«Raqam tanlash» yoki «Raqamni o'zgartirish» xizmatlariga buyurtma berish maqsadida Mijozning
Download 44.27 Kb. Pdf ko'rish
|
band-qilish-qoidalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oldindan amalga oshirilgan buyurtma doirasida tanlangan Abonent raqamini ulash uchun Mijoz
- Abonent raqamiga oldindan buyurtma amalga oshirish qoidalari
«Raqam tanlash» yoki «Raqamni o'zgartirish» xizmatlariga buyurtma berish maqsadida Mijozning raqamni oldindan tanlash imkoniyatini soddalashtirish uchun Humans rasmiy sayti va Humans Mobil Ilovasida Abonent raqami bilan oldindan tanishish va raqamni tanlash imkoniyati mavjud. Buyurtmani oldindan rasmiylashtirish doirasida Mijoz maxsus interfeysdan foydalangan holda buyurtma rasmiylashtirish paytida tanlash imkoni bo'lgan, Humans tomonidan ajratilgan tartib raqamlar resursida joylashgan raqamlar bilan tanishishi va ularni tanlashi mumkin. Mijoz «Alohida toifadan raqam tanlash» va «Raqamni o'zgartirish» xizmatlarini taqdim etish shartlari bilan tanishib chiqishi kerak. Oldindan amalga oshirilgan buyurtma doirasida tanlangan Abonent raqamini ulash uchun Mijoz: 2020.10.18 23:59 gacha Humans bilan aloqa xizmatlarini ko'rsatish uchun Shartnoma tuzishi, Shartnoma tuzishdan oldin Humans vakiliga oldindan amalga oshirilgan buyurtmani rasmiylashtirish yakuniga ko'ra olingan buyurtma raqami yoki QR-kodni taqdim etishi lozim. Oldindan amalga oshirilgan buyurtma doirasida tanlangan Abonent raqamini ulash Shartnoma imzolanidan keyin, «Alohida toifadan raqam tanlash» va «Raqamni o'zgartirish» xizmatlari shartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Oldindan amalga oshirilgan buyurtma doirasida tanlangan Abonent raqamidan foydalanish uchun Mijoz Humans mobil ilovasini o'z qurilmasiga o'rnatishi va «Alohida toifadan raqam tanlash» va «Raqamni o'zgartirish» xizmatlarini taqdim etish shartlarining barchasini bajarishi kerak. Ko'rsatib o'tilgan shartlar bajarilmaganida Abonent raqamiga oldindan amalga oshirilgan buyurtma bekor qilinadi. Abonent raqamiga oldindan buyurtma berish tartibi buzilganida, «Alohida toifadan raqam tanlash» va «Raqamni o'zgartirish» xizmatlarini ko'rsatish shartlari bajarilmaganida yoki texnik imkoniyat mavjud bo'lmagan hollarda oldindan buyurtma qilingan Abonent raqamini ulash imkoniyatini Provayder kafolatlamaydi. Tarif va xizmatlarni boshqarish Humans mobil ilovasidan (Ilovadan) foydalangan holda amalga oshiriladi. Mijoz o'z abonent qurilmasiga Ilovani o'rnatishi kerak. Mijoz tomonidan Ilova o'rnatilmaganida Mijoz uchun yuzaga keladigan salbiy oqibatlar uchun Provayder javobgar emas. Abonent raqamiga oldindan buyurtma amalga oshirish qoidalari Download 44.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling