Rao‘ (sap) raqam analog o‘zgartkichlari elementlarini o‘rganish


Download 442.67 Kb.
Sana14.05.2023
Hajmi442.67 Kb.
#1461058

Mavzu; RAO‘ (SAP) - raqam analog o‘zgartkichlari elementlarini o‘rganish.



Raqamli - analog o‘zgartirgnchlar.Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishini avtomatlashtirishda, oxirgi vaqtda zamon talabiga javob beradigan raqamli uskunalar keng qo‘llanilmoqda. Ushbu uskunalarda raqamli hadni analog signaliga yoki aksincha analog signalini raqamli kodga o‘zgartirish vazifasini RAO’ va ARO’ lar bajarishadi. Raqam-analog o‘zgartkichlari raqamli kod ko‘rinishdagi signalni unga proporsional bo‘lgan tok yoki kuchlanishga aylantirishda hizmat qiladi. Ular teleo‘lchash tizimlaridagi raqam ko‘rinishidagi ahbarotni analog signalga o‘zgartirib ushbu signalni mahsus asboblarga uzatadi, yoki raqamli EHM lar va analog elementlar orasida aloqani amalga oshiradi. RAO’ larning ish prinsipi kirish raqam razryadlariga proporsional bo‘lgan analog signallarni qo‘shishga asoslangan.
Raqamli –analog o‘zgartirgichlar kodli sonlarda taqdim etilgan kirish kattaliklarini ularga mos vaqt bo‘yicha uzluksiz o‘zgarayotgan (analog) kattaliklarga avtomatik o‘zgartirishga mo‘ljallangan. Boshqacha aytganda RAO‘ analog-raqamli o‘zgartirgichga teskari o‘zgartirshni amlga oshiradi. ARO‘ da fizik chiqish kattaliklarini ko‘pincha elektr kuchlanishi va toki, vaqt intervallari va burchak siljishlar v.b bo‘lishi mumkin. EHM yoki mikroprotsessorli avtomatika sistemalarida raqamli signalni ishlashga (o‘zgartirish yoki uzatish) qulayroq. Lekin inson (operator)ga analog signallarni kabul qilish va odatiy hol va qulayroqdir. Demak ARO‘ yordamida ma’lumotlar EHMga kiritiladi, a RAO‘ yordamida ma’lumotlar EHMdan boshqariladigan obyektga ta’sir qilish uchun va inson qabul qilishi uchun olinadi.
RAO‘lar sxemalarida bir necha razryadlardan tashkil topgan 2 soni darajasi summasi ko‘rinishida ikkilamsi sonlar qo‘llaniladi. Har bir razryad razryad nomeri birga kamaygan darajada ikki ga praporsional analog signalga o‘zgartiriladi.2-rasmda RAO‘ ni oddiy sxemasi ko‘rsatilgan. Agar bu razryadda “1” yozilgan bo‘lsa kalit berk, agar “0” bo‘lsa ochiq.

2 - rasm. Rezistiv matritsa asosidagi raqamli-analog o‘zgartirigich
Har bir razryad bo‘yicha o‘zgartirilayotgan ikkilamchi son uzatish koeffitsiyenti teng
RAO‘ chiqish kuchlanish yigindilar bilan aniqlanadi:

bundaX shu razryadda yozilgan ikkilamchi son “1” yoki “0” qiymatini qabul qiladi.
Shunday qilib, to‘rt razryadli ikkilamchi son kuchlanish Uchiq ga o‘zgarib 16 mumkin bo‘lgan qiymatlarni 0 dan 15 Ukv kabul qiladi. Ukv - kvantlash qadami. Kvantlashda xatolikni kamaytirish uchun RAO‘ ikkilamchi razryadlari sonini ko‘paytirish kerak.

3- rasm. rezistiv R-2R bazasidagi raqamli analog o‘zgartirgich.
Sxemada har bir razryad koeffitsiyentlari rezistorlar matritsalari yordamida tayanch kuchlanish bilan ketma-ket bo‘linib beriladi.
Sxemada chiqish kuchlanishi ko‘yidagiga teng





4 - rasm. RAO‘ shartli belgisi
RAO’ da analog chiqish signali U chiq kirish raqam signali bilan quyidagicha bog‘langan.

bu yerda: UETA etalon kuchlanish
S-ma’lum mikdordaga ikkilamchi zaryad

Bu yerda a1 a2 an-1 yoki 0 qabul qiluvchi ikkilamchi razryadlarni koeffitsiyentlari, n — ikkilamchi razryadlarning umumiy soni. a=1 bo‘lganda S ning qiymati 1 ga yaqinlashib undan 2-n farq qiladi.
Kuchaytirgich da I0 tokini U chiq kuchlanishiga aylantirib beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar
1.Nazoratning texnologik o’lchashlari va asboblari UUM
2. www.google.ru - qidiruv tarmog’i
3.https://www.ngpedia.ru/id154735p1.html
4.www.forum.uz , www.evo.uz , www.cdma.uz , www.tuit.uz saytlari.
Download 442.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling