Raqamli Iqtisodiyot" fanidan "


-bob. Konsepsiyani amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari


Download 317.76 Kb.
bet6/16
Sana02.05.2023
Hajmi317.76 Kb.
#1421637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Raqamli Iqtisodiyot

2-bob. Konsepsiyani amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari

3. Quyidagilar konsepsiyani amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:


A) axborotlashgan jamiyatni jadal shakllantirish.
Ushbu yo‘nalishda:
Jamiyatga axborot va bilim qadriyatlarini singdirish, mamlakatning innovatsion rivojlanishi va jahon “raqamli hamjamiyati”ga integratsiyalashuvi, “raqamli iqtisodiyotga” o‘tishiga xizmat qiladigan veb-resurslarni shakllantirish, ularni tijoratlashtirish hamda tashkiliy, moddiy-texnik va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy qilish bo‘yicha tizimli choralarni amalga oshirish;
Internetda milliy segmentni g‘oyaviy-mafkuraviy jihatdan boyitish, foydalanuvchilar, eng avvalo, yoshlarning zamonaviy talab va ehtiyojlariga mos bo‘lgan ommabop axborot resurslari, media-mahsulotlar, badiiy, multiplikatsion va hujjatli filmlarni yaratish va rivojlantirish hamda Internet jurnalistikasini taraqqiy ettirish;
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining zamonaviy veb-resurslarini fuqarolar, fuqarolik jamiyati institutlari va biznes tuzilmalarning intellektual va axborot ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda shakllantirish;
Internetda iqtisodiyot, ta’lim, fan va texnika, sog‘liqni saqlash, madaniyat, huquq va boshqa sohalarga oid ta’lim muassasalari o‘quv dasturlari bilan uyg‘unlashgan zamonaviy axborot resurslari salmog‘ini oshirish;
Internetda mahalliy va xorijiy investorlarni mamlakatimizda biznes yuritish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, islohotlarni amalga oshirish jarayoni to‘g‘risidagi axborotlar, axborot-tahliliy va statistik ma’lumotlar bilan ta’minlashga xizmat qiladigan Investitsiyaviy va boshqa portallarni rivojlantirish;
Internetning global va milliy segmentini rivojlantirish tendensiyalarini doimiy ravishda o‘rganib borish, veb-resurslar kontentini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish, Internetda yurtimizda yaratilayotgan milliy axborot resurslarini yanada ommalashtirish va targ‘ib qilish;
Internet manbalarini o‘zbek tilidagi adabiyotlar bilan to‘ldirish bo‘yicha choralar-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish, jahon adabiyoti durdonalarini o‘zbek tiliga tarjima qilish va nashr etish, mumtoz va zamonaviy o‘zbek adabiyotining ilg‘or namunalarini xorijiy tillarga tarjima qilish va chet ellarda o‘rganish ishlarini tizimli asosda yo‘lga qo‘yish;
Ijtimoiy tarmoqlardagi milliy kontentni yanada boyitish va ularning xorijiy axborot resurslari, Internetga kirib borishini kuchaytirish hamda O‘zbekiston ijtimoiy tarmoqlari va messenjerlari faoliyatini takomillashtirish, ularning jozibadorligi va mazmundorligini oshirish evaziga foydalanuvchilar auditoriyasini kengaytirish;
Mamlakat ichki va tashqi siyosatini hamda iqtisodiy ustuvorliklarini samarali amalga oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, milliy brendlarni yaratish, mahsulot va xizmatlarni dunyo va mintaqa bozorlariga olib kirishga yo‘naltirilgan axborot, axborot-tahliliy resurslarni shakllantirish;
O‘zbekistonning ijobiy imijini rivojlantirish, dunyo reytinglarida ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va gumanitar taraqqiyot borasida mamlakat ko‘rsatkichlari darajasini ko‘tarishga xizmat qiladigan axborot kontentini qo‘llab-quvvatlash va shakllantirish sohasida ijtimoiy sheriklikni hamda davlat va xususiy sektor hamkorligini tashkil qilish.
B) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan barqaror, tizimli muloqotini ta’minlash va axborot-kommunikativ aloqalarini kuchaytirish.
Ushbu yo‘nalishda:
Jamoatchilikka davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risida tizimli ravishda axborot berib borish, aholining ochiq axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish;
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari va aholining o‘zaro hamkorligida, avvalambor joylardagi dolzarb muammolarni hal etish, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga asoslangan holda samarali qarorlar qabul qilish tizimini yaratishda innovatsion yondashuvlarni joriy etish;
Jamiyatda, ayniqsa, joylardagi dolzarb muammolarni hal etish, ochiqlik va shaffoflikka asoslangan qarorlar qabul qilish tizimini yaratishda davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari va aholining o‘zaro hamkorligini tashkillashtirishda innovatsion yondashuvlarini tatbiq etish. Jumladan, bu borada qonun loyihalarini aholi keng qatlamlari ishtirokida jamoatchilik muhokamasi va ijtimoiy ekspertizadan o‘tkazish tizimini rivojlantirish, Internetda maxsus “maydoncha”lar yaratish hamda aholiga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ularning mansabdor shaxslari tomonidan fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlariga oid qabul qilingan va qilinayotgan qarorlarni tushuntirish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish;
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari o‘rtasida aholi bilan o‘zaro ta’sirchan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va qabul qilinayotgan qarorlar haqida jamoatchilik fikrini o‘rganish va monitoring olib borish borasida samarali ijtimoiy sheriklikni tashkil etish;
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining ochiq kollegial yig‘ilishlarida mansabdor shaxslarning faoliyatiga oid va ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan, fuqarolar hamda yuridik shaxslarning huquqi va qonuniy manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan axborotlarini tinglash;
Har bir ko‘cha, mahalla, tuman, shahar va mintaqa bo‘yicha sotsiologik so‘rovlar o‘tkazish, ularning natijalari bo‘yicha aholining aniq fikr va mulohazalarining “ijtimoiy xaritalari”ni tuzish, shuningdek, aniqlangan muammolarni hal qilish va mintaqani sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Aholi bilan uzviy aloqa qilishning ko‘pkanalli axborot-kommunikatsion tizimining zamonaviy shakllarini (xususan, jonli efir orqali muloqot, ekspert kengashlari ishini tashkil qilish va shu kabilar) amaliyotini kengaytirish.
V) davlat boshqaruvi tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy sohalar, aholining kundalik hayotiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilish.
Ushbu yo‘nalishda:
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, elektron hukumat tizimiga, shu jumladan, axborotlashgan jamiyat va raqamli iqtisodiyotni qaror toptirishga ko‘maklashish maqsadida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks choralarni amalga oshirish;
Raqobatbardosh dasturiy mahsulotlar va xizmatlar ichki bozorini rivojlantirish, davlat elektron va telekommunikatsiyalar xizmatlari ko‘lamini kengaytirish;
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot va resurslar tizimini, idoralararo elektron hamkorlikni, yagona elektron reyestrlar va “yagona darcha” tamoyili asosida elektron va virtual davlat xizmatlari tizimini takomillashtirish;
Telekommunikatsiyalar infratuzilmasini modernizatsiyalash, Internetga mamlakatning har bir hududidan kirish imkoniyatlarini “oxirgi mil” tamoyili asosida kengaytirish, multiservis aloqa tizimini, mobil aloqa bozori, telekommunikatsiyalarning boshqa zamonaviy xizmatlari hamda logistika va pochta xizmatlarini rivojlantirish;
Yangi axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar, ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish, jismoniy va yuridik shaxslarga axborot taqdim etishning zamonaviy shakllarini joriy etish, jamiyat a’zolari hamda biznes sohasi vakillari bilan o‘zaro hamkorlikda ma’muriy to‘siqlarga barham berish, hujjatlar qog‘oz shaklida aylanishini kamaytirish;
Elektron tijorat infratuzilmasini modernizatsiya qilish, yaqin kelajakda ushbu biznes segmentini rivojlangan davlatlar darajasiga ko‘tarish;
Innovatsion loyihalarni amalga oshirish, zamonaviy raqobatbardosh va eksportbop dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish, texnoparklar va kovorking-markazlar faoliyatini tashkil qilishga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, davlat va xususiy sektor hamkorligi mexanizmini tatbiq etishni rag‘batlantirish, tegishli qulay shart-sharoitlarni yaratish;
Milliy axborot tizimida axborot xavfsizligini ta’minlashni takomillashtirish, uning axborot tizimlari va resurslarini himoya qilish, dasturiy mahsulotlari va tarmoqlarini himoya qilishda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, shaxsiy va biometrik ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va saqlashning himoyalangan texnologiyasini keng qo‘llash.
G) O‘zbekistonning tezkor “raqamli taraqqiyoti”, iqtisodiyoti, ijtimoiy, sotsial va gumanitar sohalarini biznes va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligida rivojlantirish uchun tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratish.
Ushbu yo‘nalishda:
Raqamli texnologiyalarni joriy etish, iqtisodiyot sohalarining raqamli transformatsiyasiga erishish, milliy IT-industriyani rivojlantirish, sohaga investitsiyalarni jalb etish uchun keng imkoniyatlar yaratish orqali raqamli iqtisodiyotning o‘sishini ta’minlash;
Fuqarolar, biznes va davlatning global iqtisodiyot va ochiq bozorlardagi ishtiroki, raqobatbardoshligi va muvaffaqiyatga erishishini ta’minlash maqsadlarida raqamli tizimlar standartlari, platformalar va infratuzilmalarni rivojlantirish;
Qishloq xo‘jaligi va sanoatni raqamlashtirish siyosatini tizimli amalga oshirish va buning evaziga yangi raqamli ish o‘rinlari yaratish;
Zamonaviy intellektual tizimlarni joriy qilish, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy himoya qilish, ta’lim, kommunal xizmat, turizm sohalariga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, shuningdek, aqlli va xavfsiz shaharlar va mintaqalar texnologiyalarini barpo qilish orqali aholining turmush darajasini yuksaltirish;
Raqamli iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlarini global raqamli makon shakllanishi sharoitida mamlakatning texnologik raqobatbardoshligini ta’minlash talablaridan kelib chiqqan holda belgilash va rivojlantirish;
Ishlab chiqarish, savdo, xizmat ko‘rsatish sohalarini tashkil qilishga raqamli iqtisodiyot yutuqlari va global raqamli makon shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlarini inobatga olgan holda samarali innovatsion yondashuvlarni joriy qilish;
Milliy “qattiq raqamli infratuzilmalar”ni, xususan, keng maydonda qayd etiladigan telekommunikatsion infratuzilma va mobil aloqa infratuzilmalarini, raqamli televideniye va radio, Buyumlar interneti, shuningdek, hisoblash infratuzilmasi, ma’lumotlarni virtuallashtirish va saqlash, kiberxavfsizlik infratuzilmasi, maxsus infratuzilmalarni rivojlantirish;
Milliy “yumshoq raqamli infratuzilmalar” — identifikatsiya va ishonch infratuzilmalari, ochiq ma’lumotlar, interoperabellik, blokcheyn, elektron hisoblagichlar va tranzaksiyalar, elektron tijorat, davlat xizmatlari, turmush farovonligini ta’minlash (tibbiyot, ta’lim, transport va boshqalar)ni rivojlantirish;
Milliy raqamli iqtisodiyot xavfsizligini hamda mamlakatning global raqamli iqtisodiyot va global raqamli makon shakllanishi jarayonlarida samarali ishtirok etishini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish.
D) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining virtual makonda mavjudligini ta’minlash, aholining axborotdan, raqamli texnologiyalardan foydalanish madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishni nazarda tutuvchi ilmiy tadqiqotlar, ishlanmalarni rag‘batlantirish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
Ushbu yo‘nalishda:
Innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish, davlat xizmatlari sifatini yuksaltirish;
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari xodimlarining strategik va loyihaviy boshqaruv, menejment, marketing, axborot texnologiyalari hamda kommunikatsiya sohalarida malakasini tizimli ravishda oshirib borish;
Axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni boshqarish va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishni joriy etish maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va ularning hududiy bo‘linmalari xodimlari uchun oliy ta’lim muassasalari bazasida o‘quv kurslari tashkil qilish;
Fuqarolar uchun raqamli dunyo afzalliklari va imkoniyatlaridan keng foydalanishni ta’minlash, inson kapitalini rivojlantirish, raqamli sanoat va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadlarida hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar rivojlanishi surati va o‘zgarishlarini inobatga olgan holda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
Axborot tashuvchilar va kompyuter texnologiyalari, virtual kutubxonalar, optimallashtirilgan o‘quv-metodik kompleks va boshqalar yordamida virtual ta’lim tizimi — yagona axborot-ta’lim makonini shakllantirish;
Aholining malaka oshirish va raqamli ekotizim interaktiv makonga tegishli bo‘lgan raqamli iqtisodiyot talablariga ijtimoiy moslashuvchanligi masalalarini uzluksiz o‘rganib borish, raqamli ishchi muhit va bilimlar jamiyati talablaridan kelib chiqqan holda kishilarning bilim va malakasini oshirish, insonning butun hayoti davomida ta’lim tizimida raqamli vositalardan keng foydalanishini ta’minlash;
Yosh iqtidor egalarini aniqlash va ularning iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishda chuqur o‘ylangan, ilg‘or fan yutuqlariga tayanadigan innovatsion usullarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.
E) global virtual va raqamli makonni shakllantirish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro axborot makonida O‘zbekistonning ijobiy imijini shakllantirish, mamlakatning milliy manfaatlarini ilgari surish va himoya qilish.
Ushbu yo‘nalishda:
Jamiyat va davlatni raqamlashtirish borasida rivojlangan mamlakatlar tajribasini chuqur o‘rganish va amaliyotga tatbiq qilish;
Mamlakatning global raqamli iqtisodiyot va global raqamli makon taraqqiyoti jarayonlarida samarali ishtirok etishini ta’minlash maqsadida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama strategik xalqaro munosabatlarni kengaytirish;
Xalqaro konsalting kompaniyalari va ekspertlarni jalb qilgan holda milliy IT-infratuzilmasini hamda uning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish;
Xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tekshirish muassasalari bilan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasida xalqaro texnik standartlarni tatbiq qilishni tashkil etish va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish;
O‘zbekistonning xalqaro ijobiy imijini ilgari surishda “ochiq diplomatiya” vositalaridan keng foydalanish, avvalo, milliy va xorijiy ekspertlar jamiyatlari, ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik va ilmiy doiralar bilan manzilli axborot hamkorligini kengaytirish;
Raqamli iqtisodiyot sohasidagi xalqaro shartnoma va boshqa xalqaro huquqiy hujjatlardan kelib chiqib milliy qonunchilikni takomillashtirish.
















Download 317.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling