«raqamli iqtisodiyot» kafedrasi «iqtisodiyot nazariya» fanidan
Bozor iqtisodiyotini vujudga kelishi va unga o’tishning asosiy modellari
Download 274.29 Kb.
|
Bozor iqtisodiyotining mohiyati va uning asosiy belgilari
2. Bozor iqtisodiyotini vujudga kelishi va unga o’tishning asosiy modellari
Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti davomida tovar xo’jaligi bag’rida bozor iqtisodiyoti vujudga kelib, u borgan sari rivojlanib borishini ko’rsatdi.XVII–XVIIIasrlarga kelib, insoniyat xususiy mulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyotiga o’tdi. Iqtisodiyotda unga xos bo’lgan tub belgilar sekin-asta shakllanib, pirovard natijada qator afzalliklar hamda ayrim kamchiliklari bo’lgan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga xos yaxlit iqtisodiy tizim tashkil topdi. Dastlab, yakka xususiy mulk monopoliyasi xukmron bo’lib, kapitalistik jamiyatga xos ziddiyatlar kuchaygan. XIX asr o’rtalarida marksistik g’oya vujudga keldi. Bu g’oyaga binoan jamiyat a’zolarining farovon yashashi, adolat o’rnatilishi uchun adolatsizlikningbosh manbai xususiy mulkchilik yo’qotilishi lozim edi. Shu g’oyaga binoan sobiq ittifoqva ayrim mamlakatlardaxo’jalik yuritishning alternativ variantitarzida ma’muriy buyruqbozlik, markaziy rejalashtirishga asoslangan xo’jalik yuritish vujudga keldi. Bu xo’jalik yuritish shaklida: Xususiy mulkchilikni yo’qotish; Bozor, tovar-pul munosabatlarini tugatish; Ne’matlar va resurslarni taqsimlashningbozor mexanizmi o’rniga ijtimoiy mulkchilikka asoslangan davlat taqsimoti va nazoratini o’rnatish; Har bir kishini yaratgan ne’matlardagi ulushini qilgan mehnatiga qarab belgilash, mehnat miqdorini esa ish vaqti asosida aniqlash ko’zda tutiladi. Tarixiy paradoks shundaki, marksizmning asosiy konsepsiyasi – insonni nurli kelajakkaolib borishningnazariy jihatdan ilgari surilgan g’oyasi bilan tarixiy tajribada erishilgan natija keskin farq qiladi. Tarixiy tajriba ijtimoiy mulkchilikka, bir markazdan, reja asosida boshqarishga asoslangan iqtisodiyot sarob ekanligini ko’rsatdi. Shunday bo’lishi muqarrar edi. Sababi, xususiy mulkchilikka barham berib, ijtimoiy, ya’ni davlat mulki monopoliyasini o’rnatilishi bozor munosabatilarini cheklash, monopolizmni vujudga keltirish va bozor iqtisodiyotining harakatga keltiruvchi asosiy kuch bo’lgan raqobatni yo’qolishiga olib keladi. Bozor iqtisodiyotida yuqori darajada bajarilgan ishnirag’bat- lantirish mehnat bozoridagi raqobat orqali hal etiladi. Aynan mehnat bozoridagi raqobat mehnatning yuqori unumdorligi va ish sifatini ta’minlaydi. Ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobat esa xarajatlarni pasaytirish, mahsulot sifatini yaxshilashga olibkeladi. Narxlarning erkinligi esa zarur tovar va xizmatlarmo’l ko’lligini ta’minlaydi. Ma’muriy buyruqbozlikka asoslanganxo’jalik yuritishda ishhaqi markazlashmagan tarzda stavkalarasosida reja bo’yicha belgilangan. Iqtisodiy rag’batlantirishdan ko’ra mehnatga majbur qilish ko’proq rol o’ynagan. Korxonalarda mablag’larni muqobil ishlatishning iloji yo’q, chunki butun faoliyat rejadan chiqmasligi kerak edi. Zarar keltiradigan korxo-nalarning bankrot bo’lish xavfi yo’qligi ularning samarali ishlash zaruratini yo’qqa chiqaradi.Zarar keltiradigan korxonalar dotatsiya olar, foyda keltiradiganlar mablag’i byudjetga tortilar edi.Foydaning rag’bat- lantiruvchi roli yo’qqa chiqarildi.Asosiy e’tibor direktiv reja topshi- riqlarini bajarishga qaratildi. Har birkorxonalarning ish faoliyatiga rejani bajarishigaqarab baho berildi. Belgilangannarxlarningqat’iyligi ham samarasiz xarajatlar ko’payishiga olib keldi. Ikkinchi tomondan,taqchillikning asosiy sabab- laridan biriga aylandi. Bozor iqtisodiyoti esa demokratiyaga asoslangan. Iqtisodiy demokratiyaning asosi – bozor. Uiqtisodiyotdan tortib jamiyat hayotining siyosiy, huquqiy-ma’naviy tomonlarigachademokratlashuviga olib keldi. Bozor munosabatlari tizimida shunday rag’batlantiruvchi kuch joylanganki, u muttasil iqtisodiy o’sish va sotsialrivojlanishnita’minlaydi. Bozor tizimining afzalligini Tailand, Janubiy Koreya, Tayvan, Singapur kabi Osiyo mamlakatlari ham namoyish etdi. Hozirgi paytda Xitoy, Sharqiy Germaniya (Sobiq GFR), Vetnamham uning ustunligini ko’rsatmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tishtarixiy ob’ektiv zarurat bo’lib, kelajakda ravnaqtopishining, oqilona xo’jalik yuritishga erishishning yagona yo’li sifatida O’zbekiston hambozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lini tanladi. XXasrga kelib bozor iqtisodiyotiga o’tishglobal,ya’ni umumjahon voqyeligiga aylandi.Bozor iqtisodiyotiga o’tish murakkabjarayon, shuning uchun u uzoq vaqt davom etadi. Undan tashqari, har bir mamlakatning o’ziga xos xususiyatlari mavjud bo’lib, bozor iqtisodiyotiga o’tishning turli modellari, yo’nalishlari asosidaamalga oshadi. Har bir mamlakatning bozor iqtisodiyotiga o’tishining o’ziga xos yo’li quyidagi omillarga bog’liq: Geografik o’rni; Tabiiy resurslarning mavjudligi va ularning zaxirasi; Tarixiy taraqqiyot darajasi; Aholining an’analari va urf-odatlari; Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi; Jamiyatning ijtimoiy yo’nalishi. Shu bilan birga bozor iqtisodiyotimodellarining umumiy tomonlari bo’lib, bular: Bozor iqtisodiyotiningturli-tuman mulkchilikka asoslanganligi; Tovar va xizmatlarga erkin narxlar ustunligi; Raqobat kurashiga asoslanishi; Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ma’lum tizimi mavjudligi va boshqalardan iborat. Bozor iqtisodiyoti barchamamalakatlarda o’z xususiyatlari va umumiy tomonlarining o’ziga xos qorishmasidan iborat bo’lib, iqtisodiy fanda har hil model (andoza) tarzida ifodalanadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish modellarinitarixiynuqtai nazardan 3 guruhga bo’lish mumkin. Ana shunday guruhlarga bo’lishning asosiy mezoni qilib: Davlat dasturlarining maqsadi, yo’nalishi; Iqtisodiyotni tartibga solish usullari; Iqtisodiyotda davlat sektorining ulushi; Ish haqidagi farq kabilar olinadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning quyidagi asosiy modellarini ajratib ko’rsatishadi: I.G’arbiy yevropa mamlakatlari va boshqa rivojlangan mamlakatlar yo’li. Bunda bozor iqtisodiyotiga evolyusion o’zgarishlar orqali o’tib boriladi. XX asrning 30-yillariga kelib, ayniqsa50-yillardan bu jarayon yanada tezlashdi.Bu modelni iqtisodchilar klassik model deb ataydilar. U bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlar uchun namuna bo’lib xizmat qilishi mumkin. Chunki,klassik modelda bozor iqtisodiyotining qonun- qoidalari, hayotiyligi sinab ko’rilgan.Klassik modelning o’zi ham 3 ga bo’linadi: 1.Sotsial bozoriqtisodiyotimodeli ko’proq fuqarolar manfaatini himoya qilish, uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqish, aholining haddan ziyod tabaqalanishiga yo’l qo’ymaslik, davlat mulkiulushining boshqa modellarga qaraganda ko’pligi (25–30%) bilanajralib turadi. Bu model Germaniya, Avstriya, Skandinaviya mamlakatlariga xos. 2.Aralash yoki erkin bozor iqtisodiyoti modelida esadavlat tadbir- korlikni rivojlantirish uchun sharoit yaratishi, iqtisodiyotni tartiblashda ustun darajada taktik usullardan foydalanish, iqtisodiyotda davlat mulkining hissasi (10% atrofida) kamligi, aholining tabaqalanishi, ish haqidagi farqning kattaligi bilan ajralib turadi. Bu modelni qo’llagan eng tipik mamlakat sifatida AQSh ni ko’rsatish mumkin. 3.Korporativ iqtisodiyot modeli davlatning yirik biznes manfaatini himoya qilish, asosiy ustuvor tarmoqlarni aniqlab, ularning rivoj- lanishiga yordam berish, davlat mulki hissasi kamligi, lekin ishhaqidagifarq haddan tashqarikatta emasligi bilan farqlanadi. Bu ijobiy natijalar bilan o’tish Yaponiyada va uning izdoshlari bo’lgan mamlakatlarda qo’llanilgan. II. Mustamlakachilikdan ozod bo’lib, mustaqil taraqqiyot yo’liga o’tib rivojlanayotgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi malakatlari yo’li. Bu yo’l mustamlakchilikdan qolgan qoloq, an’anaviy iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lidir. Bunda bozor iqtisodiyotiga xos belgilar turli xo’jaliklar: azaliy natural xo’jalik, rivojlanish darajasi, bozor munosabat-lariga tortilishi jihatidan farq qilishiga qaramay, transformatsiya orqali yuz beradi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda bozor iqtisodiyotiga o’tish: a) bozor infrastrukturasini yaratish; b) iqtisodiyotni barqarorlashtirish; v) sanoat tarmoqlarini (ayniqsa qayta ishlovchi) vujudga keltirish orqali yuz beradi. 1-jadval Download 274.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling