Raqamli faza modulyatsiyasi
Download 6.08 Kb.
|
Raqamli faza modulyatsiyasi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- BPSK signalini hosil qilishning asosiy sxemasi
- QAM (quadrature amlitude modulation)
- Konstelyatsion diagramma.
- Konstelyatsiya diagrammasini
- Faza siljishi
- IQ nostabillik
- OFDM signali spektri OFDM
- Texnologiyaning afzalliklari
Raqamli faza modulyatsiyasi Raqamli modulyatsiya turlari. BPSK,QPSK,QAM,OFDM va СOFDM Bajardi: Aliyev B O Raqamli faza modulyatsiyasi - raqamli ma’lumotlarni simsiz uzatishning universal va keng tarqalgan usulidir Raqamli faza modulyatsiyasining eng oddiy turi –ikkilik faza modulyatsiyasi ya’ni BPSK (Binary Phase Shift Keying) Ushbu usul spektrni to‘g‘ridan to‘g‘ri kengaytiruvchi tizimlarda ishlatiladi. Bunda modulyatsiyalovchi signal psevdotasodifiy ikkilik ketma- ketligidan iborat bo‘ladi. BPSK da modulyatsiyalovchi signal qiymatiga qarab tashuvchisini fazasi 0 gradus yoki 180 gradus ga farq qiladi. BPSK signalini hosil qilishning asosiy sxemasi BPSK - bu xar bir belgi uchunbitta bitni uzatadigan eng oddiy modulyatsiya usuli. QPSK signalining vaqtga bog’liqligi QPSK ning afzalligi – bu ma’lumotlar uzatish tezligining yuqoriligi; Agar biz bir xil belgilar uzunligini saqlasak,biz uzatuvchidan qabul qiluvchiga ma’lumot tezligini ikki barobar oshirishimiz mumkin. Kamchiligi - bu tizimning murakkabligida -QAM (quadrature amlitude modulation) kvadratura amplituda modulyatsiyasi; QAM (quadrature amplitude modulation)- bu raqamli ma’lumot oqimini analog ko‘rinishda uzatish texnologiyasi. Bu texnologiyada bitta chastotalik ikkita tashuvchini bir-biriga nisbatan 900 siljitish orqali amalga oshiriladi. Har biri ikki va undan ortiq amplitudali diskret qiymatlari bo‘yicha modulyatsiya qilingan. QPSK – bu QAM ning yeng oddiy shakli (4-QAM deb xam nomlanadi) 900 ga siljigan bir xil chastotadagi ikkita tashuvchi va ikkita amplituda darajalari.Bir amplituda darajasi 0 ga, boshqasi - 1 ga teng bo‘lgan. Vektor trayektoriyasi 10, 01, 11, 00 nuqtalardan o’tadi Konstelyatsion diagramma. Demodulyatorni chiqishida kirish signalini sinxronizatsiyasidan so‘ng har bir simvol uchun ikkita I va Q vektor qiymati hosil qilinadi. Bu ikki vektor tekisligi har bir simvolni amplituda faza tochkalarini bitta kletkaga tegishli ekanini aniqlaydi. Ideal holda tochka kletka o‘rtasida joylashishi kerak. Shovqin ta’sirida bu nuqtalar belgilangan joydan og‘ishi chiqish vektor xatoligi deyiladi. Agar nuqta belgilangan kletkada qolsa demodulyator to‘g‘ri qaror qabul qiladi, aks xolda simvol qo‘shni kletkaga qo‘shiladi va kirishdagi ma’lumotlar oqimida xato paydo bo‘lishiga olib keladi. Konstelyatsiya diagrammasini ko‘rinishi ko‘pgina ma’lumotlarni beradi. Signalni shovqinga nisbati yomonligi. Bu ko‘rinish xozircha yaxshi, lekin keyinchalik esa kartinkani yo‘qolishiga olib keladi. Intermodulyatsion (ingressiya) shovqin deb ataladi. Kogerent shovqinlar sababli xar bir yacheykada kortinka konsentratsiyasi shakllanadi. Radiouzatuvchi qurilmani yuqori chastota tarktidagi nochiziqli elementlaridan chiqayotgan tebranishlar va tashqi elektromagnit maydonidan ta’sir etayotgan tebranishlarni natijasida yuzaga keladigan xalaqit radio nurlanishlar bu intermodulyatsion xalaqitlar xisoblanadi. Faza siljishi. Qoldiq radiochastota shovqinlari hisobiga yuz beradi. Yacheyka nuqtalarida sferik siljish kuzatiladi. Amplituda xararkteristikasini nochiziqligi. Yuqori chastotalik kuchaytirgichlarni nochiziqlik o‘zgarishi, filtr, konvertor va ekvolayzerlardan kelib chiqadi. Nuqtalar yacheyka markaziga nisbatan siljigan. IQ nostabillik. Tashuvchi chastota kuchaytirgichi, filtr va modulyatordan kelib chiqishi mumkin. Tashuvchini siljishi. Modulyator aralashtirgichida (smesitel) disbalans xolati yuz berishi yoki uzatish tizimida doimiy tok bo‘yicha parazit tashkil etuvchilarni xosil bo‘lishi. Barcha kartinka bir tomonga suriladi. -OFDM texnologiya qo‘llanilganda tashuvchilar sonini o‘zgarishi (1K, 2K (2048), 8K(8192), 16K(16384), 32K(32768)) OFDM texnologiya modulyatsiyalash va multipleksorlash metodi xisoblanadi. Bu texnolgiyada ma’lumot alohida kanallarga bo‘linadi va qo‘shimcha ma’lumotlar bilan modulyatsiyalanadi. Keyingi jarayonda OFDM tashuvchini xosil qilish uchun ma’lumotlar qayta multipleksorlanadi. Shuning uchun OFDM chastota bo‘yicha taqsimlash bilan multipleks (jamlab) uzatish deyiladi. OFDM signali spektri OFDM texnologiyasi Wi-Fi, WiMax, LTE, Raqamli televizion uzatkichlarda DVB va raqamli radio uzatkichlarda DRM foydalaniladi. COFDM ( Coded Orthogonal Frequency Division Multiplexing) - kanallarni kodlashni va OFDM ni birlashtirgan OFDM texnologiyasining bir turi xisoblanadi.Kanallarni kodlash ma’lumotlarni uzatishdagi xatolarni tuzatish uchun ishlatiladigan va oldingi xatolarni tuzatishdan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Ortiqcha xizmat ma’lumotlarini uzatish tufayli yo‘qolgan ma’lumotlarni qayta tiklash mumkin. COFDM Yevropa,Kanada va Yaponiyada raqamli eshittirish tizimlarida keng tarqalgan. COFDM iste’molchilarga raqamli signallarni yetkazib berishning yangi usuli sifatida televizion eshittirishlarda foydalanildi. Texnologiyaning afzalliklari: • Radioto‘lqinlarning tarqalish shartlariga qarab ma’lumotlarni tarqalish tezligi va uzatish parametrlarini tezda o‘zgartirish imkoniyati bilan taminlangan moslashuvchanlik. • Yetarlicha barqarorlik darajasi bilan yuqori aniqlikdagi dsturlarni uzatishga imkon beradi. • Bitta chastotali tarmoqlardan foydalanish orqali boshqa tizimlarga kirish mumkin bo‘lmagan joylarda qabul qilish imkonini beradi. •Raqamli ishlov berish usullaridan foydalanish orqali tasvirning yuqori sifatiga erishish. • Yuqori shovqin bardoshliligi. • Uzluksiz qabul qilish va uzatishni ta’minlash. E’tiboringiz uchun raxmat !!! http://fayllar.org Download 6.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling