Raqamli Iqtisodiyot" fanidan "
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining virtual makonda ishtirokini faollashtirish konsepsiyasi
Download 317.76 Kb.
|
Raqamli Iqtisodiyot
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining virtual makonda ishtirokini faollashtirish konsepsiyasi
Mamlakatda davlat organlarining virtual makonda ishtirokini ta’minlash, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishning yagona tizimini rivojlantirish, davlat organlarining aholi bilan muloqotini takomillashtirishning yangi mexanizmlarini joriy qilish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat hokimiyati tizimida yangi institut — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, joylarda esa Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Ushbu tuzilmalar barcha darajalardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining fuqarolar bilan ularning eng muhim muammolarini hal etish bo‘yicha samarali hamkorlik tizimiga aylandi. Jadal rivojlanayotgan milliy axborot-kommunikatsiya infratuzilmasining yangi axborot texnologiyalarini faol qo‘llash hisobiga davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslar, tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro tezkor aloqa o‘rnatishini ta’minlamoqda. Shu bilan birga, ushbu sohada islohotlarning hozirgi bosqichi, rivojlanishning zamonaviy tendensiyalari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatining yanada ochiqligi va shaffofligini, qarorlar qabul qilishda jamoatchilik bilan faol hamkorlikni ta’minlash borasida bir qator tizimli muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Chunonchi: Birinchidan, Internet jahon axborot tarmog‘idagi (keyingi o‘rinlarda Internet deb ataladi) milliy axborot resurslari mamlakatning innovatsion rivojlanish yo‘liga, raqamli jamiyat va iqtisodiyotga o‘tish, axborotlashgan jamiyat shakllanishi bilan bog‘liq muhim vazifalarni amalga oshirishga yetarli darajada xizmat qilmayapti; Ikkinchidan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari axborot xizmatlarining jamoatchilik fikrini, ushbu organlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarga aholining munosabatini tizimli o‘rganish, ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga davlat organlarining o‘z vaqtida va doimiy ravishda munosabat bildirishini samarali tashkil etish borasidagi faoliyati hozirgi kun talablariga to‘la javob bermaydi; Uchinchidan, davlat boshqaruvi tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy sohalar, aholining kundalik hayotiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish borasidagi ishlar yangicha innovatsion yondashuvni talab etmoqda; To‘rtinchidan, O‘zbekistonning tezkor “raqamli taraqqiyoti”ni rivojlantirish uchun zarur tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining biznes va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligi yetarli darajada rivojlanmagan; Beshinchidan, aholining axborot va raqamli texnologiyalardan foydalanish madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish, sohada ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalariga yetarli darajada e’tibor qaratilmayapti; Oltinchidan, xalqaro axborot makonida O‘zbekistonning ijobiy imijini shakllantirish, mamlakatning milliy manfaatlarini ilgari surish va himoya qilish maqsadida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda qo‘shimcha choralar belgilash talab etilmoqda. Ushbu Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining virtual makonda ishtirokini faollashtirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda Konsepsiya deb ataladi) 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishga oid vazifalarni amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarish hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining virtual makondagi ishtirokini yanada takomillashtirish, axborot xizmatlarining jamoatchilik fikrini, ushbu organlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarga munosabatini tizimli o‘rganish, ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga davlat organlarining o‘z vaqtida munosabat bildirishini samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan. Download 317.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling