Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi ikkinchi (sirtqi) ta’lim 2-bosqich talabasi
I.2. Bozor iqtisodiyotiga o`tish yo`llari
Download 260 Kb.
|
I.2. Bozor iqtisodiyotiga o`tish yo`llari
Bozor iqtisodiyoti deganda hozirgi rivojlangan mamlakatlardagi iqtisodiyot- tushuniladi. Albatta bu iqtisodiyot uzoq taraqqiyot natijasida yuzaga kelgan. Tovar-pul munosabatlari asrlar davomida sekin-asta rivojlangan, turli shakllarga kirgan (masalan, kapitalistik) va nihoyat 20 asrning 2-yarmidan boshlab hozirgi bozor iqtisodiyoti shakllandi. Uning asl namunasini hozirgi iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda ko`rish mumkin. Tarixan qaraganda bozor iqtisodiyotining ikki turi bor. Birinchisi — asov yoki yovvoyi bozor iqtisodiyoti. Bunday iqtisodiyotining asl namunasi 18 va 19 asrlarda bo`lgan. Uning ba`zi alomatlari hozir ham uchrab turadi. Uning quyidagi asosiylarini sanab o`tamiz: 1) Yakka egalikdagi xususiy mulkning hukmron bo`lishi, mulkning ozchilik qo`lida to`planishi, - boy va kambag`allikka keng yo`l ochilishi. 2) Iqtisodiyotning stixiyali o`sishi, ya`ni iqtisodiy beboshlik tartibsizlik bo`lishi, - oqibatda inqirozga uchrash. Noma`lum bozor uchun ko`r-ko`rona ravishda tovar ishlab chiqarish - tovarning sotilish yoki sotilmasligining noma`lumligi Raqobat kurashining qonun-qoidasiz - terror, zo`ravonlik, qalloblik kabi g`ayriinsoniy usullar bilan borishi. 5) Tadbirkorlar o`rtasidagi sherikchilik aloqalarining tasodifiy bo`lishi. 6) Davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi, undan chetlashib qolishi. 7) Tartibsizlik natijasida kuchli iqtisodiy tangliklar va bo`hronlarning kelib chiqishi, iqtisodiy talofatlarning yuz berishi. 8) Kishilarning o`ta boy va o`ta kambag`allarga ajralib ular o`rtasidagi sinfiy kurashning mavjudligi, ijtimoiy muvozanat yo`qligi. Bunday iqtisodiyotni asov daryoga tenglashtirish mumkin. Asov daryo tartibsiz oqadi, uning o`zanlari tez o`zgarib turadi, uning suvini tartibga soluvchi to`g`onlar, suv omborlari bo`lmaydi. Bunday daryo nafaqat obi-hayot, balki toshqinlar, qirg`oqlarni yuvib ketish bilan talofat ham keltiradi. Masalan Jayxun (amudaryo) eski To`rtko`l shahrini yo`q qilishi. Rasm 1.1. Bozor iqtisodiyotiga o`tish yo`llari Ammo yovvoyi iqtisodiyot abadul-abad saqlanmaydi. U madaniylashgan bozor iqtisodiyotiga aylanib borishga majbur. Madaniylashgan bozor iqtisodiyotining ham o`ziga xos belgilari bor: 1) Asosiy bo`lgan xususiy mulk bilan bir qatorda boshqa mulk yo`llari xam mavjud bo`ladi, mulkiy muvozanat yuzaga keladi. 2)Iqtisodiyotdagi beboshlik qattiq cheklanadi, iqtisodiyot tartiblanadi. 3) Bozor talabni hisobga oladi, ishlab chiqarish talabiga moslashadi, bozordagi noma`lumlik ahyon-ahyon uchrab turadi. Raqobat kurashi belgilangan qoidalarga binoan halol kechadi, uning madaniy usullari qo`llaniladi. Iqtisodiyot sub`ektlari (ishtirokchilari) o`rtasida doimiy va uzoq davrga mo`ljallangan, o`zaro manfaatli sherikchilik aloqalari o`rnatiladi. 6)Davlat, iqtisodiy hayotga aralashadi, o`z chora-tadbirlari bilan iqtisodiy tamoyillarning amal qilishi uchun sharoitlar hozirlaydi. Iqtisodiyot tartiblanib turishidan chuqur iqtisodiy tangliklar yuz bermaydi, iqtisodiy tanglikdan tezda chiqiladi. Iqtisodiyot yuksak bo`lishidan jamiyat boy bo`ladi, shu sababdan tadbirkorlik faqat foyda topish uchun emas, balki el og`zi tushish, obro`-e`tiborli bo`lish uchun ham olib boriladi. Iqtisodiyot ijtimoiy (sotsial) yo`naltirilgan,ommaning farovonligini ta`minlashdek aniq mo`ljalga ega bo`ladi. 1980-1990 yillarga kelib dunyoda ro'y bergan muhim o'zgarishlar iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to'g'risidagi nazariyalarni qaytadan ko'rib chiqish va ularga jiddiy o'zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo'ydi. Chunki bu vaqtga kelib G'arbiy mamlakatlarda uzoq vaqtdan beri (A.Smit davridan boshlab) hukm surib kelgan erkin iqtisodiy tartibga solish, ya'ni iqtisodi- yotning o'zini-o'zi tartibga solish g'oyasi ham, iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarzda tartibga solish va boshqarish g'oyasi ham inqirozga uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy taraqqiyot-ning sifat jihatdan yangi yo'llarini qidirib topish zarur bo'lib qoldi. Bu vaqtga kelib ko'pgina rivojlangan mamlakatlarning ta- jribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yo'li - ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti deb tan olindi va aksariyat davlatlar shu yo'lni tanladilar. Lekin bunday bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llari (modellari) xilma-xil bo'lib, ularning umumiy va xususiy to-monlari farqlanadi. Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o'tishning barcha yo'llari umumlashtirilib, quyidagi uchta asosiy turga bo'linadi: 1) rivojlangan mamlakatlar yo'li; 2) rivojlanayotgan mamlakatlar yo'li; 3) sobiq sosialistik mamlakatlar yo'li; 4) sosializm g'oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish mexa-nizmi bilan qo'shib olib borish yo'li (Xitoy, Vyetnam). Bu yo'llar turli tuman va har xil bo'lishiga qaramay ularda umumiylik mavjuddir. Ularning umumiyligi shundaki, ularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o'tishni maqsad qilib qo'yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun- qoidalari, amal qilish mexanizmi ko'p jihatdan umumiy bo'ladi. Shu bilan birga har bir yo'lning o'ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo'lishidan kelib chiqadi. Masalan, bozor munosabatlariga o'tishning rivojlangan mamlakatlar yo'lida oddiy tovar xo'jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin bozor iqtisodiyofiga va undan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o'tiladi. Mustamlakachilikdan ozod bo'lib, mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'lining xususiyati -bu qoloq, an'anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o'tishdir. Nihoyat, sobiq sosialistik mamlakatlar yo'lining mu-him belgisi markazlashtirilgan, ma'muriy - buyruqbozlikka asoslangan iqtisodi-yotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor tizimiga o'tishdan iboratdir. Bu yo'lning boshqa yo'llardan farqi shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo'q, ular batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga uchinchi yo'lda bozor munosabatlariga o'tayotgan mamlakatlarning o'zi o'tish sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo'jalik yuritish shakllari bilan bir- birlaridan farqlanadi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o'tishning mazkur yo'lining o'ziga xos xususiyatlaridir. Jahon tajribasi ko'rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga revolyusion yo'l bilan, ya'ni jadal usulda yoki evolyusion yo'l bilan bosqichma-bosqich o'tish mumkin. Birinchi holda, tub is-lohotlarni o'tkazish, awalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy tnunosabatlarni birdaniga va batamom sindirish talab etiladi. Bu «karaxt qilib davolash» usuli («shokovaya terapiya») deb ataladi. Eski iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-bosqich yangi bozor munosabatlariga aylantira borib, samarali bozor iqtisodiyotini shikastsiz vujudga keltirish mumkin. Tslohotlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, evolyusion yo'l kamroq ijtimoiy larzalarga olib ke-ladi, ancha izchil va muqarrardir. Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llarigina emas, balki uning andozalari ham xilma-xildir. Eng awalo, ular shunday bozor iqtisodiyoti vujudga keltirilayotgan va amal qilib turgan mamlakatlarning milliy xususiyatlari va an'analari bilan farq qiladi. Shu boisdan bozor iqtisodiyotining ma'lum andozalari ularni amalga oshiruvchi muayyan mamlakatga mansubli-giga qarab ajratiladi. Masalan, Germaniya, Janubiy Koreya, Turkiya, Argentina, Polsha andozalari va hokazo. Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o'tishning zarurligi iqtisodiy o'sish ekstensiv omillaridan foydalanish imkoniyat-larining tugab borishi bilan notdvar iqtisodiyotning amal qilish layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi. Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyatli kamchilikka ega. Birinchisi -- bu uning moslashuvchan emasligi. ro'y berayotgan o'zgarishlarga juda sekinlik bilan moslashib borishi. Markazdan turib boshqarishning moddiy va moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash bo'yicha qarori ko'rinishidagi moslashtiruvchi mexanizmi vujudga kelgan nomutanosiblik o'zining qaltis nuqtasiga yetgan vaqtdagina ishga tushadi. Ik-kinchi kamchilik bu xo'jalik yuritish tashabbuskorligini «yo'qotib yuborish» oqibatida samaradorlikning nihoyat dara-jada pasayib ketganligidir. Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o'tish turli mamlakatlarda umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon iqtisodiyotni erkinlashtirish, chuqur institusional (eng awalo, mulkchilik munosabatlarida) o'zgarishlarni o'z ichiga oladi, biroq, bir vaqtning o'zida moliyaviy barqaror- lashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirilishini taqozo etadi. Ma'muriy-buyruqbozlik tizimini o'zgartirish mazkur tizim asosining o'zgarishini hamda uni sifat jihatidan farq qiluvchi bozor tizimiga almashtirilishini anglatar ekan, bunday turdagi o'zgarishlarni tizimiy islohotlar deb atash maqsadga muvofiq bo'ladi. Download 260 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling