Rangtasvir texnikasi va ashyolar texnologiyasi
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
rangtasvir texnikasi
TEMIR OKSIDLI BO'YOQLAR
Sariq mars Bo'yoq pigmentining ko'rsatkichi — temir gidrat oksidi. Unga gidrometit minerali va organik moddalar kiritilishi natijasida pastasimon quyuq bo'yalmalarga jigarrang tus be- radi. 42
Mars bo'yoq to'q sariq rangda, korpusli qatlamlarda gid- rogematit borligi sababli jigarrang tusga kiradi. Sariq mars pigmentini 200—250°C haroratda qizdirilsa, toblanib, to'q qizg'ish-sariq tusga kiradi. Haroratni 400°C ga ko'targanda mars qizil uchun pigment olinadi. Sariq marsning xarakterli xususiyati: a) bu bo'yoq tez quriydi, lessirovkali; b) oq bo'yoq qo'shib surtilganda to'yinganli- gini yo'qotmaydi; d) uzoq muddat quyosh ta'sirida bo'lsa, loyqalanishga moyil.
Bo'yoq pigmenti o'zida ahamiyatsiz miqdorda marganes qo'shilgan temir gidrooksidi va oksidni ifodalaydi. Bu bo'yoq to'q jigarrang, pastasimon surtilganida kuchli toza tusliligi bilan farq qiladi. Oq rang bilan aralashtirilganda asos qilib olingan bo'yoq bilan bir gammada qoladi. Pigment tarkibidagi margumush unga iliq tus beradi va jigarrang tusning kuchliligini kamayti- radi. Bu bo'yoqning xarakterli xususiyati: a) u tez quruvchan; b) bo'yoq surtilganda fakturasi birdek bo'lib qoladi. Qizg'ish sariq mars Bo'yoq pigmentini ifodalovchi ko'rsatkichi temir oksidi va gidroksid qorishmasi. Korpusli qatlamda bu bo'yoq qizil jigarrang, lessirovkali- gida qizil-qizg'ish sariq bo'ladi. Qizg'ish sariq mars kuygan siyenani eslatadi, korpusli qatlamda undan kuchli shaffofliligi bilan farq qiladi. Qizg'ish sariq marsning o'ziga xos xarakterli xususiyati: a) bo'yoq o'z egiluvchan pasta ko'rinishiga ega va matoga yengil surkaladi; b) bo'yoqda mo'yqalam bo'yalmasi yaxshi olinadi; d) mo'yqalam bo'yalmasi bo'yoqda yaxshi qo'yi- ladi.
43
Bo'yoq pigmentini ifodalovchi ko'rsatkichi — temir oksidi, uncha ahamiyatsiz qo'shilma — oltingugurt oksidli alumi- niy. Pigment temir kuporosini qizdirib, toblash usuli bilan olinadi. Ingliz qizil pigmenti — qizil-jigarrang rangda, intensivligi yuqori. Pigmentga oltingugurt ammoniy qo'shish natijasida bo'yoq ranglari toza nozik tusga ega bo'ladi. Ingliz qizilining o'ziga xos xarakterli xususiyati: a) u yuqori bo'yovchi va yopishlik xususiyatiga ega; b) ingliz qizil pigmen- tining to'q navlarini ilgari venetsian yoki pompey qizili pigmenti deb atashgan, u ingliz qizil pigmenti va qizil oxra ora- lig'idan joy olgan. Temir oksidi va osh tuzi bilan kuydiril- ganda to'q qizil, nozik binafsha tusli pigment olingan. Bunaqa pigmentdan tayyorlangan bo'yoqqa koput-mortum deb nom berilgan, oq bo'yoq bilan qorishilganda binafsha tusli bo'yoqlar gammasi olingan. Och tusli va oltinsimon oxra Bo'yoq pigmenti muayyan miqdorda tuproq aralashmali temir oksidining tabiiy kristall gidratini ifodalaydi. Och tusli ox- rada 12% dan 25% gacha temir oksidi gidrati, oltinsimon ox- rada uning miqdori 70—75% bo'lishi mumkin. Oqish oxra sariq rangga ega sovuq tusda, rangliligi kuchsiz to'yingan. Bu bo'yoq yorqin va intensiv emas. Oltinsimon oxra tuproq rangli tusi va yana iliqroq bo'lgani uchun oqish oxra- dan ajralib turadi. Bu bo'yoqlarning o'ziga xos xususiyati: a) korpusli bo'yoq qatlamda och rang va oltinsimon oxra sekin quriydigan bo'lgani uchun bo'yoq qatlamining bor chuqurligi bo'yicha bir turli rangini o'zgartirib yuborishi mumkin; b) temir predmetlar bilan aloqada bo'lganda, masalan, mastixin bilan ishlaganda (bo'yoqni qorishtirish yoki quyish vaqtida), yashilsimon tus olish ehtimoli bor. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling