Raqamli bojxona tushunchasi va bojxonani raqamli


www.scientificprogress.uz


Download 84.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana19.06.2023
Hajmi84.06 Kb.
#1618314
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
raqamli-bojxona-tushunchasi-va-bojxonani-raqamli-transformatsiya-qilishning-o-ziga-xos-jihatlari (1)

www.scientificprogress.uz
 
Page 855
texnologiyalarini joriy etish orqali bojxona organlari faoliyati shaffofligi hamda 
samaradorligi tobora ortib bormoqda. Xususan, sohada koʼrsatilayotgan interaktiv 
xizmatlar soni 2017 yilda 9 tani tashkil etgan boʼlsa, 2021 yilda mazkur interaktiv 
xizmatlar 
soni 
30 
tani 
tashkil 
qildi. 
Shuningdek, 
2021 
yilda
6 ta qoʼshimcha xizmatlar qoʼshilgan bo’lib bular “TIF ishtirokchisining dastlabki pul 
mablag’lari” interaktiv xzimati, “Bojxona to’lovlari bo’yicha solishtirma dalolatnoma” 
interaktiv xizmatining mobil ilovasi, “Jismoniy shaxslarning olib kirish normasidan 
ortiqcha tovarlari to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlar asosoida bojxona to’lovlarini 
hisoblash (shu jumladan to’lash)” interaktiv xizmati hamda “Tovarlar va transport 
vositalarini chiqarish vaqtini tadqiqiot qilish”, “Real vaqt rejimida tovarlarning bojxona 
hududiga kirib kelishidan erkin muomalaga chiqarilishiga qadar monitoring qilish”, 
“TIF bosqichma-bosqich” axborot plartformalari ishlab chiqildi. Bundan tashqari 10 dan 
ortiq avtomatlashtirilgan axborot tizimlari joriy qilindi. Xozirgi kunda joriy qilingan 
jami axborot xizmatlari soni 60 dan ortiqni tashkil qiladi. Ushbu xizmatlarni joriy qilish 
natijasida yuridik va jismoniy shaxslarning bojxonaga kelib tushayotgan murojaatlari 
sonining keskin qisqarishiga erishiladi. Mazkur axborot xizmatlari va interaktiv 
xizmatlar joriy etilishida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-
noyabrdagi “Bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish va O’zbekiston 
Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish 
bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-5582-son Farmoni, 2020-yil
5-oktyabrdagi “Raqamli O’zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali 
amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6079-son Farmoni, 2020-yil 5-
iyundagi “Bojxona ma’muriyatchiligini isloh etish va O’zbekiston Respublikasi davlat 
bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish to’g’risida”gi PF-6005-son 
Farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 apreldagi 
“Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi PQ-4699-son qarori va Davlat bojxona qo’mitasining normativ-huquqiy 
hujjatlari huquqiy asos hisoblanadi. 
Raqamli iqtisodiyot doirasida bojxona sohasini raqamli transformatsiya qilish 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2020-yil 
5-iyundagi 
“Bojxona 
ma’muriyatchiligini isloh etish va O’zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati 
organlari faoliyatini takomillashtirish to’g’risida”gi PF-6005-son Farmonida nazarda 
tutilgan bo’lib: Bojxona ma’muriyatchiligini isloh etish, bojxona organlari faoliyatini 
yanada takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish, “qog’ozsiz va elektron 
bojxona”ning mantiqiy davomi va rivojlanishi bo’lgan “raqamli bojxonani” 
shakllantirish, shuningdek, bojxona ishi sohasidagi umume’tirof etilgan xalqaro norma 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 84.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling