Raqamli gigiena va netiket


Media va axborot savodxonligini baholash


Download 79.78 Kb.
bet4/13
Sana03.04.2023
Hajmi79.78 Kb.
#1322353
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
6-mavzu raqamli gigiena va netiket reja 1

Media va axborot savodxonligini baholash. Maqsad: o`quvchilarga media va axborot savodxonligi to`g`risida aniq; tushuncha berish, o`z ko`nikmalarini baholash va ulardan qaysi birini rivojlantirish kerakligini aniqlashga o`rgatish. O`quvchilarning o`z media va axborot savodxonligini baholashlari uchun mezon tayyorlang. “Media va axborot savodxonligini baholash” bobidan o`quvchilaringizga ko`proq mos keladigan punktlarini tanlang. Bunda siz quyidagi bulimlardan tanlashingiz mumkin: “Ijodiy va estetik ko`nikmalar”,”Interfaol ko`nikmalar”, “Tanqidiy tahlil ko`nikmalari”, “Xavfsizlik ko`nikmalari” “Axborotni boshqarish ko`nikmalari”. O`quvchilaringiz o`z ko`nikmalarini baholashlari mumkin, masalan, besh balli shkala bo`yicha (1 dan- “men buni uncha yaxshi bilmayman” 5 gacha-“men buni yaxshi bilaman/qila olaman”).Vazifa bajarilgandan so`ng o`quvchilaringizdan ro`yxatdagi uchta ko`nikmadan ularning fikricha, ko`proq rivojlantirish kerak bo`ladiganlarini tanlashlarini so`rang. O`quvchilar ularning har biri uchun takomillashtirish bo`yicha takliflarini ishlab chikishlari kerak.
Bugungi kunda yoshlar mediadan juda keng va faol foydalanmoqda. Ular ijtimoiy tarmoqlarga uyali telefon orqali suratlar yuboradi, turli yangiliklarga
munosabat bildiradi, doimiy ravishda virtual makonda muloqotga kirishadi. Agar kattalar ish vaqtini dam olish vaqtidan ajratishga majbur bo‘lsa, yoshlar onlayn va offlayn tartibdagi faoliyat o‘rtasiga chegara tortish zaruratini his etmaydi. Global tarmoqdan yosh avlod vakillari dunyoning turli mintaqalarida yashaydigan insonlar bilan muloqotga kirishish uchun foydalanadi. Ular visual va kommunikativ madaniyatning yangi toifasi vakillaridir.
Yoshlar moda haqidagi blogni yuritadigan o‘spirin bu olamga o‘z ta’sirini
ko‘rsata olishiga, yoxud yosh musiqachi MySpace tarmog‘i tufayli dunyoga mashhur bo‘lib ketishi mumkinligiga ishonadi. Ular uchun “mashhur bo‘lib ketish” o‘zini namoyon etish, hamda shu orqali tor yoki keng doiradagi odamlar, aksariyat hollarda tarmoqlardan xalqaro miqyosda foydalanuvchilar qo‘llab-quvvatlashi va e’tirofiga sazovor bo‘lishdan iboratdir. Yoshlar uchun mediadan foydalanish yaqqol ijtimoiy ma’noga egaligi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlar ayni damda o‘zidan olisda bo‘lgan yaqinlari bilan muloqotda bo‘lib turadi, yangi do‘stlar orttiradi. Ular Internetda turli ijtimoiy rollarda o‘zlarini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega. Uyatchan va kamgap inson tarmoqda ochiq va sergap bo‘lib ketishi ham mumkin. Ammo inter faol muloqot orqali barcha ijtimoiy ko‘nikmalarga ega bo‘la olish mumkin emas. Shuning uchun yoshlarning real hayotda ham do‘stlari bo‘lishi juda muhim. Ko‘plab yoshlar tarmoqdagi do‘stlari bilan real hayotda ham uchrashib turadi.

Download 79.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling