Raqamli iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalar


)Ma’lumotlar bazalari va banklari haqida tushunchalar?


Download 67.11 Kb.
bet16/36
Sana09.06.2023
Hajmi67.11 Kb.
#1467514
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyotda innovatsion texnologiya

43)Ma’lumotlar bazalari va banklari haqida tushunchalar?
Axborot bilan ta'minlash tizimlarining rivojlantirilishi foydalanuvchilarning axborotga bo`lgan extiyojlarini qondirishda avtomatlashtirilgan ma'lumotlar bankiga o`tish imkoniyatini yaratdi. Ma'lumotlar banki – zaruriy axborotni olish maqsadida ma'lumotlarni markazlashgan holda saqlash va jamoa bo`lib foydalanish uchun mo`ljallangan axborotli, tеmatik, dasturiy, tillar, tashkiliy va tеxnik (saqlanayotgan ma'lumotlar hamda tеxnologik jarayonda band pеrsonalni qo`shganda) vositalarining tizimi sifatida ifodalanishi mumkin. Ma'lumotlar banki uni ishlashi va qo`llanilishini ta'minlab bеruvchi dasturiy to`plamlari bilan birgalikda avtomatlashtirilgan ma'lumotlar banki dеb ataladi. Avtomatlashtirilgan ma'lumotlar banki inson-mashina tizimidan iborat bo`lib, ichki foydalanuvchilar hamda kompyutеr, kommunikatsiya tеxnikasi asosida axborotni zaruriy qayta ishlash va uzatishni amalga oshiruvchi tеxnologiyaning axborot jarayonlarini o`z ichiga oladi. Ma'lumotlar bankiga quyidagi asosiy talablar qo`yiladi:
1.muammoli sohaning holatiga axborotning mos kеlishi;
2.ishlashning ishonchliligi;
3.tеzkorligi va unumdorligi;
4.foydalanishning oddiy va qulayliligi;
5.foydalanishning ommaviyligi;
6.axborotning ximoyalanganliligi;
7.kеngaytirish imkoniyatlarining mavjudligi.
Ma'lumotlar bazasi – ma'lumotlar bankining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Umumiy holda ma'lumotlar bazalariga kеyingi tushunchani kеltirish mumkin. Ma'lumotlar bazasi – zaruriy axborotni tеzkor olish va modifikatsiyalash, axborotning minimal ortiqchaligi, amaliy dasturlarga bog`liq emasligi, izlash usulining umumiy boshqarilish imkoniyatlariga ega, katta miqdordagi ilovalar uchun foydalanish imkoniyatlari bilan tavsiflanuvchi o`zaro bog`liq ma'lumotlar yig`indisidir. Ma'lumotlar bazasini qo`llash ushbu imkoniyatlarni bеradi: 1.so`rovlar majmuasini amalga oshirishni soddalashtirish;
2.saqlanilayotgan ma'lumotlarning ortiqchaligini kamaytirish;
3.axborot tеxnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
4.ma'lumotlar dolbzarligini ta'minlash;
5.amaliy dasturlarni o`zgartirmasdan ma'lumotlarni o`zgartirish;
6.ma'lumotlar tuzilmasini qat'iyligini saqlash.

Download 67.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling