Raqamli axborot tizimlari bilan ishlash texnologiyalari mavzusini o‘qitish metodikasi Mundarija: Kirish
Ushbu texnik vositalar kuyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim
Download 117 Kb.
|
Raqamli axborot tizimlari bilan ishlash texnologiyalari mavzusin
Ushbu texnik vositalar kuyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim:
-Ishonchlilik; -Resurslardan foydalanishning samaradorligi; -Texnik kursatgichlar jixatidan bir-biriga mos kelishlik; -Tarkibiylik va modellilik; -Harajatlar buyicha samaradorlilik; -Foydalanuvchiga nisbatan dustonalik; Xozirgi zamonda eng keng miqyosda ishlatiladigan kompyuterlardan biri xususiy yoki shaxsiy kompyuterlardir. Ularning ko`rinishi kichik va ixcham bo`lishigi qaramay, iqtisodiyot va texnikaning deyarli barcha soxalarida muvaffaqiyatli ravishda qo`llanilib kelmoqda. Lekin ular qachondan boshlab va nima sabablarga ko`ra paydo bo`lgan? Qanday printsiplarning qabul qilinishi va qaysi texnik yechimlar ularning ommabop bo`lishiga va keng miqyosda qo`llanilishiga sabab bo`lgan? Ushbu muammolarni to`g`ri xal qilish uchun Xususiy kompyuterlarning iqtisodiyotning turli soxalarida ishlatilishi va u foydalanuvchiga qanday imkoniyatlar yaratib berishi xaqida biroz fikrlash lozim bo`ladi. Yarim o`tkazgichli bir necha minglab elementlardan tashkil topgan yaxlit mikrosxemalarning kristal plastinkaga integratsiya qilish texnologiyasining rivojlanishi mikroprotsessorlarning, xotirasi katta integral sxemalarining, kiritish- chiqarish katta integral sxemalarining paydo bo`lishiga olib keldi. Demak, arifmetik-mantiqiy qurilma, ichki registrlar va boshqaruv qurilmasidan tashkil topib, bitta yoki bir necha katta integral sxemalarda bajarilgan, hamda funktsional jihatdan tamoman to`liq bo`lgan qurilmani mikroprotsessor deb tushuniladi, yoki, oddiy qilib aytganda, EHM-da qayta ishlanayotgan Raqamli axborotlar elektr signallari ko`rinishida tasvirlanib, ular elektron qurilmalar orqali qayta ishlanadi. Xususan ushbu elektron qurilmalar ming va xatto minglab bahamjihatlik bilan ishlaydigan elementlardan iborat bo`ladi. Mana xuddi shunday qurilmalar mikrosxemalar deb ataladi. Mikrosxema deb, bir butun protsessorni tushunish ham mumkin. Agar protsessorning barcha zarur elementlarini bitta mikrosxemaga joylashtirishga erisholmasa, u holda bir qancha mikrosxemalar bitta plataga o`rnatiladi. Plata- plasmassali plastinka bo`lib, uning ustki qismida mikrosxemalar ko`rinishda bog`langan metalli o`tkazgichlar bo`ladi. Mikroprotsessorlarning paydo bo`lishiga asosiy sabab nimada degan tabiiy savol ko`ndalang bo`ladi, unga javob berishga harakat qilamiz. Yarim o`tkazgichli katta integral sxemalarning - mikrokalkulyatorlar va xotirlovchi qurilmalarni tayyorlashdagi to`plangan boy tajriba hamda mukammal o`zlashtirilib olingan texnologiyalarda mikroprotsessorlarning asosiy element bo`lishi katta integral sxemalarning yaratilishiga va zudlik bilan o`zlashtirilishiga sharoit yaratib berdi. Buning oqibatida hisoblash texnikasining rivojlanish tarixida birinchi marta shunday holat qaror topdi, ya’ni mikroprotsessor o`zini qabul qilishga tayyor bo`lmagan bozordan oldin yuzaga keldi, shuning uchun foydalanuvchilar ularga nisbatan talablarini shakllantira olmadilar. Yuqoridagi tarzda EHMning rivojlanish taraqqiyoti xususiy EHM-larning yaratilishiga olib keldi. Uning 1-chi qaldirg`ochi 1975 yilda AKSH-da ishlab chiqildi (ushbu xususiy kompyuter MITS firmasi tomonidan INTEL-8080 protsessori asosida ishlab chiqilib, Altair 8800 deb nomlangan) va tarixan qisqa muddat ichida, ya’ni 1987 yilga kelib, jahonda xususiy kompyuterlarning soni 30 mln. donaga o`sgan. Xususiy EHM hamma harid qilish narxidagi qudratli universal instrument bo`lib, har xil sohadagi mutaxassislar aqliy mehnatining ish unumini bir necha marta oshiradi. EHM-ni xususiy EHM deb atash uchun u quyidagi asosiy talablarni qondirishi shart: 1976 yilda Pol Allen va Bill Geyts Beysik tili uchun interpretator ishlab chiqqandan so`ng, xususiy kompyuterga bo`lgan talab keskin ravishda ortgan hamda uning xilma-xil turlari va ularga mos bo`lgan programmaviy ta’minotlar xosil bo`la boshlagan. 1981 yilda esa hozirgi paytda keng miqyosda tarqalgan IBM PC turidagi xususiy kompyuterlarning birinchisi ishlab chiqarilgan. Download 117 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling