“raqamli iqtisodiyot” kafedrasi boxodirov bunyod otasini ismi


Ishlab chiqarish korxonalarida mehnat samaradorligini oshirish mezon va ko‘rsatkichlari tasnifi


Download 0.85 Mb.
bet9/32
Sana04.04.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1327728
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32
Bog'liq
Xodimlar ish samaradorligini oshirish 2022 (5)

1.2. Ishlab chiqarish korxonalarida mehnat samaradorligini oshirish mezon va ko‘rsatkichlari tasnifi

Jamiyatda ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish natijasida yuzaga kelgan munosabatlarda aks etgan jamiki ijtimoiy ishlab chiqarishning ahamiyati borasidagi munosabatlarni ko‘rsatuvchi “Ishlab chiqarish samaradorligi” kategoriyasi keng qo‘llaniladi. Moddiy iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonida bevosita foydalaniladigan mehnat unumdorligi ishlab chiqarish samaradorligining asosiy mezoni hisoblanadi. Lekin unumdorlik mehnatning faqat ma’lum miqdordagi mahsulot ishlab chiqarish xususiyatinigina ifoda etadi. Holbuki, u yoki bu ijtimoiy ehtiyojni qondirish nafaqat mahsulotning hajmi balki uning sifatiga ham bog‘liqdir. Shu sabab mehnat unumdorligi barcha mehnat ko‘rsatkichlarini qamrab ololmaydi. Qolaversa, ishlab chiqarishning moddiy ko‘rsatkichlari qayta ishlab chiqarishning barcha bosqichlaridan o‘tib, iste’mol uchun yaroqli bo‘lmaguncha iste’mol qiymatiga ega bo‘lmaydi. Jamiyat ehtiyojini to‘liq qondirish sanoat tarkibidagi Yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan qayta ishlab chiqarishning barcha bosqichlaridagi mehnat resurslarining birgalikdagi mehnat samaradorligiga bog‘liq bo‘ladi. Ishlab chiqarish bosqichlarining mehnat samaradorligi bilan bog‘liqligini qo‘yida tamoyillar orqali tadqiq qilamiz:


Taqsimlash samadorligi, jamiyatdagi bunday munosabatlar ishlab chiqarish natijalariga qanchalik ta’sir ko‘rsatishiga, ya’ni ularning qanchalik qayta ishlash jarayonini tezlashtirishiga bog‘liq bo‘ladi. Taqsimlashda sarflangan mehnatning miqdori va sifatini uning natijasi bilan taqqoslagan holda, individual mehnat samarasining yaxshilanishini hisobga olinishi lozim.
Ayirboshlash samaradorligi, moddiy boylikni shaxsiy yoki ishlab chiqarish yo‘li bilan iste’mol uchun etkazib berishni oqilona tashkil etish hamda takomillashtirish orqali yuzaga keladi. Ishlab chiqarilgan mahsulotni iste’molchiga etkazib berishda qanchalik ko‘p kuch sarflangan bo‘lsa, mehnat unumdorligi ham shunga monand bo‘ladi. Mehnat mahsuli bo‘lgan mahsulot (xizmat) o‘zida iste’mol qiymati hususiyatini ifoda eta olsagina ayirboshlashda ishtirok eta oladi.
Iste’mol samaradorligi, mahsulot iste’molining turli shakllarida – mahsulotni shaxsiy yoki ishlab chiqarish uchun iste’mol qilinishida namoyon bo‘ladi. Ishlab chiqarishning bu bosqichida taqsimlash va ayirboshlash munosabatlari orqali ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi. SHu sababli iste’mol qilinayotgan mahsulotda umumiy mehnat samaradorligi namoyon bo‘ladi.
Bunda ishlab chiqarish sohasi asosiy o‘rinni egallaydi, zero bu sohasiz ishlab chiqarish jarayoni imkonsiz bo‘lardi. Ishlab chiqarish samaradorligi ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida mehnatning Yuqori darajadagi samarasini namoyon etadi. Biroq shu bilan birga “ishlab chiqarish samaradorligi” kategoriyasining kamchiligi mahsulotning faqat moddiy ko‘ri- nishinigina yaratishga qodirligidadir. Ishlab chiqarish jarayonida sarflangan resurslar va ko‘lga kiritilgan natijani xaqqoniy taqqoslash uchun mehnatning unumdorligi asosi va ishlab chiqarish hamda qayta ishlash sama- radorligi singari tushunchalarni yaxlit iqtisodiy atama sifatida “Mehnat samaradorligi” kategoriyasi birlashtiradi. Bugungi kunda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning “inson ko‘ra, insonni to‘laqonli shaxs sifatida shakllantirish ijtimoiy ishlab chiqarishning asosiy maqsadi etib belgilangan. Shu sababli mehnatning yakuniy samarasi iqtisodiy samaradorlikni oshi- rishda emas, balki yaratilgan moddiy boylik hamda xizmatlarni iste’molchiga etkazib berishda deb hisoblanadi. Garchand mehnat samaradorligining oshishi asosini uning unumdorligi ortishi tashkil etsada, iqtisodiy samaradorlikka erishmay turib asosiy maqsadni amalga oshirib bo‘lmaydi. Shu sababdan ham moddiy ishlab chiqarishda mehnat samaradorligining asosini ikki tushuncha: ijtimoiy (ijtimoiy-iqtisodiy) va iktisodiy-ishlab chiqarish asoslar tashkil etadi.
Mehnatdan olinadigan xaqiqiy samara uni aniq bir mehnat faoliyati sifatida tashkil eta olishga bog‘liq bo‘ladi. Hozirgi Iqtisodiyotni raqamlashtirhs sharoitida ishlab chiqarish natijalarini qo‘yidagi bosqichlarda shakllantirish maqsadga muvofiqdir:
1) ijtimoiy mehnatni uning yakka shakllarida taqsimlashni nazarda tutish;
2) birinchi bosqichdan kelib chiqqan holda, umumiy mehnatni qismlarga ajratib taqsimlash;
3) tarmoqlar majmuasi – iqtisodiyot tarmoqlarining yirik ishlab chiqarish tarmoqlarida (yoqilg‘i sanoat, kimyo va neft kimyo sanoat, engil sanoat, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi va boshqalar) mehnatni umumiy ko‘rinishda taqsimlashdagi yakdil munosabatlar.
Ijtimoiy mehnat mahsulidagi bu bosqichlarning har birida ma’lum bir iste’molni qondirish masalasi qo‘yiladi. Deyarli barcha ijtimoiy ehtiyojlar o‘z iste’molchilariga ega. Ommaviy ijtimoiy ehtiyojlar tor doirada ma’lum bir iste’molchi, individ yoki sub’ektlarga bo‘linadi. Shu sababli, iqtisodiyot tarmoqlarida oraliq faoliyatga aylangan mehnat taqsimotidagi izchillik uning bevosita ishlab chiqaruvchilari uchun asosiy natija hisoblanadi. Har bir korxona umumiy mehnat taqsimotida o‘z o‘rniga ega, u ishlab chiqaradigan mahsuloti orqali jamiyatdagi ma’lum bir ehtiyojni qondirishi lozim. Jamiyatda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotni tahlil qilishda: korxonaning yakuniy natijasi, tarmoqlar va iqtisodiyot tarmoqlarining boshqa tarmoqlari kesimida ko‘rib chiqiladi. Ularning barchasida ishlab chiqarishda sarflangan resurslar hajmi hisobga olinadi. SHu sababli umumiy ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarishda mehnat samaradorligini hisoblash uchun barcha tarmoqlarni hisobga olish lozim.
Bizning fikrimizcha, bunday mehnat samaradorligi bosqichlari qo‘yidagilardan tashkil topishi lozim: 1) individual bosqich, ma’lum bir ish joyidagi mehnat samaradorligi; 2) kasbiy-malaka bosqichi, turli kategoriyadagi ishchilar tomonidan yaratilgan tayyor mahsulotni baholashda salmoqni qo‘shish; 3) bo‘lim(brigada, sex, uchastka)lar kesimidagi bosqich, turli korxona va yirik ishlab chiqarish majmualari negizida; 4) tarmoqlar bosqichi, ma’lum bir ijtimoiy ehtiyojni qondirishda xizmat qiluvchi bir necha korxonalar tarmog‘i; 5) hududiy bosqich; 6) iqtisodiyot tarmoqlari bosqichi; 7) davlatlararo iqtisodiy tizim bosqichi.
Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish imkoniyat- laridan kelib chiqqan holda mehnat samaradorligini hududiy hamda tarmoqlararo tahlil qilish muhim o‘rin tutadi. Tarmoq- lararo mehnat samaradorligini tahlil qilish, ma’lum bir guruh iste’molining qondirilish darajasini tadqiq qilish imkoni beradi. Bir turdagi ehtiyojlarning turli hududlarda bir-biridan butkul farq qilishini hisobga olgan holda iqtisodiyot tarmoqlaridagi o‘rtacha hisob-kitoblar iqtisodiy vaziyatni etarli darajada aks eta olmasligini ko‘rish mumkin. Bu esa har bir hududda o‘ziga xos tahlil o‘tkazish zarurligini ko‘rsatadi.
Mehnatning maqsadi va shuningdek resurslar sarfini belgilab beruvchi ehtiyojlarning ko‘p qirraligi mehnat samara- dorligi mezonini yaratishni taqozo qiladi. Keng ma’noda “Mezon”bu biror narsani tartibga solish, aniqlash yoki baho berishda asosiy o‘rin tutuvchi belgi, asosdir. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “mezon” so‘ziga qo‘yidagicha izoh berilgan: ushbu so‘z arab tilidan olingan bo‘lib “taqqoslash yoki baholash uchun o‘lchov, tarozi; muvozanat, odillik”37; ma’nolarini anglatishi e’tirof etilgan. Bu so‘z rus tilida ishlatiladigan “kriteriya”38 so‘zini mazmunini anglatadi. Iqtisodiy adabiyotlarda mezon tushunchasiga turlicha izoh beriladi. Masalan: V.O.Pilipenko tomonidan qo‘yidagicha ta’rif beriladi: Mezon – bu 1) ma’lum bir talablarga mosligi nuqtai-nazaridan biror bir hususiyatni baholashda foydalanadigan asosiy hususiyatning bahosi; 2) baholash jarayonidagi asosiy yo‘nalish; 3) umumiy sifat ko‘rsatkichi hamda rivojlanish bosqichini ko‘rsatuvchi miqdor jihatidan ko‘pgina ko‘rsatkichlarga asoslangan izoh39. M.Allening ta’rifiga ko‘ra, samaradorlik mezoni qo‘yidagi maqsad va vazifalarni aks ettiradi: “ijtimoiy ehtiyojni to‘la ma’noda qondirish va cheklangan resurslarni sarflashni minimal darajada qisqartirish. Shu sababdan ham ijtimoiy-iqtisodiy tarafdan qaraganda, moddiy va ma’naviy jamiyat ehtiyojini qondirishi mumkin bo‘lgan har qanday mehnat turi samarali hisoblanadi. Texnik-ishlab chiqarish nuqtai- nazaridan qaraganda esa ijobiy natijaga erishish uchun har qanday mehnat turini zamonaviy texnik vositalar orqali minimal darajada qisqarishi samaradorlik mezonini belgilab berishi mumkin”40.
Mehnat samaradorligining mohiyatidan kelib chiqqan holda uni umumiy mehnat sarfi va qo‘lga kiritilgan foyda orasidagi munosabat orqali ifoda etish mumkin41 (1.2.1-formula).

Bunda: MсM – mehnat samaradorligi mezoni; ИИчМс – iqtisodiy ishlab chiqarish mehnat samaradorligi; ИжИMс – ijtimoiy-iqtisodiy mehnat samaradorligi; ИжMс – ijtimoiy mehnat samaradorligi; MИчMс – moddiy ishlab chiqarish mehnat sarfi; НИчMс – nomoddiy ishlab chiqarish mehnat sarfi.
Bundan kelib chiqadigan bo‘lsak, mehnat insonning turli ko‘rinishdagi ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilganligini hisobga olgan holda uning samaradorlik mezonini aniqlash qiyin emas: u har bir natija qiymatining oshishi va unga sarflanadigan turli ko‘rinishdagi xarajatlarning qisqarishi natijasida ortib boradi.
Ayrim ishlab chiqarish resurslari xarajatini tavsiflovchi alohida ko‘rsatkichlar orasida mehnat unumdorligi muhim ahamiyatga ega, uning mohiyati shundaki, unda ma’lum bir vaqt oralig‘ida insonlarning ishlab chiqarishdagi mehnat mahsulini aks etadi.
Boshqa alohida ko‘rsatkichlar esa ishlab chiqarishda moddiy resurslardan ehtiyojga ko‘ra foydalanish darajasini ifoda etadi. Masalan: asbob-uskuna, xom-ashyo, material va energiya. Alohida ko‘rsatkichlar tizimida fond qaytimi ko‘rsatkichi mahsulot ishlab chiqarish jarayonining bir sikl doiraviy aylanishida amortizatsiya ajratmalarini hisoblashda muhim o‘ringa ega.
Ijtimoiy-iqtisodiy mehnat samaradorligi ko‘rsatkichini aniqlashda jismoniy va iqtisodiy ish o‘rinlarini alohida farqlash lozim bo‘ladi. Jismoniy ish o‘rnini bir paytning o‘zida bir necha kishi egallashi mumkin va bu korxonada ish vaqti (smena) qanday tashkil qilinganligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Iqtisodiy ish o‘rni esa bir shaxsning bandligini ta’minlovchi bir qator ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar jamlanmasidan iborat.
Bundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, iqtisodiy jihatdan nafli ish o‘rni inson uchun tirikchilik daromadining minimum qiymatini tashkil etishi hamda davlat uchun soliqqa tortish ob’ekti va byudjetdan tashqari fondlarga maqsadli ajratmalarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi lozim. Agar iqtisodiy jihatdan nafli ish o‘rni tushunchasini korxona, tarmoq va hududlar miqyosida keng qo‘llasak, unda ijtimoiy-iqtisodiy mehnat samaradorligi o‘zida barcha iqtisodiy ish o‘rinlarining o‘rtacha mehnat haqi va soni kabi ko‘rsatkichlarni aks ettiradi. Biroq iqtisodiy ish o‘rinlari haqidagi bu tushuncha norasmiy bandlikni butunlay inkor etadi, jumladan, bunday ish o‘rinlari ularning egalariga hayot kechirishi uchun etarlicha daromad keltirishi, shu bilan birga umumiy iqtisodga hech qanday hissa qo‘shmasligi mumkin. Shu sababdan ham iqtisodiy ish o‘rni nafaqat ish o‘rnining jamiyatdagi o‘rni, balki uning umumdavlat ravnaqiga qo‘shayotgan ijtimoiy-iqtisodiy hissasi ham ko‘zda tutiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy mehnat samaradorligini korxona, tarmoq va hududiy jihatdan hisoblashda mehnatga haq to‘lash fondi asosiy manba (baza) sifatida olinadi. Bu shu uchun muhimki, odatda ishchilarning real daromadi hisoblangandan ham ko‘p bo‘ladi, bunga moddiy yordam va ijtimoiy moddiy to‘lov (tibbiy ta’til, xomiladorlik ta’tili) fondlaridan ajratilayotgan mablag‘lar bevosita ta’sir ko‘rsatadi va bu esa daromadlarning soliq to‘lovlariga tortilmasdan qolishiga sabab bo‘ladi. Tegishli ravishda asosiy mehnat haqi fondi umumiy band bo‘lganlarga nisbatan hisoblaganda minimal mehnat haqidan kam bo‘lmasligi lozim. Shuni ham ta’kidlash joizki, mehnat samaradorligining oshishi – mehnat haqining ko‘tarilishi uchun zarur bo‘lgan talabdir. Boshqa tomondan olganda esa, mehnat haqining ko‘tarilishi ishchilarni ruhlantiradi va bu mehnat samaradorligi oshishining muhim omili hisoblanadi. Bundan kelib chiqqan holda ijtimoiy- iqtisodiy mehnat samaradorligini qo‘yidagicha aks ettirish mumkin (1.2.2-formula):


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling