Rangtasvir texnikasi va ashyolar texnologiyasi
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
rangtasvir texnikasi
KRAPLAKLAR
Qizil kraplak (№1 va №2), pushti kraplak va oltinsimon-sariq «JX» Kraplaklar va oltinsimon-sariq «JX» larning kelib chiqishi sintetik bo'yoqlardir. Kraplaklar antroxinon pigmentlaridan tayyorlanadi. Kelib
41
chiqishi — kompleks intensiv bo'yalgan qo'shilmalar. Oltinsimon-sariq «JX» sariq niliy pigmentdan tayyorlanadi. Kraplaklar rangi
turlicha bo'lishi mumkin, tuzilmalar qo'llanilayotgan qo'shilma tarkibiga bog'liq (oksiantraxinonga va cho'kindilarga). Rangtasvirda qo'llanilayotgan kraplaklar- ning rangi pushti qizildan to pushti-binafshagacha bo'ladi. Kraplak 1868-yil kashf etilgan. Oltinsimon-sariq «JX» hind sarig'ining o'rnini bosuvchi bo'yoq hisoblanadi va undan o'zining iliq tusi bilan farq qiladi. Kraplaklarning o'ziga xos xususiyatlari quyidagicha: a) bu kuchli lessirovkali bo'yoqlar katta berkituvchanlikka ega; b) kraplaklar sekin quriydigan bo'yoqlar sirasiga kiradi; d) kraplak- larga lok yoki zichlangan moy kiritilsa, bo'yoqlarning yorqin- ligini yana ham ko'paytiradi; e) oltinsimon-sariq «JX» boshqa bo'yoqlar bilan qorishilganda, ularning qurishi sekinlashadi. Quyuq qatlamlarda yorilishlarga moyil, ayniqsa, kuydirilgan suyak qora bo'yog'i va tabiiy umbra bilan qo'shilganda. Bo'yoq yupqa qatlam berish uchun chiqariladi. Kraplaklar va oltinsimon-sariq «JX»ning yorug'likka tur- g'unligi past.
Oltingugurt vodorod va oltingugurtli gazlar ta'sirida ularning rangi o'zgarmaydi. Organik bog'lanishlardan tarkib topgan bo'yoqlarning noxush aralashmasi Oltinsimon-sariq «JX» va kraplaklarni ultramarin bilan, kobaltlilar, xromlilar, margumushlilar va qo'rg'oshinli belila bilan aralashtirish mumkin emas. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling