Raqamli gigiena va netiket


Shaxslar va hamjamiyatlarning media bilan o`zaro munosabati


Download 79.78 Kb.
bet12/13
Sana03.04.2023
Hajmi79.78 Kb.
#1322353
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
6-mavzu raqamli gigiena va netiket reja 1

Shaxslar va hamjamiyatlarning media bilan o`zaro munosabati. Bugun media aksariyat holparda yangi tajriba orttirishimizda vositachi sifatida namoyon bo`lmoqda. Biz mediadan hordiq chiqarish, axborot izlash, ta’lim olish uchun, ya’ni turli xil hayotiy vaziyatlarda yuzaga keladigan turli ehtiyojlarimizni qondirish uchun qo`llayapmiz. Mass-media foydalanuvchilari (tomoshabin, tinglovchi, mushtariy, internetdan foydalanuvchilar) turli hamjamiyatlarni tashkil etadi. Faqat ayrim milliy va xalqaro miqyosdagi, masalan, Olimpiya o`yinlari kabi dunyoning barcha mamlakatlar televideniesi orqali namoyish etiladigan voqea-hodisalarni yagona auditoriya uchun yaratilgan desa bo`ladi. Auditoriyaning muayyan ko`rinishlari aniq bir media, kanal yoki dasturlar atrofida shakllanadi. Texnologik taraqqiyot va ijtimoiy medialar hisobiga “auditoriya” konsepsiyasi inter faollik mazmunini kasb etdi va umuman olganda, faollashdi ham. Masalan, onlayn auditoriya sirasiga nafaqat passiv o`quvchilar yoki yangiliklarni ko`zdan kechiruvchilar, balki baxslarda va kontentni yaratishda faol ishtirok etadigan foydalanuvchilar ham kiradi. Bunda butun auditoriyani emas, balki uning faol a’zosining, masalan, onlaynh amjamiyat a’zosining faoliyati bilan bog`liq savollarni muhokama qilish maqsadga muvofiq. Har kim media bilan munosabatlarini o`zi o`rnatadi. Bizning media bilan munosabatimiz o`zaro hamkorligimizga tayanadi. “Media bilan munosabat” deganda individual inson yoki hamjamiyatning media bilan o`zaro munosabati tushuniladi. Media bilan munosabat mediadan foydalanish davriyligi, media kontentni tanlash, odamlarning media haqidagi fikrlari yoki ulardan foydalanish ko`nikmalari xususidagi munozaralarni nazarda tutadi. Media bilan individual munosabat har doim inson va media matn o`rtasidagi muloqotni nazarda tutadi. Gap nima: dalil yoki to`qima – haqida ketayotganligidan qat’iy nazar, inson media matnning mazmunini shaxsiy qarashlari va tajribasi bilan solishtiradi. Shuningdek, tadqiqotlar insonlar mediadan o`z qarashlari, qadriyatlari va his-tuygulariga mos keladigan qarash va goyalarni tanlashga moyil ekanliklarini ko`rsatdi. Medialardan foydalanish aksariyat hollarda faol tusga ega bo`lsa-da. Odatda, mediadan yonimizda hech kim yo`qligida foydalanishimizga qaramay. Biz bari bir yagona xayoliy jamiyatda ishtirok etayotganimizni his qilamiz. Media vositasida insonlarda o`zaro birdamlik hissi mustahkamlanadi. Masalan, Olimpiada kabi sport o`yinlari vaqtida. Bundan tashqari, global yangiliklar dasturlari barcha insonlarni yagona umumjahon auditoriyaga birlashtira oladigan axborotni tarqatadi. Ma’lum bir guruhga tegishlilik, ayniqsa bolalar va o`quvchilar uchun muhimdir. Bunday guruhlar aksariyat hollarda media content ta’siri ostada hamda submadaniyat mahsuli sifatida shakllanadi. Do`stlar bir-biriga teleseriallarni yoki veb-saytlarni tavsiya etishi, o`smir hamma gapirayotgan videoni ko`ra olmagani uchun o`zini noqulay sezishi mumkin.

Download 79.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling