Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobini avtomatlashtirishning roli va ahamiyati
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
raqamli-iqtisodiyot-sharoitida-buxgalteriya-hisobini-avtomatlashtirishning-roli-va-ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili.
www.scientificprogress.uz
Page 244 kamaytirish va ishni tezlashtirish orqali tashkilotlarning raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi [6, 10]. Shu bilan birgalikda, bozor iqtisodiyoti sharoitida deyarli barcha tarmoq va sohalarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, [17] texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash tadbirlarining keng koʻlamda amalga oshirilishi raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Dunyo iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda rivojlanishi xamda uning xususiyatlari korxona faoliyaning professional yondashuvni talab qiladi. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Iqtisodiyotning rivojlanishi, aholi sonining oshishi, resurslarning cheklanganligi, undan oqilona foydalanish zaruriyati, informatsion ma’lumotlarning koʻpayishi iqtisodiyotni raqamlashtirish ehtiyojini keltirib chiqaradi. Hozirgi kunda iste’mol tovarlari xarid qilishda, maishiy xizmatlar va umuman, xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlarida sanoat, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, ta’lim tarbiyaga ham “raqamli iqtisodiyot” shiddat bilan kirib kelmoqda. Shu sababli, respublikamizda davlat va jamiyat taraqqiyotini yanada jadallashtirish maqsadida, xukumatimiz tomonidan bir qancha muhim qarorlar qabul qilindi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yilga “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”[1], deb nom berilishi, Prezidentimizning 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349 sonli “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”[2]gi Farmoni xamda “Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”[3]gi PQ- 3832 03.07.2018 qarori, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 avgustdagi raqamli iqtisodiyotning maqsad va vazifalarini belgilab beradigan “Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorlarining qabul qilinishi respublikamizda raqamli iqtisodiyotni davlat boshqaruv tizimiga tadbiq qilish, zamonaviy axborot texnologiyalarni jadal rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish, axborot havfsizligini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun qonuniy asos yaratdi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling