Rangtasvir texnikasi va ashyolar texnologiyasi
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
rangtasvir texnikasi
ISBN 978-9943-00-198-5
© «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2007-y.
3
KIRISH Rangtasvir texnikasi va ashyolar texnologiyasi fanining aso- siy bilimlarini egallashda, kelajakda yetuk mutaxassis bo'lib yetishishda, kasb mutaxassisligiga doir nozik sir-asrorlarni bilib olishda hamda rangtasvirning texnik va texnologik jarayonini mukammal tushunib yetish, materiallarning o'ziga xos xusu- siyatlarini aniqlab, uni amalda qo'llash, ushbu fanni o'zlashti- rishda qo'llanayotgan materiallarni o'z o'rnida ishlata bilish va qay darajada ahamiyatliligini anglash, asar yaratilishi jarayonida bunga e'tibor berish hamda o'z o'rnida chora- tadbirini topish va ijro etish mutaxassisning asosiy maqsadi hisoblanadi. Asarning uzoq muddat saqlanishi, tashqi muhit injiqlikla- riga va turli o'zgarishlarga chidamliligi va bu holatlarni aniqlab oldini olishda ushbu fanning o'rni va ahamiyati beqiyosdir. Rangtasvir asarlarining yaratilishida qadimdan qo'llanilgan bo'yoqlar tarkibiga moddalar, ya'ni pigmentlar, yelimlar, moylar, loklar, mo'yqalamlar, tag asoslar, ularning yuzasiga berilgan gruntlar kiradi. Soha egasi bo'lishda hozirgi kunga qadar takomillashib, yangilanib borayotgan barcha yangi zamonaviy materiallar, ularning qo'llanishi, shular qatorida boshqa materiallar: qog'ozlar, qalamlar, akvarel, guash, tempera, sangina, pastel va boshqa shu kabilar texnik va texnologik jarayon bilimini o'zlashtirishni taqozo etadi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling