Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobini avtomatlashtirishning roli va ahamiyati


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana26.07.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1662732
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
raqamli-iqtisodiyot-sharoitida-buxgalteriya-hisobini-avtomatlashtirishning-roli-va-ahamiyati

www.scientificprogress.uz
 
Page 244
kamaytirish va ishni tezlashtirish orqali tashkilotlarning raqobatbardoshligini oshirishga 
yordam beradi [6, 10]. 
Shu bilan birgalikda, bozor iqtisodiyoti sharoitida deyarli barcha tarmoq va 
sohalarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, [17] texnik va texnologik jihatdan 
qayta jihozlash tadbirlarining keng koʻlamda amalga oshirilishi raqobatdosh mahsulotlar 
ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
Dunyo iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda rivojlanishi xamda uning xususiyatlari 
korxona faoliyaning professional yondashuvni talab qiladi.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Iqtisodiyotning rivojlanishi, aholi sonining 
oshishi, resurslarning cheklanganligi, undan oqilona foydalanish zaruriyati
informatsion ma’lumotlarning koʻpayishi iqtisodiyotni raqamlashtirish ehtiyojini 
keltirib chiqaradi. Hozirgi kunda iste’mol tovarlari xarid qilishda, maishiy xizmatlar va 
umuman, xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlarida sanoat, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni 
saqlash, ta’lim tarbiyaga ham “raqamli iqtisodiyot” shiddat bilan kirib kelmoqda. 
Shu sababli, respublikamizda davlat va jamiyat taraqqiyotini yanada jadallashtirish 
maqsadida, xukumatimiz tomonidan bir qancha muhim qarorlar qabul qilindi. Jumladan, 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yilga “Ilm, ma’rifat va raqamli 
iqtisodiyotni rivojlantirish yili”[1], deb nom berilishi, Prezidentimizning 2018 yil 19 
fevraldagi PF-5349 sonli “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini 
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”[2]gi Farmoni xamda “Oʻzbekiston 
Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”[3]gi PQ-
3832 03.07.2018 qarori, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 avgustdagi 
raqamli iqtisodiyotning maqsad va vazifalarini belgilab beradigan “Oʻzbekiston 
Respublikasida raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va yanada rivojlantirish boʻyicha 
qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorlarining qabul qilinishi respublikamizda 
raqamli iqtisodiyotni davlat boshqaruv tizimiga tadbiq qilish, zamonaviy axborot 
texnologiyalarni jadal rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish, axborot havfsizligini 
ta’minlash maqsadida mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun 
qonuniy asos yaratdi. 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling