Rangtasvir texnikasi va ashyolar texnologiyasi
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
rangtasvir texnikasi
QORA BO'YOQLAR
Uzum qora bo'yog'i Kimyoviy tarkibiga ko'ra yog'och ko'miri bilan kul qo'shil- masiga o'xshashligi bor. Havosizlik sharoitida yosh tok nav- dalari va uzum urug'ini kuydirish natijasida pistako'mirga ay- lanadi, bu — pigmentdagi kul miqdorining ko'payishiga olib keladi. Uzumdan olingan qora bo'yoqqa oq aralashganda sovuq tusga kiradi, bu xususiyati bilan shaftoli qoraga yon beradi. Qora bo'yoq oq bo'yoq bilan qorishganda ko'kish tusga ega bo'ladi. Xarakterli xususiyati: a) bo'yoq kuydirilgan suyak bilan gaz kuyindisi oralig'idagi joyni egallaydi; b) katta berkituvchan- likka ega; d) boshqa bo'yoqlar bilan qorishganda kuydirilgan suyak — qora bo'yoqqa o'xshashligi bor. Uzum qora bo'yog'i yorug'ga chidamli, yorug' ta'sirida dastlabki rangi o'zgarmaydi. Bo'yoq oltingugurt vodorod va oltingugurtli gazlar ta'sirida dastlabki rangini yo'qotmaydi. Bu bo'yoq qadimdan ma'- lum. Shaftoli qora bo'yog'i Pigment havo kiritilmagan holda, shaftoli, o'rik danakla- rini qizdirib kuydirish natijasida tayyorlanadi. Kimyoviy tarkibi: amorfli ko'mir, uncha ahamiyatsiz miqdorda kul mavjud. Shaffofli qora bo'yoq tim qora rang, ko'kish tusda, oq rang bilan aralashganda uzum qorasiga nisbatan u yana ham sovuq tusda bo'ladi. 48
Shaftoli qora bo'yog'ining xarakterli xususiyati: a) u kuygan suyak qorasi va gaz kuyindisi oralig'idan o'rin olgan; b) boshqa bo'yoqlar bilan qorishilganda kuygan qoraga o'xshaydi; d) katta berkituvchanlikka ega. Bu bo'yoq yorug'ga o'ta chi- damli. Shaftoli qora bo'yog'iga oltingugurt vodorod va oltingugurtli gazning ta'siri o'tmaydi. Bu bo'yoq qadimdan ma'lum. Gaz kuyindisi Gaz kuyindisining asosiy tarkibi uglevodorod (88,0— 99,0%), qolgan qism—mahsulot kuyishi natijasida paydo bo'lgan kul. Bu bo'yoqning xomashyosi tabiiy gaz hisoblanadi, katta qismini metall tashkil qiladi. Gaz kuyindisi to'yingan qora bo'yoq, oq bilan aralashgan- da — sovuq tusda. Oq bilan qorishilganda farq qiluvchi in- tensivlikka ega.
qatlam ichidan yaqin qatlamga o'tib, ko'rinib qola- di, to'qroq tus beradi yoki ifloslantiradi; b) yuqoridagi holatni e'tiborga olgan holda qo'llashni o'ylab ko'rish lo- zim. Gaz kuyindisining yorug'likka chidamliligi yuqori. Oltingugurt vodorod va oltingugurtli gaz ta'sirida o'zgarmaydi. Bu bo'yoq qadimdan ma'lum. Boshqa bo'yoqlar bilan qo'shilganda kutilmagan holat kelib chiqadi: a) qo'rg'oshinli oq bo'yoq bilan qorishilganda ocharadi; b) boshqa bo'yoqlarga ozroq qo'shib ishlatganda qorayadi va koloritni to'qroq tusga kiritadi.
Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling