“raqamli iqtisodiyot” kafedrasi boxodirov bunyod otasini ismi


Download 0.85 Mb.
bet10/32
Sana04.04.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1327728
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32
Bog'liq
Xodimlar ish samaradorligini oshirish 2022 (5)

Bunda: ИжИMс ijtimoiy-iqtisodiy mehnat samaradorligi; AИXФ asosiy ish xaqi fondi; Бс umumiy band bo‘lganlar soni; M minimal mehnat haqi, so‘m.
Yuqori ijtimoiy-iqtisodiy mehnat samaradorligi har bir inson tirikchiligi uchun zarur bo‘lgan iste’mol mahsulotlari va nooziq-ovqat mahsulotlarini harid qilishga etarli bo‘lgan eng kam mehnat haqining asosiy mehnat haqi fondi bilan solishtirma qiymati oshishiga bog‘liq bo‘ladi. Yuqorida qayd etilgan 1.2.2- formula yordamida korxona, tarmoq yoki hududda band bo‘lgan ishchi- xizmatchilarning o‘rtacha mehnat haqi miqdorini aniq ifoda etish mumkin.
Iqtisodiy statistikada foydalaniladigan boshqa bir doimiy ko‘rsatkich – bu ishlab chiqarish resurslaridan foyda- lanishning umumiy hajmida mehnat haqining ulushidir. Bunda mehnat haqining ikki yoqlama rolini hisobga olish zarur, zero, bir tomondan, u ishlab chiqarish xarajatlariga kirsa, ikkinchi tomondan u jamiyat ishlab chiqarilishida mehnatning ijtimoiy- iqtisodiy natijasini ham o‘zida aks ettiradi.
Ijtimoiy-iqtisodiy mehnat samaradorlikni tashqi tomon- dan qaraganda aholining tobora oshib boruvchi ehtiyojlari ko‘rinishidagi ko‘rsatkichlar tarzida namoyon bo‘ladi. Jamiyatning umumiy ko‘rinishdagi va uning a’zolarining yakka tartibdagi barcha ehtiyojlarini tom ma’noda qondirish, amaldagi ehtiyojlar hamda real qondirilishi mumkin bo‘lgan ehtiyojlar bilan birgalikda ishlab chiqaruvchilar faoliyatlarining eng muhim ijtimoiy natijasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy mehnat samara- dorligi va iqtisodiy ishlab chiqarish mehnat samaradorligi mezonlarini tasniflashda ularning natijalar yaxlitligini (mezonning maqsadi, natija ko‘rsatkichi) 1.2.1-jadvalda ifoda etamiz.
Mazkur 1.2.1-jadvalda qayd etilgan mezonlar va ularning ko‘rsatkichlaridan ishlab chiqarish korxonalari faoliyatida mehnat samaradorligini oshirish mezonlari mohiyatini to‘liq tushun- moqlik uchun mehnat samaradorligini baholovchi “resurs-sarf” va “maqsadga yunaltirilganlik” yondashuvlarini tadqiq qilish muhim hisoblanadi.



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling