Rangtasvir texnikasi va ashyolar texnologiyasi
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
rangtasvir texnikasi
OQ BO'YOQLAR
Qo 'rg 'osh in b elilasi Qo'rg'oshin belilasi — qo'rg'oshin korbonati asosida tayyorlanadi. Qo'rg'oshin belilalariga yong'oq va zig'ir moy aralashmasi bog'lovchi bo'lib xizmat qiladi. Qo'rg'oshinli belilaning oqligi ruxli belilaga qaraganda, nisbatan kamroq, bu unga iliqroq oqlik beradi. Qo'rg'oshinli belilaning xarakterli xususiyati a: ruxli belilaga nisbatan pastasimonligi yaxshi, rux belilaga nisbatan tez quriydi, sikkativ xususiyatiga ega, boshqa bo'yoqlarning qurishini tezlashtiradi, yuqori bekituvchanlik va yopishqoqlikka ega, toksik bo'yoqlar qatorida turadi. Yorug'ga chidamli, oltingugurt vodorodi gazi ta'sirida qorayadi. Bu bo'yoq juda ham qadimiy hisoblanadi.
Kelib chiqishi — rux oksidi. Bog'lovchisi yong'oq va zig'ir moyi aralashmasi. Oqligi qo'rg'oshin belilaga qaraganda nisbatan sovuqroq. Xarakterli tomoni — nisbatan sekin quriydi, o'rtacha bekituvchanlikka ega. Bo'yoq qorishmalarni mustahkam- laydi. Yorug'lik ta'sirida o'zining oqligini yo'qotmaydi, qorong'i- da sarg'ayadi, yorug'lik ta'sirida rangi yana tiklanadi.
35
Oltingugurt gazi ta'sirida oqligi o'zgarmaydi. Titan belilasi Titanning qo'sh oksidi.
Inert material, suvda erimaydi, bekituvchanligi boshqa beliladan ustun, oltingugurt vodorodga turg'un, uni boshqa ranglar bilan qo'shib ishlatish mumkin. Zig'ir moyi bilan aralashganda qurishi qiyin. Moy bo'yoq sifatida ko'proq sarg'ayadi. Uni ko'proq suvli bo'yoq (guash) larda va xalq xo'jaligida ishlatiladi. Bariy belilasi Bariy belilasi, blanfiks, oltingugurt oksidli barit. Bariy belilasi atmosfera ta'siriga chidamli, uni ko'proq guash pastelda ishlatiladi. Moybo'yoqlarga 10% bariy belilasi qo'shish bilan berkituvchiligi kamaymagan holda bo'yoq egiluvchanligining turg'unligi ko'payadi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling