Raqamli iqtisodiyot nima? Raqamli iqtisodiyot


Download 356.33 Kb.
bet6/9
Sana29.04.2023
Hajmi356.33 Kb.
#1401493
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ishlab chiqarishda buxg

2020/2021 o’quv yilidan:

  • Oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida o’qishga qabul qilish parametrlari bosqichma-bosqich ikki baravar oshiriladi (22696 tadan 45392 taga);





  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti va Toshkent davlat yuridik universitetlarida tajriba tariqasida masofaviy o’qitish shakli joriy etiladi.



  • 2020-yil yakuniga qadar majburiy tibbiy sug’urta tibbiy su’g’urta tizimini joriy etishga tayyorgarlik yakuniga yetkaziladi va 2021-yilda ushbu tizim tajriba tariqasida Sirdaryo viloyatida ishga tushiriladi.


2020-yil 1-mayga qadar:


  • O’zini o’zi band qilayotgan fuqorolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari beriladigan faoliyat turlari qayta ko’rib chiqiladi;



  • Mazkur jarayonlarni raqamlashtirish, “frilansing” (masofadan turib ishlash) imkoniyatlarini ommalashtirish bo’yicha “yo’l xaritasi” ishlab chiqiladi.


Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash hamda tashqi siyosat sohasida:


  • 2020-yil 1- sentyabrga qadar xalqaro standlarni inobatga olgan holda davlat siri deb hisoblangan ma’lumotlar ro’yxatini qayta ko’rib chiqish hamda uni maxfiylikdan chiqarish bo’yicha choralar ko’riladi;

  • 2020-yil 1-sentyabrga qadar kiberxavfsizlikka doir milliy strategiya va qonun loyihasi ishlab chiqiladi;

  • 2020-yil 1-mayda qadar Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston respublikasining milliy strategiyasi tayyorlanadi;

  • 2020-yil 1-iyunga qadar O’zbekiston respublikasi yagona axborot siyosati ishlab chiqiladi;

  • 2020-yil iyul oyida – “Xalqaro do’stlik kuni” munosabati bilan birinchi marta “Do’stlik haftaligi” va “Do’stlik” xalqaro forum-festivali o’tkaziladi;

  • 2020-yil may oyida – Inson huquqlari bo’yicha Osiyo forumi tashkillashtiriladi.

Xalqaro munozara klubi” ning tashkil etilishi nazarda tutilmoqda va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilanmoqda:

  1. Mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, islohotlarni amalga oshirishning muhim masalalari bo’yicha oshirishning muhim masalalari bo’yicha jamoatchilik muhokamasini o’tkazish hamda keng yoritish;

  2. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati va samaradorligini doimiy ravishda baholab borish tizimini yo’lga qo’yish maqsadida aholi va ekspertlar o’rtasida so’rov hamda o’rganishlar o’tkazib boorish.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo’llangan Murojaatnomasida 2020 yil – “Ilm -ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilindi. Ushbu Murojaatnomani nafaqat joriy yilga qo’llanma va yo’llanma sifatida, balki yaqin o’rta muddat uchun O’zbekistonning taraqqiyot yo’lini belgilab beruvchi dastur, fundamental ahamiyatga ega bo’lgan hujjat sifatida baholash mumkin.

Ilmsiz, ma’rifatsiz jamiyat va mamlakat taraqqiyotini tasavvur qilish mushkul. Yusuf Xos Hojib o’zining “Qutadg’u bilik” asarida “Bilimsiz kishi mevasiz daraxtdir, mevasiz daraxtni och kishi nima qilsin?!”, deb ilm-ma’rifatning o’rni naqadar dolzarb va muhimligini ko’rsatib o’tgan. Davlatimiz rahbari tomonidan ilm-ma’rifatga alohida urg’u berilishi va bu orqali raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalasi kun tartibiga qo’yilishi iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy jihatdan kuchli, bozor iqtisodiyoti qonunlari to’liq amal qiladigan muhim qadam ifodasidir.

Ta’kidlash lozimki, Prezidentimizning “axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalri sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tog’risida” 2018-yil 19-fevraldagi farmoni Hukumatimiz tomonidan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo’yicha muhim chora-tadbirlar ishlab chiqilishiga va hayotga tadbiq etilishiga asos bo’ldi.

Ba’zilar raqamli iqtisodiyot nega kerak va nima beradi, deb o’ylashi mumkin. Raqamli iqtisodiyot deganda, faqat Blokcheyn (Blockchain) texnologiyasini va ulardan xalqaro moliya bozorlarida foydalanish masalalarini yoki kriptovalyutalarni tushunish kerak emas. Albatta, Blokcheyn texnologiyasi, kriptovalyutalar ham raqamli iqtisodiyotning bir bo’lagi. Lekin raqamli iqtisodiyot (Digital Economy) deganda, raqamli kommunikatsiyalar, IT yordamida olib boriladigan iqtisodiyot tushuniladi. Bunda, yashirin iqtisodiyotga barham berish vositasi sifatida ham qarash mumkin. Chunki birinchidan, barcha operatsiyalar electron ro’yxatdan o’tilishiga erishiladi. Qolaversa, ishlab chiqarishda yangi IT texnologiyalar qo’llanilishi tufayli mahsulot va xizmatlarning tannarxi pasayadi.

Jahon bankining “Raqamli dividentlar” nomli tadqiqoti xulosalari mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning naqadar dolzarb va muhim masala ekanligini ko’rsatadi. Xususan, internet tezligining 10 foizga o’sishi mamlakat YaIM o’sishiga olib keladi. Rivojlangan davlatlarda bu ko’rsatkich 1.21 foizni tashkil etsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda 1.38 foizga teng. Demak, internet tezligi 2 barobar oshadigan bo’lsa, YaIM hajmi 13-14 foiz ortishiga erishish mumkin.


Jahondagi globallashuv sharoitida tashqi migratsiya, xalqaro savdo va kapitallar harakati, turizm, xorijiy investitsiyalar, IT rivojlanishi mamlakatlarning iqtisodiy o’sish su’atlariga ta’sir etadi. Yangi O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ochiqlik, xalqaro iqtisodiy-siyosiy aloqalarning rivojlanishi yurtimizda sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash imkoniyatlarini yuzaga keltirdi. Bunga mamlakatimiz tashqi savdo hajmining o’sishini misol qilib keltirish mumkin. “Elektron hukumat”, “Elektron boshqaruv”, “Telekommunikatsiya”, “Internet”, “Veb-sayt” kabi ko’plab iboralar hayotimizning ajralmas bo’lagiga aylandi. IT kundalik hayotimizning barcha sohasini qamrab olmoqda.

Download 356.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling