Raqamli axborot tizimlari bilan ishlash texnologiyalari mavzusini o‘qitish metodikasi Mundarija: Kirish


Kompyuterning dasturiy ta’minoti va uning asosiy turlari


Download 117 Kb.
bet4/8
Sana03.02.2023
Hajmi117 Kb.
#1151924
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Raqamli axborot tizimlari bilan ishlash texnologiyalari mavzusin

Kompyuterning dasturiy ta’minoti va uning asosiy turlari.
Dasturlarning turli xillari mavjud boʻlib, ularning har biri ma’lum bir ishni bajarishga moʻljallangan. Lekin insonlarga oʻxshab, EHM lar ham qandaydir koʻrsatmalarga yoki dasturviy ta’minotga muhtoj boʻladi, chunki busiz ularning ishini, ichki va tashqi hotiralar bilan ishlashni, qoʻshimcha qurilmalarga murojaat qilishni, foydalanuvchilar bilan muloqotni va kompyuter tarkibiy qismlarining bir maromda ishlashini ta’minlash mumkin emas. Bu muammolarni xal qilish uchun qanday turdagi dasturlar ishlatilishi mumkin deb oʻylaysiz? Kompter hotirasida juda katta miqdordagi qoʻshimcha joy egallaydigan ushbu dasturlarsiz u bilan samarador ishlashni amalga oshirish mumkinmi yoki yoʻqmi? Agarda shunday turdagi dasturlar mavjud boʻlmasa kompyuter bilan muloqot qanday ravishda oʻzgaradi? Bunday turdagi dasturlarni qanday asosiy guruhlarga ajratgan boʻlar edingiz?
Kompyuterdan foydalanish samaradorligini oshirishga, uni ishlatishni engillatishga va foydalanuvchilar dasturlarini tayyorlashni osonlashtirishga moʻljallangan dastur vositalari kompleksiga dastur ta’minoti tizimsi (PTS) deb yuritiladi. Kompyuterning PTS oʻz ichiga turli xil dasturlar toʻplamini oladi (3.1 rasm).
Dasturlashni avtomatlashtirish tizimsi (PAS) foydalanuvchilar dasturlarini yaratish jarayonini engillashtirish va avtomatlashtirishga moʻljallangan boʻlib PTS ning bir qismi hisoblanadi. Rivojlangan PASlar dasturlashtirish tillari, translyatorlar va sozlash dasturlarini oʻz ichiga oladi. Sozlash dasturlari tuzilgan dasturlar ishining toʻgʻriligini tekshirish va xatolarni topish uchun ishlatiladi.
Kompyuterda masalalarni echish jarayonini ta’minlash va uni osonlashtirish uchun operatsion tizim deb ataluvchi dasturlar kompleksi ishlatilib, u boshqaruvchi va qayta ishlovchi dasturlar guruhidan iborat.
Boshqaruvchi dasturlar kompyuter qurilmalari ishini boshqaradi, ya’ni kompyuter qurilmalari ishini, kiritish, tayyorlash va boshqa dasturlarning bajarilishini tashkil qiladi va boshqaradi. Qayta ishlovchi dasturlar ma’lumotni qayta ishlash bilan bogʻliq yangi dasturlarni EHMda ishga tushirib, masalalarni echishga va boshlangʻich ma’lumotlarni tayyorlash ishlarini bajarishga xizmat qiladi.
Texnik xizmat qilish dasturlari kompyuterning profilaktika ishlarida, diagnostika masalalarini echishda va undagi nosozliklarni aniqlashda hamda boshqa maqsadlarda ishlatiladi.
Amaliy dastur paketlari tarkibiga insonning kundalik amaliy faoliyatida vujudga keladigan ilmiy, texnik, moliyaviy va turli-tuman iqtisodiy masalalarni echishga mo‘ljallangan, operatsion tizim imkoniyatlarini va funktsiyasini kengaytirishga hamda boshqa bir qancha konkret maqsadlarga moʻljallangan dasturlar kompleksi kiradi.
Yuqorida tasvirda koʻrsatilgan translyatorlar amaliy dasturlarni algoritmik tillardan mashina tiliga oʻgiruvchi tarjimon dasturlardir. Ular ikki xil boʻladi: kompilyatorlar va interpretatorlar.
Interpretatorlar dasturlashtirish tilida yozilgan dasturni bosqichma-bosqich (yoki qatormaqator) mashina tiliga oʻgirib va darhol bajarib borsa, kompilyatorlar esa butun dasturni birdaniga mashina tiliga oʻgiradi va agarda uning xatosi yoki kamchiligi boʻlmasa, uni bajarishni amalga oshiradi.
Bir marta kompilyatsiya qilingan dastur boshqa kompilyatsiya qilinmaydi, negaki uning natijasi ishlovchi dasturni xosil qiladi. Interpretatorda esa dastur har bir bajarilishida qaytadan mashina tiliga oʻgiriladi va bosqichma-bosqich bajarila boradi.
Xususiy kompyuterning ham foydalanuvchi uchun qulay va samarador boʻlishi unda qanday dasturviy ta’minot mavjudligi bilan aniqlanadi. Lekin dasturviy ta’minotning qanday turlari foydalanuvchi uchun zarur boʻlishi uning qaysi soxada faoliyat koʻrsatishi bilan aniqlanadi. Endi oʻzingizni iqtisod soxasida faoliyat koʻrsatayotgan mutaxassis sifatida faraz qilgan holda qaysi turdagi dasturviy ta’minot Sizning kundalik ishlarni bajarishingiz uchun kerak boʻlishini oʻylab topishga xarakat qiling. Kompyuter ishlaganda uni boshqarish uchun kerak boʻladigan dasturlar bilan amaliyotda qoʻllaniladigan dasturlar orasida qanday farq boʻlishi mumkin?
Kompyuterning dasturviy ta’minoti ularning qoʻllash samaradorligini oshirish, undan foydalanishni osonlashtirish va foydalanuvchilar dasturlarini tayyorlashning mehnat sarfini kamaytirishi uchun moʻljallangan dasturlar tizimsidan iborat.

Download 117 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling