Rangtasvir texnikasi va ashyolar texnologiyasi
MOYLARNI TOZALASH, OQARTIRISH VA QUYULTIRISH
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
rangtasvir texnikasi
MOYLARNI TOZALASH, OQARTIRISH VA QUYULTIRISH
YO'LLARI 1. Zig'ir moyini oqartirish uchun bahor va yoz oylari qulay, chunki quyosh nurining faolligi shu oylarga to'g'ri ke- ladi.
Moy nomi Yod miqdori Zig'ir moyi 170—200 Tung moyi 150—176 Kanop moyi 160—175 Kungaboqar moyi 119—144 Soyali moy 138—144 Ko'knori moyi 131 — 143 Makkajo'xori moyi 111 — 131 Paxta moyi 101—116 Kanakunjut moyi (kastorka) 82—88
51
Zig'ir moyini keng shisha idishga solib, serquyosh joyda uzoq saqlanadi (1—2 yil), changdan asrash uchun shisha idish ustiga marli tashlab qo'yiladi, natijada moy quyuqlashadi, uni rangtasvirda qo'llanganda skipidar bilan suyultiriladi. 2. Moyning ishlovini tezlashtirish uchun, likopchaga tax- minan 1 sm moy quyib, usti shisha bo'lagi bilan yopiladi. U quyosh nurida toblanib, 15—20 kundan keyin quyuladi va oqaradi. 3. Zig'ir moyiga nomakop suvda ishlov beriladi. Buning uchun tagida jo'mragi bor shisha idish kerak bo'ladi. Idishga 1/3 hajmda moy quyiladi va ikki barobar ko'p 5% li osh tuzi eritmasi quyib, yaxshilab aralashtiriladi va quyoshda tob- lanadi. Quyosh nuri ta'sirida moy quyuqlashadi, tuz esa moyda bor bo'lgan oqsil moddasini o'rab olib, idish ostiga cho'ktiradi. Yil davomida tuz eritma 3—5 marta almashtiriladi. Ishlov berib bo'lgandan so'ng jo'mrakni ochib, suv to'kib tashlanadi. Moy 200°C haroratda 10 daqiqa qizdiriladi, qol- diq suv bug'lanib ketadi, moydagi mavjud bo'yovchi modda- lar ta'minlanadi.
Sikkativlar deb maxsus preparatlarga aytiladi, ularning vazifasi yog'li moylarning qurish jarayonini tezlashtiradi. Bular — qo'rg'oshin, kobalt, margumush va rux qo'shil- malari. Sikkativning barcha turlari bo'yoqlarning qorayishiga olib keladi. Moyning po'st qatlami o'zining egiluvchanligini yo'qo- tadi va rangtasvir tez qorayib eskiradi. Shuning uchun u bo'yoqlarga zarurat tug'ilgandagina oz miqdorda, shunda ham faqat sekin quriydigan bo'yoqlarga (qoralar, kraplak, asfalt va shu kabi bo'yoqlarga) qo'shiladi.
Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling