Raqamli iqtisodiyot sharoitida tashqi manba
Oriental Renaissance: Innovative
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
raqamli-iqtisodiyot-sharoitida-tashqi-manba-ma-lumotlaridan-foydalangan-holda-kameral-soliq-tekshiruvini-o-tkazish-tartibi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
- Ikkinchidan
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 198 w www.oriens.uz June 2021 (Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti) Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga fikriga ko‘ra, soliq ma’muriyatlari raqamli iqtisodiyot qiyinchiliklariga moslashish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirishi lozim: Soliq ma’muriyatchiligi uchun zarur bo‘lgan ishonchli ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini saqlab qolish; Elektron tijorat bilan shug‘ullanuvchi biznes sub’ektlarini identifikatsiyalash tizimini joriy etish; Elektron yozuvlarni olish, ularning formati, uchinchi tomon ma’lumotlaridan foydalanish va yozuvlarni saqlash muddati bo‘yicha xalqaro darajadagi normativlarni qabul qilish; Soliq qonunchiligiga oid, soliq tushumlari va hisobot formalari bo‘yicha ma’lumotlarni saqlovchi veb-saytlarni takomillashtirish. Virtual voqelikni nazorat qilish uchun soliq ma’muriyatlari 2 ta asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga olishi lozim. Birinchidan, axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali elektron tijorat modellari va ulardagi soliq riski menedjmenti o‘rtasidagi assimetriyani kamaytirish. Bunda, Risk menedjment uchun “BIG DATA” texnologiyasini qo‘llash va risk doirasidagi sub’ektlarni ajratib olish muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkinchidan, davlatlararo soliq ma’muriyatlari o‘rtasida elektron axborot almashishni yo‘lga qo‘yishdir. Xalqaro darajada axborot almashish, sub’ektlarning davlatdan tashqarida topgan daromadlarini to‘g‘riligini nazorat qilish imkonini beradi. 5 Soliq risk menedjmenti soliq organlarining turli manbalardan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish qobiliyatiga asoslanadi. Ma’lumotlarni tahlil qilish imkoniyatidan kelib chiqib, soliq risk menedjmenti strategiyasi belgilab olinadi. Ma’lumotlarni samarali tahlil qilishni axborot texnologiyalari vositalarisiz amalga oshirib bo‘lmaydi. 6 Shu o‘rinda taqidlab o‘tish lozimki joriy yilning 5-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori tasdiqlandi. Qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish 5 Rafał Lipniewicz “Tax administration and risk management in the digital age” 2017. 6 Иқтисодий ҳамкорлик ва ривожланиш ташкилоти (OECD),2014 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling