol qilib keltirishimiz mumkin. Ularning ko‘plab ajoyib asarlari fikrimizni tasdiqlab turibdi.
Biz ham kelajakda ta’lim olish jarayonida va undan keyingi amaliy faoliyatimiz davrida ham o‘z ustimizda ishlab tasviriy san’atni o‘quvchilarga yetarli darajada o‘qita oladigan, shu soxa bo‘yicha bilimlarni aniq yetkazi bera oladigan pedagog bo‘lish uchun doimo intilib , harakat qilib boramiz.
Adabiyotlar:
1. X. Egamov «Bo`yoqlar bilan ishlash» T-1987 y.
2. Ensiklopediya xudojnika. Izdatelstvo «Vneshsigma» 2000 g.
3. «Shkola izobrazitelnogo iskusstva» Izd «Izobrazitelnoe iskusstvo», 1989 g.
4. Risunok.Jivopis.Kompozitsiya.(Xrestomatiya) Moskva."Prosveщenie"1989
5 S.ABDIRASILOV, N.TOLIPOV,N.ORIPOV «RANGTASVIR»
(O’quv –meto’dik qo’llanma) Toshkent -2003y
Download 47.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling