Raqamli iqtisodiyotni


Download 200.55 Kb.
bet1/5
Sana11.01.2023
Hajmi200.55 Kb.
#1087639
  1   2   3   4   5
Bog'liq
shoxjaxon


Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot komunikatsiya texnologiyalarini orni.
REJA:

  1. Raqamli iqtisodiyot

  2. Axborot komunikatsiyasi

  3. Axborot texnologiyalari va tizimlari

  4. Robototexnikada va Ishlab chiqarishda axborot texnologiyalari


Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar kirib bormagan soha qolmadi hisob. Jarayonlarni raqamlashtirish orqali xalqimizning ogʻiri-yengil, uzogʻi yaqin boʻlmoqda.
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar kirib bormagan soha qolmadi hisob. Jarayonlarni raqamlashtirish orqali xalqimizning ogʻiri-yengil, uzogʻi yaqin boʻlmoqda.
Soʻnggi paytlarda raqamli iqtisodiyot soʻzi koʻp qoʻllanilmoqda. Xoʻsh, bu oʻzi qanday iqtisodiyot va oddiy iqtisodiyotdan nima farqi bor?
Raqamli iqtisodiyot bu iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalarni qoʻllash asosida amalga oshirish tizimidir. Baʼzida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi.

Masalan, xaridorga poyabzal kerak. Uni bozorga tushib oʻzi bevosita tanlasa va naqd pulga sotib olsa, bu anʼanaviy iqtisod. Internet orqali oʻziga maʼqul tovarni tanlab, tovar egasiga pulni elektron toʻlov tizimi orqali toʻlash va mahsulotni yetkazib berish xizmati orqali olish raqamli iqtisodiyot deyiladi.


Bu masalani eng sodda maishiy misol orqali tushuntirishdir. Aslida, hammamiz allaqachon raqamli iqtisodiyot ichidamiz, uning qulayliklaridan foydalanamiz. Masalan, maoshimiz plastik kartaga tushadi, elektron toʻlov orqali kommunal xizmatlar, telefon, internet va boshqa mahsulot va xizmatlarga toʻlov qilamiz, elektron tarzda soliq deklaratsiyasi topshiramiz, kartadan kartaga pul uzatamiz, uyga taom buyurtma qilamiz va hokazo.
Aslida, raqamli iqtisodiyot noldan boshlab yaratilishi lozim boʻlgan qandaydir boshqacha iqtisodiyot emas. Bu yangi texnologiya, platforma va biznes modellari yaratish va ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga koʻchirish deganidir.
Xoʻsh, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirdik ham deylik, bu bizga nima beradi?
Raqamli iqtisodiyot avvalo, insonlarning turmush darajasini sezilarli darajada oshiradi, bu uning asosiy foydasidir. Yana bir asosiy jihati – korrupsiya va “qora iqtisodiyot”ning asosiy kushandasi hisoblanadi. Chunki, raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi, kerak paytda maʼlumotlarni tez taqdim etadi. Bunday sharoitda biron maʼlumotni yashirish, yashirin bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat haqida toʻliq axborot bermaslikning iloji yoʻq, kompyuter hammasini namoyon qilib qoʻyadi. Maʼlumotlar koʻpligi va tizimliligi yolgʻon va qingʻir ishlarga yoʻl bermaydi, bir soʻz bilan aytganda, tizimni aldash imkonsiz.
Oʻzbekistonda raqamli iqtisodiyot qay darajada rivojlangan?
Taʼkidlash joizki, bugungi kunda foydalanuvchilar oziq-ovqat mahsulotlariga buyurtma berish uchun Telegram botlaridan faol foydalanmoqda. Shuningdek, turli internet doʻkonlar, elektron toʻlov tizimlari ham faol rivojlanib bormoqda. Demak, fuqarolarimiz elektron bitimlarga ishonyapti. Faqat hozirgi kungacha foydalanuvchilar katta xarajat talab qilmaydigan kichik bitimlardan foydalanmoqda, oʻrtacha xarid hajmini oshirishga esa unchalik tayyor emas. Endigi masala oʻrtacha va yirik iqtisodiy bitim va moliyaviy operatsiyalarni raqamli texnologiyalar orqali amalga oshirishni rivojlantirishdan iborat.
Natijada mablagʻlarni oʻgʻirlash, samarasiz va maqsadsiz sarflash, oshirib yoki yashirib koʻrsatish imkoni qolmaydi. Bu esa iqtisodiyotga legal mablagʻlar oqimini oshiradi, soliqlar oʻz vaqtida va toʻgʻri toʻlanadi, byudjet taqsimoti ochiq boʻladi, ijtimoiy sohaga yoʻnaltirilgan mablagʻlar oʻgʻirlanmaydi, maktablar, kasalxonalar, yoʻllarga ajratilgan pullar toʻliq yetib boradi.
Davlatning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yoʻlini tanlaganligi axborot texnologiyalari sohasida va umuman, elektron hujjatlar aylanmasi sohasida yangi yoʻnalishlar ochib beradi. “Raqamli texnologiyalar” tomon burilishga butun jahon internet tarmogʻi va sifatli aloqaning rivojlanishi sababchi boʻldi.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi, shu jumladan, “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish bilan bog’liq loyihalarni davlat-xususiy sheriklik shartlarida amalga oshirish uchun investorlarning mablag’larini jalb etish va birlashtirish asosiy vazifalaridan biri hisoblangan davlat muassasasi shaklidagi “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi tashkil etilgan.
O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasining “Universal Mobile Systems” mas’uliyati cheklangan jamiyati ustav kapitalidagi davlat ulushini 100 foiz miqdorda “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash jamg’armasiga beg’araz asosda topshirilgan.
Shuningdek, jamg’arma tomonidan ushbu qarorga muvofiq olingan mol-mulk yuridik shaxslarning foyda solig’i bo’yicha soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi va “Universal Mobile Systems” MChJ ustav kapitalidagi ushbu qarorga muvofiq topshirilayotgan ulush yuridik shaxslarning foyda solig’iga va qo’shilgan qiymat solig’iga tortilmaydi.
2019-2021 yillarda “Universal Mobile Systems” MCHJni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqilgan.
Shunday ekan, so’nggi yillarda “raqamli iqtisodiyot” tushunchasi ko’p marta qo’llanilib kelmoqda. Ko’plab rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiyot ularning rivojlanish omillariga sezilarli darajada ta’sir o’tkazdi. Jamiyat hayotida raqamli iqtisodiyot muhimrol o’ynaydi.
“Raqamli iqtisodiyot unchalik uzoq bo’lmagan vaqtda ya’ni 1995-yil Massachusets universiteti olimi Nikolas Neoroponte tomonidan kelib chiqqan. Olim axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini intensiv rivojlanishi ortidan eski iqtisodiyotdan yangi iqtisodiyotga o’tishda qanday o’zgarishlar ro’y berishi mumkinligini aytib o’tgan.
Raqamli iqtisodiyot[1] - bu xo’jalik faoliyatini yuritish hisoblanadi. Bunda ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko’rinishidagi ma’lumotlar bo’lib katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini tahlil qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish texnologiyalar va mahsulotlarni yetkazib berishda avvalgi tizimdan samaraliroq yechimlar tadbiq qilishdir. Yanada tushunarli tarzda aytadigan bo’lsak, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmat ko’rsatish, elektron to’lovlarni amalga oshirish, onlayn savdo va boshqa turdagi sohalarni, raqamli kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog’liq faoliyatdir. Hozirgi kunda axborot texnologiyalarini rivojlanishi va ommaga tadbiq qilinishi evaziga kundalik hayotimizda juda ko’p qulayliklar paydo bo’lmoqda.
Raqamli iqtisodiyot rivojlanishining boshqa afzalliklarini ham keltirib o’tamiz:
-ishlab chiqarishda mehnat samaradorligini oshirish;
-kompaniyalarning raqobatdoshligini oshishi;
-ishlab chiqarishdagi harajatlarning kamayishi;
-yangi zamonaviy kasblar paydo bo’lishi;
-kambag’allikni yengish va ijtimoiy tengsizlikning yo’qolishi.
Yuqoridagilar raqamli iqtisodiyotning bor yo’g’i bir nechta afzalliklari xolos. Xalqaro iqtisodiyotning rivojlanishi bizning kundalik hayotimizga ijobiy ta’sir ko’rsatadi,oddiy foydalanuvchiga ko’plab qo’shimcha imkoniyatlar beradi va albatta bozor o’sishi, rivojlanishida ham muhim rol o’ynaydi.
Har bir narsaning yaxshi tomoni bo’lganidek yomon tomoni ham bor albatta. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi ham bir qancha xavflarni keltirib chiqaradi. Masalan, kiber hujum xavfi, shaxsiy ma’lumotlar bilan bog’liq muammolar, “raqamli qullik”, ya’ni millionlab insonlar ma’lumotlaridan keyinchalik ularning o’zlarini tutishini boshqarish uchun foydalanish, ishsizlikning oshishi, axborot-texnologiyalarining rivojlanishi va uni tadbiq qilinishi ortidan bir qancha sohalar va kasblar yo’q bo’lib ketishi mumkin.
Raqamli iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar soni ham ortib bormoqda. “Raqamli” davlatlar bugungi kunda Norvegiya, Shvetsiya va Shvetsariya hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyoti rivojlangan 10 ta davlatlar qatoriga AQSH, Britaniya, Daniya, Finlandiya, Singapur, Janubiy Koreya va Gonkong kiradi.
Dunyo tajribasini o’rganish natijasida shu narsa aniqki, raqamli iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiyotda davlat bozori “o’yin” qoidalarini o’yinning barcha ishtirokchilari uchun bir xil, teng huquqli va imkoniyatli sharoit yaratib beriladi. Ya’ni bozorda katta kompaniya bo’ladimi yoki kichikmi, ularning barchasi teng huquqlidir. Shunday ekan raqamli iqtisodiyot rivojlanishida davlat hamma uchun teng shart-sharoit yaratib berishi, iloji boricha bozor qoidalari, qonunlar, shartnomalar shaffof bo’lishi, qonunlar bozor talabidan kelib chiqqan holda o’yin ishtirokchilari uchun erkinlik berishi ya’ni bozordagi rivojlanish tendensiyalarini oldindan aniqlay olishi va kerakli normativ hujjatlarni qabul qilishi zarur.
Dunyo mamlakatlari singari O’zbekistonda ham raqamli iqtisodiyot rivojlanib bormoqda. Kundalik hayotimizga axborot-texnologiyalarini tadbiq qilinishi ortidan oddiy insonlar uchun ko’plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Lekin shuni ham ta’kidlab o’tish joizki, O’zbekistonda raqamli iqtisodiyot bir necha barobar sekin rivojlanmoqda. Ya’ni imkoniyat bor, kerakli resurslar mavjud, lekin rivojlanish darajasi boshqa mamlakatlarga nisbatan ancha past.
Buning asosiy sababi sifatida, raqamli iqtisodiyotni O’zbekistonda rivojlanishini bir qancha to’siqlarini ko’rsatishimiz mumkin:
-internet tezligining pastligi va sifatsizligi;
-ko’plab sohalardagi monopoliya;
-fuqarolarda kompyuter savodxonligining pastligi;
-qonunchilikning shaffof emasligi;
-axborot-texnologiyalari bo’yicha mutaxasisning yetishmasligi;
-ilm-fan va ayniqsa aniq fanlar rivojlanishining sustligi.
Xulosa qilib aytganda, biz yuqorida sanab o’tgan muammolarga bosqichma-bosqich dunyo tajribasidan kelib chiqqan holda yechim topsak, albatta O’zbekiston ham raqamli iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy oladi.


Download 200.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling