RAQAMLI IQTISODIYOT RIVOJLANISHINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va kelgusi taraqqiyotini ilm-fan, ilmiy, ijtimoiy-gumanitar texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot asosida boshqarish tashkil etadi. Bu tizim raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi, axborot sohasida inqilob va iqtisodiyotning globallashuv jarayonlarini tezlashtirish bilan ajralib turadi.
Raqamli iqtisod - xo’jalik yuritishning yangi zamonaviy shakli bo’lib, unda ishlab chiqarish va boshqarishning asosiy faktori sifatida raqamli ko’rinishdagi katta ma’lumotlar majmui va ularni qayta ishlash jarayoni hizmat qiladi. Olingan natijalarni amaliyotda ishlatish esa an’anaviy ho’jalik yuritish shakllriga nisbatan ancha katta samaradorlikka erishishga imkon beradi. Misol sifatida turli xildagi avtomatik ishlab chiqarish jarayonlarini, 3D-texnologiyasini, bulutli texnologiyalarni, masofaviy meditsina xizmatlari ko’rsatishni, aqlli texnologiyalar yordamida maxsulot yetishtirishni va uni yetkasib berishni, turli xildagi tovarlarni saqlash va ularni sotish jarayonlarini keltirish mumkin. [1]
Foydalanilgan adabiyotlar
1.R.H. Ayupov. Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar. O’quv qo’llanma. Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2020,
Do'stlaringiz bilan baham: |