Raqamli iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalar


)Zamonaviy innovatsion raqamli texnologiyalar?


Download 1.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/43
Sana24.01.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1114062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot yakuniy savollaga javob

8)Zamonaviy innovatsion raqamli texnologiyalar? 
Raqamli texnologiyalar hayotimizga shunchalik singib ketdiki, bugungi kunda nafaqat kundalik 
faoliyatimiz, balki ijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivojini ham ularsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. 
Tabiiyki, boshqa sohalarda bo'lgani singari kabi paqamli texnologiyalarni soliq 
ma'murchiligida joriy etish ham uning faoliyatini tubdan o'zgartirmoqda. Bu nafaqat soliq 
to'lovchilar va soliq organlari o'rtasidagi munosabatlar bilan bog'liq bo'lib qolmay, balki 
deklaratsiyalarni taqdim etishdan tortib, to soliqlarni to'lash va ma'lumotlarni saqlash 
usullarigacha ham yangilikliklar kirityapti. 
Xususan, tizimda yagona elektron platformani yaratish orqali ma'lumotlarni kiritish, to'plash, 
shakllantirish, tahlil qilishning zamonaviy uslubi yo'lga qo'yildi. Buning natijasida soliq 
hisobotlarini topshirish jarayoni 5-7 barobarga qisqardi. Ayni kezda 112 guruh va 1348 tovar va 
xizmatlar sinfidan iborat bo'lgan O'zbekiston Respublikasi tovarlar va xizmatlarning yagona 
elektron tasniflagichi uchun veb-portal joriy qilingan. Mahsulotlar va xizmatlar identifikatsiya 
kodlari yordamida 900 mingdan ortiq elektron hisob-fakturalar yaratilgan 
 9)Raqamli texnalogiyalar va ularni rivojlanish tendensiyalari?
“Raqamli iqtisodiyot” tovarlar va xizmatlarni yaratish yoki moslashtirish, bozorga chiqarish 
yoki iste'mol qilish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanishni anglatadi. Raqamli 
yangiliklar qatoriga raqamli banking, elektron tijorat, virtual ta’lim, smartfon ilovalari va 
hamkorlik platformalari kiradi. 
Raqamli texnologiyalarining asosiy rivojlanish bosqichlari sifatida esa quyidagilarni 
keltirishimiz mumkin:
1-bosqich. Boshqaruv jarayonlarni kompyuterlashtirish va avtomatlashtirishning amalga 
oshirilishi (shu jumladan, ARM. ERP. EDI, SRM, SAPR, ASU, ASUTP va boshqalar). 
Telekommunikatsiya tizimlarining rivojlanishi. shu jumladan. simli va simsiz, optik aloqaning 
amalga oshirilishi. 
2-bosqich. On-line platformalarning hayotga tadbiq qilinishi (qidiruv tizimlari, elektron savdo 
maydonlari, masofaviy ta’lim, ijtimoiy tarmoqlar). Bulutli va virtual texnologiyalarning hayotga 
kirib kelishi.
3-bosqich. Katta ma’lumotlarning prediktiv analitikasi, buyumlar interneti, robototexnika, 
additiv texnologiyalarning keng miqyosda ishlatilishi (shu jumladan, 3D-printerlar), sun’iy 
intellekt (shu jumladan, mashina yordamidagi ta’lim jarayoni).

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling