Raqamli Iqtisodiyot" fanidan "


Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining virtual makonda ishtirokini faollashtirish konsepsiyasi


Download 317.76 Kb.
bet3/16
Sana02.05.2023
Hajmi317.76 Kb.
#1421637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Raqamli Iqtisodiyot

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining virtual makonda ishtirokini faollashtirish konsepsiyasi


O‘zbekiston Respublikasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining virtual makonda ishtirokini ta’minlash, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishning yagona tizimini rivojlantirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, bugungi tub demokratik islohotlar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatining yanada ochiqligi va shaffofligini ta’minlashni, ularning jamoatchilik bilan aloqalarini yangi bosqichda rivojlantirishni taqozo etmoqda.
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishga oid vazifalarni amalda ro‘yobga chiqarish hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining virtual makonda ishtirokini yanada takomillashtirish, axborot xizmatlarining jamoatchilik fikrini, ushbu organlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarga aholining munosabatini tizimli o‘rganish bo‘yicha rolini kuchaytirish, ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga davlat organlarining o‘z vaqtida va doimiy ravishda munosabat bildirishini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining virtual makonda ishtirokini faollashtirish konsepsiyasi (keyin o‘rinlarda Konsepsiya deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq, Konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda “yo‘l xaritasi” deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Konsepsiya va “yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha mas’uliyat davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining rahbarlari zimmasiga yuklansin.
3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligiga O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun va mohiyatini hamda uning amalga oshirilishini keng yoritib borish tavsiya etilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori L.X. Tangriyev zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.


Download 317.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling