Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili


Download 1.08 Mb.
Sana08.01.2022
Hajmi1.08 Mb.
#250009
Bog'liq
yil nomlari




2020 YIL - ILM-MA’RIFAT VA

RAQAMLI IQTISODIYOTNI

RIVOJLANTIRISH YILI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI



O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi 1991 yil 31-avgust kuni e’lon qilingan.

Poytaxti Toshkent shahri. Yer maydoni 448.9 ming km2.

Respublikaning sharqiy va janubiy-sharqiy qismida Tyanshan, Oloy Turkmaniston, Zarafshon va xisor tog’lari bor. Hududidan Markaziy Osiyoning eng kata daryolari Amudaryo, Sirdaryo oqib o’tadi va Orol dengiziga quyiladi.

O’zbekiston Respublikasi aholisi 31 milliondan ortiq.

O’zbekiston Respublikasi Tarkibida Qoraqolpog’iston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahri, shuningdek, 120 ta shahar, 159 ta tuman, 117 ta shaharcha va 1459 ta qishloq(ovul)lar mavjud.

O’zbekiston Respublikasi Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Afg’oniston va Turkmaniston davlatlari bilan chegaradosh.




1996-yil – Amir Temur yili






O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG’I
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi qonun 1991 yil 18 noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari oʻtkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

  

Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Oq rang – poklik, musaffolik va begʻuborlikdir. Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. Qizil chiziqlar – vujudimizda joʻshib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridir. Navqiron yarim oy tasviri qo’lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzidir. Yulduzlar barcha xalqlar uchun ruhiy, ilohiy timsol sanalgan.










O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Gerbi 1992-yil 2-iyul Oliy kengashning X sessiyasida tasdiqlandi.

  

O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda o’ng tomonida - bugʻdoy boshoqlaridan, so’l tomoni esa ochilgan paxta chanoqlari tushuriulgan chambarakdan iboratdir. Gerbning yuqori qismida Respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan: sakkiz qirra ichida joylashgan yarimoy va yulduz ma`nosi musulmonlarning qutluq ramzidir. Gerb markazida himmat, oliyjanoblik va fidoiylik timsoli bo’lgan afsonaviy Xumo qushi qanotlarinio yozib turibdi.










O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi 1992-yil 10-dekabr Oliy kengashning XI sessiyasida qabul qilingan. So’zini A.Oripov yozgan, Musiqasini bastakor M.Burxonov bastalagan.

  

Serquyosh, hur oʻlkam, elga baxt, najot,



Sen oʻzing do'stlarga yoʻldosh, mehribon!

Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,

Shuhrating porlasin toki bor jahon!

NAQORAT


Oltin bu vodiylar - jon Oʻzbekiston,

Ajdodlar mardona ruhi senga yor!

Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon,

Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bagʻri keng oʻzbekning oʻchmas iymoni,

Erkin, yosh avlodlar senga zoʻr qanot!

Istiqlol mashʼali, tinchlik posboni,



Haqsevar, ona yurt, mangu boʻl obod!


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling