Raqamli Iqtisodiyot" fanidan "
-bob. Konsepsiyaning asosiy vazifalari va tamoyillari
Download 317.76 Kb.
|
Raqamli Iqtisodiyot
1-bob. Konsepsiyaning asosiy vazifalari va tamoyillari
1. Quyidagilar konsepsiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi: O‘zbekistonda axborotlashgan jamiyatni jadal shakllantirish, Internet tarmog‘ini fuqarolar, jamiyat hamda davlat ehtiyojlaridan kelib chiqqan xolda ularning barqaror ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ma’lumotlar bilan boyitish, global virtual makonda milliy axborot mahsulotlarini keng tarqatish; Aholi bilan muloqotning va ikki tomonlama aloqaning faol va samarali shakllarini joriy etish, ayniqsa, qarorlar qabul qilishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan barqaror, rejali hamda reprezentativ axborot-kommunikatsiya aloqalarini ta’minlash; Davlat boshqaruvi tizimiga, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga, aholining kundalik hayotiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish bo‘yicha keng miqyosli ishlarni izchil davom ettirish va ularni yangi bosqichga olib chiqish; O‘zbekiston hamda uning iqtisodiyoti, ijtimoiy va gumanitar sohalarda zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etishni biznes tuzilmalari va fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokida amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy sharoitlarini yaxshilash; Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining virtual makondagi ishtirokini, aholining axborotdan va raqamli texnologiyalardan foydalanish madaniyatini rivojlantirish maqsadida ilmiy tadqiqotlar hamda ishlanmalarni ko‘paytirish, sohada kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish; Xalqaro axborot makonida O‘zbekistonning ijobiy imijini shakllantirish, mamlakatning milliy manfaatlarini ilgari surish va himoya qilish maqsadida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish; Kichik biznes vakillari va aholining raqamli iqtisodiyot makonini shakllantirishdagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash va ularning raqamli texnologiyalardan keng foydalanish samaradorligiga ishonchini oshirishga qaratilgan tashkiliy shart-sharoitlar yaratish va uning huquqiy asoslarini mustahkamlash; Virtual makondagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida qonun hujjatlarini takomillashtirish, axborotlashgan jamiyatni shakllantirish, jamiyat va davlat faoliyatida raqamli texnologiyalarni, axborot texnologiyalarini rivojlantirish, davlat axborot tizimlari va resurslarini, shuningdek, Internet milliy segmentining axborot xavfsizligini ta’minlash. 2. Konsepsiya quyidagi asosiy tamoyillarga tayanadi: Inson huquqlarining ustuvorligi; Qonuniylik; Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi; Ikki tomonlama aloqa; Ijtimoiy yo‘naltirilganlik; Axborot makonining birligi; Tizimlilik Axborotni himoya qilish. Download 317.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling